Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Malignizasiya. 
Malignizasiya deyilganda in vivo sharoitda hujayra ko‘plab 
belgi va hususyatlarni yo‘qotadi, organizmning regulyasiya sistemasi nazoratdan 
chiqadi va intensive ko‘payadi. Bu jarayon xromosomalarning biokimyoviy 
fiziologik qayta qurilishi bilan bog‘liq. Shunga qaramasdan, ba‘zi o‘sma hujayralari 
differensiasiya xususyatini saqlab qoladi. Bunday hujayralardan teratomalar 
(teratokarsinomalar, embriokarsinomalar)da differensiasiya muammolarini o‘rganish 
muhim ahamiyatga ega. Ba‘zan malignizasiya jinsiy bezlardan boshlanadi. Bunday 
o‘smalarni sun‘iy yo‘l bilan ham olish mumkin. Bunday holatda embrion varaqlari 
va murtak hosil bo‘lishi buziladi.
Embriokarsinomalarni o‘rganish tufayli in‘eksoin ximer olindi. Jumladan, 
B.Mins labaratoriyasida embriokarsinomadan hosil bo‘lgan to‘qimadan nrmal ximer 
olindi. Bulardan hatto normal gonosit hosil bo‘lishi ham mumkin. Demak, 
embriokarsimoma nafaqat o‘sish, balki differensiasiya xususyatiga ham ega. 
XX asrning 60- yillarida G.I.Abelav va uning xodimlari jigar o‘smasida 
(gepatomda) alohida oqsil sintezlanishini kuzatdilar va uni a-fetoprotein 
(embrionning a-oqsili) deb nomladilar. 
a-fetoprotein sut emizuvchilar va odam embrioni zardobini mahsus oqsili bo‘lib 
voyaga etgan organizmning zardob albuminiga o‘xshaydi. Dastlab uning sariqlik 
xaltasining ektodermal hujayrasi, keyin embrionning jigar hujayralari sintezlaydi. 


187 
Tug‘ilgandan keyin bu oqsil sintezi pasayadi, uchinchi hafta oxirida to‘xtaydi. 
Voyaga etgan organizmda normal holatda bu oqsil sintezlanmaydi. Kimyoviy ta‘sir 
tufayli gepatomga aylangan jigarda a-fetoprotein sintezi yana boshlanadi. Demak, bu 
modda embrion rivojlanish davrida ma‘lum vazifalarni bajaradi, postembrional 
rivojlanish davrida bu vazifa o‘zgaradi yoki boshqasi bilan almashinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin