Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

To’qima (gistogenez) davrida
to‘qima
 
urchuqlaridan bir xil tuzilishga va bir 
xil vazifalarni bajaradigan hujayralardan iborat bo‘lgan yetuk to‘qimalar hosil 
bo‘ladi. Har bir to‘qimaning shakkillanish jarayoni o‘ziga xos yo‘nalishda sodir 
bo‘lib , bir biridan keskin farq qiladi. To‘qimalarning mana shunday boshlang‘ich 
urchug‘dan hosil bo‘lish jarayoni gistogenez deb ataladi. To‘qimalarni hosil 
qiladigan boshlang‘ich urchuqda o‘ziga xos o‘zgarishlar sodir bo‘lib, natijada 
urchuq hujayralari va hujayrasiztuzilmalari ixtisoslashib, har xil to‘qimalarga xos 
morfologik tuzilish va o‘ziga xos fiziologik , shu bilan birgalikda kimyoviy 
xususyatlar paydo qiladi. Bu jarayonlar davom etishi natijasida organizmda 
to‘qima , organ va organlar sistemasi paydo bo‘ladi . 
Demak, embrional rivojlanishning dastlabki bosqichida avval oddiy tuzilgan 
murtak hosil bo‘ladi, rivojlanishning keyingi bosqichlarida murrakab tuzilgan va 
ma‘lum vazifalarni bajara oladigan to‘qima organlar paydo bo‘ladi.


191 
Embrional rivojlanishning gistogenez davrida hujayralarning morfologik 
tuzilishi va fiziologik holati ularning kimyoviy tarkibi bilan belgilanadi. Chunki 
hukayraning kimyoviy tarkibi ularda boradigan moddalar almashinuv jarayoniga 
bog‘liq. Embrionning har bir hujayrasida moddalar almashinuv jarayoni o‘ziga xos 
fiziologik yo‘nalishga o‘tadi va oziq moddalarga ehtiyoji ham turlicha bo‘ladi. 
Masalan, jo‘ja embrioni yuragining rivojlanishi uchun uning organizmida glyukoza 
konsentrasiyasi juda past bo‘lishi kerak, nerv sistemasi esa bunday sharoitda 
rivojlana olmaydi, chunki nerv sistemasi rivojlanishi uchun glyukoza kamida ikki 
baravar ko‘p bo‘lishi shart. 
Keyingi yillarda gistogenez jarayoniga ta‘sir etadigan har xil kimyoviy 
moddalar yordamida to‘qimalarning rivojlanishi o‘rganilmoqda. Ma‘lum 
bo‘lishicha , yodasetat ,sianid kabi moddalar jo‘ja bosh miyasining o‘sishini 
susaytiradi, yurak rivojlanishiga esa deyarli tasir etmaydi, flyuroidlar esa aksincha , 
yurak to‘qimasining rivojlanishini susaytiradi, bosh miya rivojlanishiga yetarli 
ta‘sir etmaydi. Embrional rivojlanish davrida turli to‘qimalarda moddalar 
almashinuvi turlicha bo‘lishi ularning tarkibidagi fermentlar miqdori va faolligiga 
bog‘liq.
Demak, differensiallanish jarayoni deganda o‘ziga xos moddalar almashinuviga 
ega bo‘lgan, ma‘lum morfologik tuzilishga va fiziologik vavifani bajarishga olib 
kela digan jarayonlar tushinilsa, xujayra va differensiallanishi bir hil hujayra va 
to‘qimalarda farqlanishlar yuzaga kelishi, ularning ontogenez jarayonida 
ixtisoslashishiga sabab bo‘ladigan o‘zgarishlarga uchrashi tushuniladi. 
Gormonlar.
Gormonlar ichki sekretsiya bezlaridan ishlab chiqariladigan va 
hujayraning ko‘plab fiziologik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etadi. 
Garmon grekcha gormao – qo‘zg‘ataman , ta‘sir etaman degan ma‘noni bildiradi. 
Gormonlar hujayra differensiasiyasidan keyin hosil bo‘la boshlaydi. Kimyoviy 
jihatdan gormonlar 2xil bo‘ladi: 1)oqsil peptit va 2)steroid. Bundan tashqari , 
aminokislatalardan tuzilgan gormonlar ham bor.



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin