Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Hujayralararo aloqa 
 
Hujayralararo munosabat individual rivojlanishda muhim o‘rin egallaydi. Bu 
munosabatning 2 ta tipi farqlanadi.
Hujayralar o’rtasidagi kontakt aloqa.
Hujayralar o‘rtasidagi bevosita aloqa 
kontakt aloqa deyiladi. Bunday hujayralarning membranasi o‘rtasidagi masofa 0,02
 
mkm bo‘ladi va ularga vorsinka hujayralari nerv hujayralari kiradi. Ba‘zan hujayra 
membranasidan mahsus xaltacha xosil bo‘lib, bir hujayraning boshqa hujayra bilan 
alaqasini o‘rnatadi.
Bir xil hujayralar o’rtasidagi aloqa. H
ujayraning harakati ular o‘rtasidagi 
aloqani o‘rnatuvchi omillardan biri hisoblanadi. Harakat orqali organizmning har xil 
qismidagi hujayralar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi. Ko‘plab morfogenetik jarayonlarda 
hujayralar membranasi orqali harakatlanadi. Jumladan, birlamchi ichak hujayralari 
blastosel bo‘ylab harakatlanadi. Bu harakatlarning ko‘pi aniq yo‘nalishga ega. 
Bunda mo‘ljal oluvchi egatcha sabab bo‘lsa kerak. Avstraliyalik biolog P.Veyss bu 
hodisani ―kontaktli mo‘l;jal ―deb atadi. Kontaktli mo‘ljal hujayra harakati paytida 
subistrat va boshqa hujayra yuzasi bo‘ylab sodir bo‘ladi. Buning natijasida bir hil 
hujayralar bir joyda to‘planadi. Natijada morfogenetik jarayonla r sodir bo‘ladi. 
Kontaktli mo‘ljal tufayli nerv tolalari o‘sishi mumkin. 
Kontaktli ingibisiya han bir xil hujayralar o‘rtasidagi aloqa turi hisoblanadi. 
Agar 2 ta fibrioblast bir –biriga qarab harakatlanib , qaysisi dastlab oldingi qismi 
bila n boshqasiga tegsa, o‘shasi tezda orqaga qaytadi. Agar hujayralar bir-biriga 
tegib tursa, mitotic faolligi pasayadi. Regenerasiya jarayoni ham hujayralar bir biriga 
tegishigacha davom etadi. Bu hodisalarning mehanizmi hozircha noma‘lum.
Har xil hujayralar o’rtasidagi kontakt aloqa. 
XX asrning 30-yillarida 
I.Golfreter amfibiyalarning har xil embrion qavatlari hujayralarini aralashtiradi. 
Dastlab hujayralar tartibsiz aralashib , bir biri bilan aloqa o‘rnatadi. Keyin har bir 
qavat hujayralari alohidalashgan. Keyinchalik shunga o‘xshash tajribalar ko‘plab 
o‘tkazildi. Bu tajribalarda xech qachon uchrashmaydigan hujayralar aralashtirildi. 
Masalan, tog‘ay va ko‘z hujayralari aralashtirilganda, ular ham bir biridan ajralgan. 
Ammo rak hujayralari normal hujayradan ajralmasligi aniqlandi. 
Bu hodisalarning mexanizmi haqida bir qancha fikrlar aytilgan. Bulardan 
ko‘pchiligida hujayralar dastlab tanlanmasdan aloqa o‘rnatilishi, keyinchalik bir xil
hujayralar o‘zoro aloqa o‘rnatishi aniqlandi. 
Tuban hayvonlarda turning ixtisoslashgan hujayralari organning o‘rnini bosadi 
yuksak hayvonlarda buning aksi bo‘ladi. Agar bulutlar har xil turining hujayralari
aralashtirilsa, ular turiga qarab ajraladi. Agar qushlar va sut emizuvchilar har xil 
organlarning hujayralari aralashtirilsa, hujayralar tur bo‘yiha emas, balki organlar 
bo‘yicha ajraladi. Birlamchi induksiya molekulalarning diffuziya yo‘li bilan ta‘siri 


188 
tufayli sodir bo‘ladi. Diffuziya ikkilamchi induksiyada ishtirok etadimi? Bu savolga 
javob berish uchun inductor va to‘qima o‘rtasida harxil teshikli filtr o‘rnatildi. 
Aniqlanishisha oshqozon osti bezi uchun induksiya omili juda ingichka poralar 
orqali tarqala oladi. Bu omil glikoproteid modda bo‘lib to‘qima undan tozalanadi. 
Chunki induksiya uchun bu modda kerak emas, hujayralar ustki tomoni bilan bir 
biriga tegishli yetarli omil hisoblanadi.
Epiteliy va mezenxima hujayralari induksiya uchun ular bevosita aloqada 
bo‘lishi lozim.
Hujayralar o‘rtasidagi aloqa hamma jarayonlarga, jumladan, sintez jarayon 
lariga ham ta‘sir etadi. Masalan, ko‘z gavhari birikib turgan kallogen moddadan 
ajratilsa, RNK DNK sintezi pasayadi. (91-rasm). 
91-rasm. Amfibiyalar rivojlanish davrida nuklein kislotalar sintezining nisbiy tezligi 
(B.Karlson, 1983 bo‘yicha). 
5s, 18s, 28s-r-RNK ning turlari. RNK sintezining har xil xususyarlari 
rivojlanish davrida regulyator omillar borligidan dalolat beradi. 
Induksiyaga sabab bo‘luvchi kimyoviy moddani ajratib olish bo‘yicha ko‘plab 
tajribalar o‘tkazilgan va quyidagi aniq ma‘lumotlar olingan. 
1.
Tiderman embrional ektodermani endodermaga aylantiruvchi omilni 
aniqladi.
2.
ratter embrionda mezenxima omili borligini aniqladi.
3.
glikoproteidni xorda hujayralari ishlab chiqaradi va xorda bilan somit 
o‘rtasida joylashib somitga xondrogenez jarayonini induksiyalaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin