188
tufayli sodir bo‘ladi. Diffuziya ikkilamchi induksiyada ishtirok etadimi? Bu savolga
javob berish uchun inductor va to‘qima o‘rtasida harxil teshikli filtr o‘rnatildi.
Aniqlanishisha oshqozon osti bezi uchun induksiya omili juda ingichka poralar
orqali tarqala oladi. Bu omil glikoproteid modda bo‘lib to‘qima undan tozalanadi.
Chunki induksiya uchun bu modda kerak emas, hujayralar ustki tomoni bilan bir
biriga tegishli yetarli omil hisoblanadi.
Epiteliy va mezenxima hujayralari induksiya uchun ular bevosita aloqada
bo‘lishi lozim.
Hujayralar o‘rtasidagi aloqa hamma jarayonlarga, jumladan, sintez jarayon
lariga ham ta‘sir etadi. Masalan, ko‘z gavhari birikib turgan kallogen moddadan
ajratilsa, RNK DNK sintezi pasayadi. (91-rasm).
91-rasm. Amfibiyalar rivojlanish davrida nuklein kislotalar sintezining nisbiy tezligi
(B.Karlson, 1983 bo‘yicha).
5s, 18s, 28s-r-RNK ning turlari. RNK sintezining har xil xususyarlari
rivojlanish davrida regulyator omillar borligidan dalolat beradi.
Induksiyaga sabab bo‘luvchi kimyoviy moddani ajratib olish bo‘yicha ko‘plab
tajribalar o‘tkazilgan va quyidagi aniq ma‘lumotlar olingan.
1.
Tiderman embrional ektodermani endodermaga aylantiruvchi omilni
aniqladi.
2.
ratter embrionda mezenxima omili borligini aniqladi.
3.
glikoproteidni xorda hujayralari ishlab chiqaradi va xorda bilan somit
o‘rtasida joylashib somitga xondrogenez jarayonini induksiyalaydi.
Dostları ilə paylaş: