Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Differensiasiyaning hujayra darajasida sodir bo’lishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Differensiasiyaning hujayra darajasida sodir bo’lishi. 
Hujayra 
differensiasiyasining mehanizmi bo‘linish xisoblanadi. Ko‘plab tadqiqotlar 
hujayraning bo‘linishi va differensiasiyasi o‘rtasidagi munosabatga, hujayra 
siklining fazalari bilan differensiasiya jarayonlari o‘rtasidagi munosabatga 
bag‘ishlangan. Differensiasiyaning boshlanishida hujayra intensive ko‘payadi, 
differensiasiya esa bo‘linish oraliqlarida, G1 fazada sodir bo‘ladi. Hujayralar 
ixtisoslashib borgan sari hujayraning bo‘linish tezligi pasayib boradi, bo‘linish 
oralig‘I 
cho‘ziladi 
(G1 
uzayadi),differensiasiya 
jarayoni 
kuchayadi. 
Differensiasiyaning oxirgi bosqichida hujayra bo‘linishi to‘xtaydi, hujayra G1 
fazada qoladi, hujayra ixtisoslashishi tugaydi. Natijada bir xil tipli va har xil tipli 
hujayralar hosil bo‘ladi 


184 
Hujayra kloni va differensiasiya. 
Emrion rivojlanishi bilan differensiasiya 
jarayoni ko‘plab hujayralarni qamrab oladi. Determinasiya va differensiasiya 
tufayli hujayralar soni ortib, to‘qima hosil bo‘ladi. Bundan xulosa shuki, 
differensiasiya mexanizmi, ya‘ni kompetensiya, determinasiya, differensiasiya 
bosqichlari hujayra bo‘linish jarayonida yo‘qolmaydi, balki hujayraning keyingi
avlodiga , ya‘ni qiz hujayraga o‘tadi. Jumladan, differensiasiya tufayli paydo 
bo‘ladigan fenotip hujayra bo‘linishi orqali qiz hujayraga genotip kabi beriladi. 
Genotipik va epigenetic irsiyat avloddan avlodga o‘tishi va o‘zgarishining 
saqlanishi bilan aniqlandi. Bitta hujayrani sun‘iy sharoitda ko‘paytirib to‘qima, 
organlar va organism hosil qilish klon deyiladi (klon – novda degan ma‘noni 
bildiradi) Jumladan, gonositlardan hosil bo‘ladigan jinsiy hujayralar, qon 
hujayralari klonlari bunga misol bo‘ladi. Klonlar potensiyasining ro‘yobga chiqishi 
uchun atrofdagi somatic hujayralar ta‘siri muhim ahamiyatga ega.
M.M.Zavadiskiy voyaga etgan tovuqda bitta, yagona rivojlangan chap 
tuxumdonni olib tashlaydi, natijada rudimentar o‘ng tuxumdon ishlay boshlaydi. 
Ammo o‘zgargan sharoitda rudimentar tuxumdon urug‘donga aylanadi, gonositlar 
(qushlarda XX) spermatazoidga aylanadi. Shundan keyin ikkilamchi jinsiy belgilar 
ham o‘zgaradi va erkak (sames) ga xos belgilar paydo bo‘ladi.
Hasharotlarda immoginal disk hujayra determinasiyasi, differensiasiyasi va 
klonlar taxlili uchun qulay ob‘ekt bo‘lib, o‘tkazilgan tajribalar natijalari asosida 
ko‘plab umumbiologik qonunyatlar yaratildi. Shveysariyalik biolog K.Xadorn 
drozofillaning imaginal diskini lichinkadan ajratib olib, voyaga etgan hasharotning 
tana bo‘shlig‘iga in‘eksiya qilgan. Bunda immaginal disk hujayralari ko‘paygan, 
ammo differensiallashmagan, chunki differensiasiya uchun ektizon gormoni kerak. 
Bugormon lichinkada bo‘ladi. Agar imaginal hujayra voyaga yetgan organizmda 
ko‘paytirib, lichinkaga o‘tkazilsa, u di fferensiallashadi va shu hujayra hosil qilish 
lozim bo;lgan organlarni hosil qiladi.
Shunday qilib, imaginal disk doimiy determinasiya va differensiasiya 
xususyatiga ega. Ammo Xadorn kuzatishicha, ba‘zan transdeterminasiya kuzatiladi 
,ya‘ni bir disk hujayralaridan boshqa organlar hosil bo‘ladi. Jumladan 
qisqichbaqasimonlarning antenulla hujayralaridan oyoq, qanot yoki ko‘z hosil 
bo‘ladi.
Bu ma‘lumotlardan ikkita xulosa chiqadi: 1) determinasiya jarayoni 
o‘zgarishsiz ko‘p bo‘linish orqali hujayradan hujayraga beriladi; 2)determinasiya 
yopiq , yashirin holda saqlanadi. Demak,determinasiya genotip darajasida emas, 
balki epigenotip darajada namoyon bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, bir disk hujayrasi va undan hosil bo‘lgan hujayralar qaysi 
diskka taaluqli ekanligini biladi. Har bir hujayra o‘z vazifasini, ya‘ni qaysi organni 
hosil qilishini biladimi?Olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, imaginal disk hujayralari bir 
birining o‘rnini bosadi, ular dastlabki bosqichlarida regenerasiya xususyatiga ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin