Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Blastomer davri 
ootipik davrning davomi bo‘lib bunda zigopta bo‘linishi 
tufayli ko‘plab blastomerlar ya‘ni o‘ziga xosyangi hujayralar hosil bo‘ladi. 
Blastomerlar zigotaning maydalanishi tufayli hosil bo‘lishi va o‘smasligi bilan 
boshqa hujayralardan farq qiladigan embrion hujayralari hisoblanadi. Blastomerlar 
o‘z navbatidamaydalanib hosil bo‘ladigan to‘qima yoki organning boshlang‘ich 
elementini hosil qiladi. Blastomerlardan embrionning blastula davri hosil qiladi. 
Blastomerlardan embrionning blastula davri hosil bo‘ladi.Blastulani hosil qiladigan 
blastomerlar ham bir biridan farq qiladi. 
Embrion rivojlanishining navbatdagi bosqichida blastomerlar shakllanishiichki 
tuzilishi va vazifalarga ko‘ra bir biridan farq qiladigan yo‘nalish oladi. Embrion 
rivojlanishining blastomer davri ham hozirgi paytda yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, har 
bir blastomerning kelajakdagi taqdiri ya‘ni kelajakda qaysi organlar hosil 
bo‘lishida ishtirok etishi aniqlangan.
Murtak davrida 
embrional rivojlanishining blastula davri tugab murtakning
boshlang‘ich urug‘lari hosil bo‘la boshlaydi. Bunda kelajakda turli to‘qima va 
organni hosil qiladigan hujayralar to‘plami paydo bo‘ladi. Murtak davrida ma‘lum 
hujayralar to‘plamidan tuzilgan embrion qavatlari hosil bo‘ladi va ular 
differensiallanishi natijada har xil to‘qimalar vujudga keladi. Masalan, ektoderma 
qavatdan shakli naysimon bo‘lgan nerv to‘qimasining chegarasi hosil bo‘lib ajralib 
chiqadi, mezodermadan esa har xil somitlar hosi bo‘lib ajralib chiqadi, 
mezodermadan esa xar xil somitlar hosil bo‘lib,ular sklerotom, miotom, dermatom 
splanxnotomlarga ajraladi.
Umurtqali hayvonlarda, ko‘pincha , boshlang‘ich urchuq bilan birgalikda 
mezenxima qavatidan ajralib chiqqan hujayralardan hosil bo‘ladi va organlar 
boshlang‘ich kurtaklarining o‘rtalarini to‘ldirib turadi. Mezenxima tabaqalanishi 
natijasida esa shakli va vazifasi har xil bo‘lgan to‘qimalar hosil bo‘la boshlaydi. 
Masalan , qon hujayralari, suyak, biriktiruvchi to‘qima, silliq tolali muskul 
to‘qimalari mezenximadan hosil bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin