191
Embrional rivojlanishning gistogenez davrida hujayralarning morfologik
tuzilishi va fiziologik holati ularning kimyoviy tarkibi bilan belgilanadi.
Chunki
hukayraning kimyoviy tarkibi ularda boradigan moddalar almashinuv jarayoniga
bog‘liq. Embrionning har bir hujayrasida moddalar almashinuv jarayoni o‘ziga xos
fiziologik yo‘nalishga o‘tadi va oziq moddalarga ehtiyoji ham turlicha bo‘ladi.
Masalan, jo‘ja embrioni yuragining rivojlanishi uchun uning organizmida glyukoza
konsentrasiyasi juda past bo‘lishi kerak, nerv sistemasi esa bunday sharoitda
rivojlana olmaydi, chunki nerv sistemasi rivojlanishi uchun glyukoza kamida ikki
baravar ko‘p bo‘lishi shart.
Keyingi yillarda gistogenez jarayoniga ta‘sir
etadigan har xil kimyoviy
moddalar yordamida to‘qimalarning rivojlanishi o‘rganilmoqda. Ma‘lum
bo‘lishicha , yodasetat ,sianid kabi moddalar jo‘ja bosh miyasining o‘sishini
susaytiradi, yurak rivojlanishiga esa deyarli tasir etmaydi, flyuroidlar
esa aksincha ,
yurak to‘qimasining rivojlanishini susaytiradi, bosh miya rivojlanishiga yetarli
ta‘sir etmaydi. Embrional rivojlanish davrida turli to‘qimalarda
moddalar
almashinuvi turlicha bo‘lishi ularning tarkibidagi fermentlar miqdori va faolligiga
bog‘liq.
Demak, differensiallanish jarayoni deganda o‘ziga xos moddalar almashinuviga
ega bo‘lgan, ma‘lum morfologik tuzilishga va fiziologik vavifani bajarishga olib
kela
digan jarayonlar tushinilsa, xujayra va differensiallanishi bir hil hujayra va
to‘qimalarda farqlanishlar yuzaga kelishi, ularning
ontogenez jarayonida
ixtisoslashishiga sabab bo‘ladigan o‘zgarishlarga uchrashi tushuniladi.
Gormonlar.
Gormonlar ichki sekretsiya bezlaridan ishlab chiqariladigan va
hujayraning ko‘plab fiziologik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etadi.
Garmon grekcha gormao – qo‘zg‘ataman , ta‘sir etaman degan ma‘noni bildiradi.
Gormonlar hujayra differensiasiyasidan keyin hosil bo‘la boshlaydi. Kimyoviy
jihatdan gormonlar 2xil bo‘ladi: 1)oqsil peptit va 2)steroid. Bundan tashqari ,
aminokislatalardan tuzilgan gormonlar ham bor.
Dostları ilə paylaş: