Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Bo’limlari
. Bu fan ikkita bo‘limdan iborat. 
I. Embriologiya, embrion taraqqiyotini o‘rganadi. Bu bo‘lim ham ikkita sohaga bo‘linadi. 
I. Umumiy embriologiya- embrion rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini 
o‘rganadi va bir qancha tarmoqlarga bo‘linadi: 
a. Ta‘sviriy embriologiya. U qadimdan ma‘lum bo‘lib, embrionning tuzilishini 
o‘rganadi, ya‘ni tasvirlaydi. 
b. Solishtirma embriologiya - turli sistematik guruhlar embrional rivojlanishini bir-
biriga solishtirib o‘rganadi va tegishli umumbiologik qonuniyatlani yaratadi. 
v. Eksperimental embriologiya - embrion rivojlanishini yoki uning ma‘lum 
davrlarini tajribalar asosida o‘rganadi. 
g. Teratologiya embrion - rivojlanish davrida sodir bo‘ladigan buzilishlarni o‘rganadi. 
d. Biokimyoviy embriologiya –embrion rivojlanish davrida sodir bo‘ladigan biokimyoviy 
jarayonlarni o‘rganadi. 



e. Evolyusion embriologiya - embrionning kelib chiqishi va evolyusiyasini 
o‘rganadi. 
yo. Ko‘payish biologiyasi - gametalar hosil bo‘lishi, ko‘payish mexanizmi kabi jarayonlarini 
o‘rganadi. 
2. Xususiy embriologiya- ma‘lum bir sistematik guruhga mansub hayvonlar yoki 
o‘simliklarning embrion rivojlanishini o‘rganadi, odam embriologiyasi, sut 
emizuvchilar embriologiyasi, qushlar embriologiyasi shular jumlasidandir. 
II. Individual rivojlanish biologiyasi fanining ikkinchi bo‘limi embrionning 
tugilishidan tabiiy o‘limgacha bo‘lgan davrini sitologiya, gistologiya, anatomiya, 
fiziologiya va boshqa biologiya fanlari nuqtai nazaridan o‘rganadi. 
 
Individual rivojlanish biologiyasi fanining tarixi 
Jinsiy hujayralardan yirik organizmlar qanday paydo bo‘ladi? Bu savolga 
javob izlash eramizdan ancha oldin boshlangan. 
Murtakni o‘rganishga oid dastlabki ma‘lumotlar hindlarning eramizdan 
oldingi VII asrda yozilgan "Hayot kitobi" nomli asarida bayon etilgan, ya‘ni 
rivojlanish murtakdan boshlanadi, deb tushuntirilgan. 
Aristotel (er.av. 384-322) murtakni o‘rganishga birinchi bo‘lib kirishdi. U 
ko‘plab hayvonlarning embrionini, jumladan, tovuq tuxumini har xil rivojlanish 
bosqichlarida ochib, tovuq embrioni yuragi, akula, karakatisa rivojlanishini, 
asalarida partenogenezni, odam embrionini o‘rgandi. Bularning hammasi tarixiy 
ahamiyatga ega bo‘lmasa-da, fan taraqqiyoti uchun ma‘lum ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Gippokrat (er.av.460-377) ning ―ikki urug‘lik‖ nazariyasiga ko‘ra, embrion 
urg‘ochi va erkak jinsiy hujayralarinnig o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘ladi 
(ammo o‘sha davrda jinsiy hujayralar noma‘lum edi). Uning fikricha, embrion 
tuxumdagi birdaniga hosil bo‘radi. Bu fikrlar preformizm nazariyasi holida 
shakllanib, XVII-XVIII asrlarga kelib hukmron bo‘ldi. Preformizm lotincha prae-
oldin, forma- shakl degan ma‘noni bildiradi. Bu nazariyaga ko‘ra, urug‘langan 
tuxum hujayrada oldindan tayyor holdagi organizm kichiklashtirilgan holda 
joylashtirilgan bo‘ladi. Tuxum hujayra urug‘langandan keyin faqat o‘sadi, ya‘ni 
kattalashadi. Bu nazariyaning XVIl-XVIIl asrlardagi tarafdorlari A. levenguk, V. 
Garvey, Ya. Svammerdam, M. Malpigi, A. Gailer, Sh. Bonne va boshqalardir. Bu 
nazariya tarafdorlani ham ikki guruhga bo‘linadi: 
1. Animalkulistlar - hosil bo‘ladigan organizm spermatozoidda joylashgan, 
tuxum hujayra uning taraqqiy etishiga turtki beradi, deb ta‘kidlaydilar. 
2. Ovistlar – paydo bo‘ladigan organizm tuxum hujayrada kichiklashtirilib 
joylashtirilgan bo‘lib, spermatozoid uning taraqqiy etishiga ozuqa bo‘ladi, deb 
ta‘kidlaydilar. 
Bu nazariya tarafdorlari odam shakli kichiklashtirib ishlangan tuxum va urug‘ 
hujayralar rasmini ham chizgan (1-2-rasmlar). 
Jumladan, Gallernning fikricha, Momo havoning tuxumdonida 300 mlrd 
odam kichiklashtirilib joylashtirilgan. 
Preformizm nazariyasiga qarama-qarshi bo‘lgan epigenez nazariyasini 
birinchi marta Aristotel ishlab chiqdi, Epigenez grekcha epi - keyin, genesis - kelib 
chiqish, degan ma‘noni bildiradi. Bu nazariyaga ko‘ra, tirik organizmlar 



urug‘langan tuxum hujayraning strukturasiz elementlaridan rivojlanish davomida 
hosil bo‘ladi. Bu ikki nazariya o‘rtasidagi kurash biologiya fani taraqqiyotiga 
ilobiy ta‘sir etdi va ko‘plab yangi nazariyalar paydo bo‘ldi. 
1600-1604 yillarda D. fabrisiy tovuq va odam embrioni rivojlanishini 
o‘rgandi va rasmini chizdi. 
1652 yilda V.Garvey "hamma tiriklik tuxumdani boshlanadi", deb aytdi. O‘sha 
vaqtda R. de Graaf tuxumdonda tuxum xaltasini ko‘rdi va unda tuxum bo‘lishini 
aytdi. Ya.Svammerdam XVII asr o‘rtalarida baqa tuxumi rivojlanishini o‘rgandi, 
birinchi marta hasharotlarda metamorfozni kuzatdi, 
1677 yilda student L.Gamm va A. levenguk o‘zlari mikroskop yaratib, sut 
emizuvchilar spermatozoidini ko‘rdilar. 
1672 yilda M. Malpigi tovuq embrioni rivojlanishini o‘rgandi va rasmini 
chizdi. 1688 yilda f.Redi tiriklik o‘z-o‘zidan paydo bo‘ra olmasligini tajriba yo‘li 
bilan isbotladi. 
Embriologiya fanining rivojlanishida K.F.VoIf (1734-1794) katta hissa 
qo‘shgan. Volf 1734 yilda Berlinda tug‘ilgan va o‘sha yerda tibbiyot ma‘lumotini 
olgan. 
1-rasm.Ovistlarning dunoyqarashi bo‘yicha organizmlarning paydo bo‘lishi. 
Yupiterning tixumdan har xil tirik organizmlarni chiqarib yuborilishi (D.Nidxem, 
1947 bo‘yicha). 
1767 yilda Peterburgga ko‘chib kelgan va keyinchalik Peterburg fanlar 
akademiyasining 
akademigi 
darajasiga 
ko‘tarildi. 
Volf 
zamonaviy 



embriologiyaning asoschisidir. U tovuq embrionida ovqat hazm qilish va nerv 
sistemasi rivojlanishini o‘rgandi. 
Embriologiya tarixida 1759 yil muhim sana hisoblanadi. Shu yili Volf 26 
yoshida "Rivojlanish nazariyasi" tomli dissertasiyasida preformizmni tanqid qilib, 
epigenez nazariyasini yoqlab chiqdi. U birinchi marta o‘simliklar metamorfozi 
haqida yozgan. Volf kuzatishlariga ko‘ra, ichak va nerv sistemasi embrion 
rivojlanishining dastlabki davrlarida plastinkasimon, keyinchalik naysimon 
ko‘rinishda bo‘ladi. Volf shakl hosil bo‘lish qonuniyatlarini ham aniqladi. 
1764 yildaVolfning "Regenerasiya nazariyasi" asari bosilib chiqdi. Unda 
rivojlanish asosida ovqatlanish, o‘sish va organlarning paydo bo‘lishi yotadi, deb 
ko‘rsatilgan. Volf tomonidan bunday ta‘limotning yaratilishi fanda katta yutuq 
bo‘ldi. Ammo uning ta‘limoti preformizm nazariyasining ta‘sviri tufayli tan 
olinmadi. Volf hayotligida uning nazariyasini nemis olimi l. R.Blyumenbax (1752-
1840) yoqlab chiqdi. Uning fikricha, har qanday yangi organning (jumladan, 
o‘simtiklardagi bo‘rtmalar) paydo bo‘lishi preformizm nazariyasi bilan bog‘liq 
emas. Blyumenbax organizm shaklining boshqarilishi o‘sish bilan bog‘liq 
emasligini aniqladi. 
2-rasm.Animalkulistlarning dunoyqarashi bo‘yicha organizmlarning paydo 
bo‘lishi.Spermatozoidning ichida juda kichik,ko‘zga ko‘rinmas organizmlar 
joylashganligini tasavvur etishi (D.Nidxem,1947 bo‘yicha). 
Epigenetik nazariya barcha olimlar dunyoqarashini o‘zgartirdi. Natijada, 
agar har qanday jon yangidan paydo bo‘lsa, umuman tirik jonnlng o‘zi qachon, 
qayerda va qanday qilib kelib chiqqan, degan savol tug‘ildi. Shu sababli XIX asrda 
Germaniyada naturfilosofiya oqimi paydo bo‘ldi. Bu oqim biologiyaning, 
embriologiyaning rivojlanishiga ancha to‘sqinlik qildi, 
F. Shelling (1775-1854) o‘z ta‘limotida tabiat hodisalarinmg birligini aytadi. 
U organik dunyoning kelib chiqishida hamma tirik jon oddiy bir formadan tashkil 



topganini aytib, to‘g‘ri fikrlaydi, lekin hamma narsaning kelib chiqishini xudoga 
bog‘laydi. 
L. Oken (1779-1851) hayotni dengizdan kelib chiqqanligini aytdi, lekin 
dunyoni xudo yaratgan, deb ta‘kidlaydi. 
Shellingning 
shogirdi 
D. 
M. 
Vellanskiy 
(1774-1847) 
Rossiyada 
naturfilosofik fikrlarni rivollantirdi. U uchki va tashqi organlarning o‘saro 
o‘xshashligini o‘rganadi. Uning ham fikrlari afsonaviy, fantastik xarakterga ega 
edi. 
Naturfilosofiya oqimiga F. Engels "Bu fanda fantastika ko‘p, lekin hozirgi 
filosof bo‘lmagan tabiatshunoslardan ko‘p emas", deb baho bergan. 
Peterburg fanlar akademiyasining ikki akademigi - X. Pander va K. M. Ber 
o‘z tadqiqotlari bilan embriologiyani "chuqur uyqu"dan uyg‘otdilar. 
Xristian Ivanovieh Pander (1794-1865) - rus embriologi, paleontologi, 
geologi, Peterburg fanlar akademiyasi akademigi. Pander va Volf ishlari asosida 
Ber o‘z tadqiqotlarini olib borgan. Eh. Darvin Panderni o‘zining o‘tmishdoshi deb 
atagan. Chunki Pander birinchi bo‘lib qazilma holdagi va hozirgi hayvonlar 
formalarining o‘zara o‘xshashligini aniqlagan. Pander 1817 yilda embrion 
varaqlarining ahamiyatini aniqladi va unda uchinchi qavat bo‘lishini aytdi. Uning 
fikricha, ustki qavat seroz, ostki qavat shilimshiq, ular o‘rtasida qonli qavat ham 
bo‘lishi kerak. Shunday qilib, u embrion varaqlari to‘g‘risidagi nazariyaga asos 
soldi. Shuning bilan birga, har bir qavatdan organlar hosil bo‘lishini ham aytib 
berdi. U tovuq embrionining taraqqiyotni o‘rganib, shunday xulosalarga kelgan. 
K. M, Ber (1792-1876) ilmiy embriologiyaning asoschisidir. Ber 1792 yilda 
Estoniyaning Estland guberniyasida tug‘ilgan. Vatanida medisina ma‘lumotini 
olgach, Germaniyaga ketgan. U yerda hayvonlar solishtirma anatomiyasidan 
ma‘ruzalar o‘qigan. 1828 ylida Peterburg fanlar akademiyasi a‘zoligiga saylangan 
va 1834 yilda Rossiyaga ko‘chib kelgan. 
K. M. Ber 1827 yilda birinchi marta sut emizuvchilar va odam tuxum 
hujayrasining tuzilishini o‘rgandi. Ungacha graaf pufakchasi tuxum hujayra deb 
hisoblangan. Uning "Hayvonlarning rivojlanishi tarixi" asari fanda katta hissa 
bo‘ldi. U embrion varaqlari nazariyasini boyitdi. Birinchi bo‘lib ko‘plab hayvonlar 
ernbrionini o‘zganib, embriologiyada solishtirma usulni qo‘lladi. Ana shu usul 
yordamida u umurtqali hayvonlarning turli sinflari embrion tuzilishi o‘xshashligini 
aniqladi va "embrionlar o‘xshashligi" qonunini yaratdi. 
Volf, Pander, Ber ishlari tufayli Peterburg embriologiya fani beshigiga 
aylanib qoldi. 1864 yilda Ber ilodining 50 yiltik yubileyiga Peterburg fanlar 
akademiyasi "Tuxumdan ish boslab, u odamga odamni tanitdi" degan yozuvli 
medalni maxsus ishlatib, unga topshirdi. Ber ijodi embriologiyaning hujayradan 
katta bosqichdagi davrini yakunlaydi. 
Embriologiyaning bundan keyingi taraqqiyotini hujayra nazariyasi va 
evolyusion nazariyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ch. Darvinning 1859 yilda 
"Turlarniug kelib chiqishi" nomli asarining bosilib chiiqishi biologiya, jumladan 
embriologiya fani evolyusion ta‘limotini yaratishda paleontologiya, solishtirma 
anatomiya dalillari bilan bir qatorda embriologik ma‘lumotlarga ham asoslandi. 
Uning fikricha, " ko‘plab hayvonlarning embrioni yoki lichinkalik davri, u yoki bu 



darajada ularning hamma ajdodlarining tuzilishi o‘xshashligidan dalolat beradi". 
Keyinchalik Darvinning bu fikri, biogenetik qonuning yaratilishiga asos bo‘ldi. 
Evolyusion ta‘ limot asosida ko‘plab hayvonlaming taraqqiyoti o‘zganildi. 
A. O. Kovalevskiy (1840-1901) kovakichlilar, hasharotlar, xordalilar, 
lichinka xordalilarning 70 dan ortiq turining embrion rivojlanishini o‘rgandi. 
lichinka xordalilarning embrional rivojlanishida xorda borligini aniqlab, ularni 
xordalilarga kiritdi. Kovalevskiy ishlari tufayli hayvonlarning embrion rivojlanishi 
davrida bir-biriga o‘xshashligi aniqlangan. U evolyusion embriologiyaga asos 
soldi. A.O.Kovalevskiy embrion varaqlari to‘g‘risidagi nazariyani yaratdi. 
I. I. Mechnikov (1845-1916) ko‘proq parazit hayvonlarning embrion 
rivojlanishini o‘rgangan. U hasharotlarda ham embrion varaqlari borligini aniqladi. 
Mechnikov patologiya, noto‘g‘ri rivojlanish, mikrobiologiya, immunologiya, ko‘p 
hujayrali hayvonlarning kelib chiqish nazariyasi, fagositoz nazariyasi va o‘lim 
muammolari bilan shug‘ullangan. Mechnikov va Kovalevskiy ishlari tufayli 
hamma hayvonlarda embrion varaqlari borligi aniqlandi. Ularning ishlari Darvin 
nazariyasini rivojlantirish uchun asos bo‘ldi. 
I.I.Mechnikov, A.O. Kovalevskiy. V. V. Zelenskiy, V. M. Shimkeevieh 
ishlari tufayli solishtirma va evolyusion embriologiya fanlari yaratildi. 
F. Myuller (1821-1897) dengiz qisqichbaqasimonlarining biologiyasini 
o‘rganib, Darvinning tabiiy tanlanish qonuniyatlarini tasdiqladi. Ularning embrioni 
bir-biriga o‘xshashligini va o‘zlariga nisbatan tuban hayvonlar embrion 
rivojlanishini takrorlashini aniqladi. 
E. Gekkel (1834-1919) Berlin atrofidagi Potsdam shahrida tug‘ilgan. 
Tabiatga qiziqishi o‘qituvchilari va onasi tufayli bo‘lgan. Berlinda tibbiyot bilimini 
olgan. U hayvonlar solishtirma anatomiyasi, paleontologiyasi bilan qiziqqan. 
Gekkel Myuller va boshqalarning fikrlariga asoslanib, 1866 yilda biogenetik 
qonunni yaratdi. Unga binoan, ontogenezda filogenez tez va qisqa takrorlanadi, bu 
takrorlanish fiziologik funksiyalariga, naslga va moslanishga bog‘liq. Ammo unnig 
xatosi shundaki, bu takrorlanishda chetga chiqish, ya‘ni o‘zgarishlani tushunmaydi. 
Buni A. N. Seversov filembriogenez nazariyasida isbotladi. 
Embrion varaqlari aniqlangandan keyin Gekkel ularga ektoderma, 
entoderma, mezoderma deb nom berdi. 
Nemis olimi V.Gis (1831-1904) embriologiyada birinchi marta kimyoviy va 
fizik usullarni qo‘llab, analitik embriologiyaga asos soldi. Gis embrional 
taraqqiyotning dastlabki davrlarida morfogenez, ya‘ni organlar hosil bo‘lish 
qonuniyatlarini o‘rgandi. Ammo uning dunyoqarashida preformistik fikrlar ham 
bor edi. Shuning uchin Gis neopreformizm tarafdori hisoblanadi. 
XIX asrning 80-yillariga kelib embriologiyada eksperimental usullar 
qo‘llanila boshlandi. Eksperimental embriologiyaning asoschisi nemis olimi 
Vilgelm Ru (1850-1924) hisoblanadi. Ru qizdirilgan igna bilan baqa embrionining 
ikkita blastomertik davrida bittasini buzadi. Natijada yarimta embrion hosil 
bo‘ladi. Bu tajriba 1888 yilda o‘tkazilgan va shu yil eksperimental 
embriologiyaning tug‘ilgan kunidir. U o‘z ishlarini "Rivojlanish mexanikasi" deb 
ataydi. Bu bilan u A.Veysmanning har bir blastomer o‘ziga xos bo‘lgan, boshqa 
blastomerlarga o‘xshamasligi xususiyatga ega, degan fikrini tasdiqlaydi. Ru 



tajribalarining maqsadi embrion rivojlanishning sabablarini o‘rganishdan iborat 
edi. Ru determinasiya, differensiasiya muammolarining nazariy asosini yaratdi. 
Eksperimental embriologiyani rivojlantirishda G. Drish (1867-1941) 
xizmatlari katta bo‘ldi. Drish Ru tajribalarini texnologik jihatdan boshqa usul 
bilan takrorladi va dengiz tipratikanining 2 tablastomertik davri darlarni bir-biridan 
ajratib, ularning har biridagi to‘liq organizm rivojlanishi mumkinligini isbotladi. 
Embriomning bir qismidan to‘liq organizm rivojlanishi mumkinligini Drish 
embrional regulyasiya deb atadi va shu nomli qonunni yaratdi. 
Avgust Veysman (1834-1914) organizmdagi hamma hujayralarni ikkiga 
bo‘ladi: 
1. Embrionni va individni hosil qiladigan embrion yo‘li hujayralari -
gametalar. 
2. Tana hujayralari - somatik hujayralar. Veysman murtak plazmasining 
sofligi qonunini yaratdi. B

qonunga ko‘ra, murtak plazmasidan tana hujayralari 
hosil boladi. Veysman jinsiy hujayralarda xromosomalar naborining somatik 
hujayralarga nisbatan ikki barobar kam bo‘lishini ham oldindan aytib bergan. A.N. 
Seversov (1866-1936) ontogenez va filogenez o‘rtasidagi munosabatlar 
to‘g‘risidagi masalani yangichasiga hal qildi. U embrional rivojlanish davridagi 
o‘zgarishlarni tekshirib, embriogenezda yangi hosil bo‘lgan organlar embrionining 
yaratish sharoitiga vaqtinchalik moslanish deb bo‘lmaydi, bu yangi belgilar katta 
yoshdagi formalarning o‘zgarishiga ham sabab bo‘lishi niumkin, degan xulosaga 
keldi. Severevning fikricha, ontogenez filogenezning qisqacha aks etishi bo‘lib 
qolmay, balki unda katta yoshda ham saqlanadigan yangi sifatlar paydo bo‘la 
oladigan bosqich hamdir. Filogenetik ahamiyatga ega bo‘ladigan taraqqiyotning bu 
xususiyatlarini A. N. Seversov filembriogenez deb atadi. 
Ontogenez va filogenezning o‘saro munosabatini o‘rganish ancha murakkab 
bo‘lib, bu sohadagi ishlar hali nihoyasiga yetgan emas. 
Ch. Darvin nazariyasi e‘lon qilingan davrdan boshlab embriologlarning 
ko‘plab ishlari evolyusion masalalarni hal qilishga qaratilgan edi. Biroq, XIX 
asning oxirlarida embrional rivojlanish bosqichini o‘rganish uchun embriologiyada 
eksperimenlal usul qo‘llanila boshlandi. Shundan keyin embriologiya ikki 
yo‘nalishda taraqqiy eta boshladi: 
1. Solishtirma-morfologik embriologiya. 
2. Eksperimental embriologiya. 
Evolyusion embriologiyani rivollantirishda zoolog va solishtirma anatomiya 
sohasida yirik oIimlarA. N. Seversov, I.I. Shmalgauzen, V. N. Beklemishev, V. A. 
Dogel, A. V. Ivanov va boshqalarning xizmatlari katta bo‘ldi. 
XX asrda eksperimental embriologiya rivojiga G. Shpeman (1869-1941) va 
uning shogirdi katta hissa qo‘shdilar. "Tashkiliy markaz" nazariyasini asoslash 
uchun embriologiyaning ma‘lum qismini boshqa embrionga ko‘chirib o‘tkazish, 
1901 yilda blastomerlarni sochsimon tola bilan ajratish orqali Runing mozaika 
nazariyasi va Drislining embrional regulyasiya nazariyasini isbotladi. Ma‘lum 
bolishicha, 
bir-biridan 
ajratilgan 
blastomerlardan 
embrion 
rivojlanishi 
blastomerlani qanday alratishga bog‘liq. 1924yildaG. Shpeman laboratoriyasida 
embrional induksiya hodisasi aniqlandi. Induksiya hodisasiga ko‘ra, 



deterrminatsiya va regulyasiya individual rivojlanishi davomida bir-birini 
to‘ldiradi. 
A-G-Gurvich (1874-1954) birinchi bo‘lib embriologiyada statistik usulni 
qo‘lladi va hujayralar bo‘linishida "tartib" hodisasi aniqladi. Gurvich 
taraqqiyotning matematik modelini yaratdi. 
M. M. Zavadskiy va uning shogirdlari rivojlanishi mexanizmlarini o‘rgandi 
hamda rivojlanish dinamikasi yo‘nalishiga asos soldi. Zavadskiy rivojlanishining 
fiziologik, gumoral xususiyatlarini o‘rganishga katta e‘tibor berdi. Asta-sekin 
individual 
rivojlanishning 
kimyoviy 
asoslarini 
o‘rganadigan "kimyoviy 
embriologiya" paydo bo‘ldi (L. Nidxem). 
D.P.Filatov 
(1876-1943) 
eksperimental 
embriologiyada 
solishtirma 
morfologik yo‘nalishni asosladi. Bu yo‘nalish solishtirma-evolyusion va 
eksperimental embriologiya o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etdi. Filatov "shakl 
hosil qiluvchi apparat", organlar va to‘qimalarning ikki tomonlama o‘saro ta‘sviri 
tushunchalarini qo‘lladi. Filatov eksperimentator embriologlarning yirik maktabini 
yaratdi. Bu maktab vakillaridan T. A. Detlaf, V.V. Popov va boshqalar 
embriologiya faniga katta hissa qo‘shdilar. 
P.P. Ivanov (1878- 1942) birlamchi og‘izlilar gavdasining tarval va 
posttarval bo‘limlari to‘g‘risidagi nazariyani yaratdi. P.G. Svetlov (1892-1974) 
individual rivojlanishda organlar o‘rtasidagi umumiylik va alohidalikning 
ahamiyatini ochib berdi. 
Individual rivojlanish to‘g‘risidagi tushunchalarning shakllanishida silologik 
va genetik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Jumladan, zamonaviy 
genetikaning asoschisi T. Morgan(1866- 1945) va uning shogirdlari genetika 
muammolarini hal qilishda embriologiya qonuniyatlaridan samarali foydalandilar. 
T.Morgan 20 yil umrini embrionni o‘rganishga baglishladi. Natijada irsiy 
belgilarning nasldan-naslga o‘tishida hujayra yadrosining va sitoplazmaning 
ahamiyati aniqlandi. Genetikaning sitologik asoslari, xromosomaning tuzilishi, 
funksiyasini o‘rganadigan sitogenetika fani shakllandi. 
Xromosomalarning irsiyatdagi ahamiyatini o‘zgarishda T. Boveri 
tadqiqotlarining ahamiyati katta bo‘ldi. U 1888 yilda xromosomalaming doimiyligi 
va individualligi nazariyasini, xromosomalar sonining doimiyligi qonunini, zigota 
ota-ona xromosomalari yig‘indisidan tuzilganligi haqidagi qoidalarni yaratdi. 
E. Vilson 1896 yilda "Hujayra rivojlanishi va irsiyati" nomli asarida 
xromosomaning tuzilishi va irsiyat o‘rtasidagi aloqani ochib berdi. U xromosomani 
ipsimon deb tasavvur qildi va unda irsiyat materiallari ketma-ket joylashgan, deb 
tushuntirildi. 
Xromosomaninig genlarni tashuvchi xususiyati T. Morganning irsiyatning 
xromosoma nazariyasida o‘z aksini topdi. Ontogenezda genotip va fenotip 
o‘rtasidagi aloqani o‘rganadigan fenogenetika (bu terminni 1918 yilda V.Gekker 
qo‘lladi) fani paydo bo‘ldi. Bu fan individual rivojlanish va genetika fanlari 
o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi. 
1930 yilda K. Bridies gen balansi nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra, 
belgilarning rivojlanishida genlar balansi va o‘saro nisbati muhim ahamiyatga ega. 


10 
Bridjes fikricha, ma‘lum bir belgi genlarning birgalikda ta‘sviri tufayli paydo 
bo‘ladi. 
1913 yilda E. Fisher oqsil aminokislotalarning peptid bog‘lar orqali 
birikishidan hosil bo‘lishini isbotladi. 
1936 yilga kelib oqsillani hosil qiladigan hamma aminokislotalar aniqlandi. 
Shunday qilib, biokimyoviy genetika fani paydo bo‘ldi. Bu sohadagi dastlabki 
tajribalar 1899-1910 yillarda A. Garrod tomonidan o‘tkazildi. U alkaptonuriya 
bilan kasallangan odam qoni va siydigida gomogentizin kislotasini topdi hamda bu 
kislota ferment bilan bog‘liqligini aniqladi. 1940 yilda J. Bidl va ye. Tatum "bir 
gen- bir ferment" qoidasini ilgari surdilar. 
Nuklein kislotalarning irsiyatdagi ahamiyati birinchi marta 1944 yilda O. 
Everi, S. Mak Leod va M. Mak Kartilar tomonidan aniqlandi. 
Hujayra yadrosi va sitoplazmasinirig o‘saro aloqasi, ularning irsiyat va 
rivojlanish mexanizmidagi ahamiyati N.K.Kolsov va uning shogirdlari 
tadqiqotlarida o‘z ifodasini topdi. XX asrning 20-yillarida N.K.KoIsov 
xromosomaning fiziko-kimyoviy tabiati va funksiyasini nazariy va eksperimental 
jihatdan o‘rganish bo‘yicha ko‘plab tadqiqot yo‘nalishlarini belgilab berdi. Kolsov 
hujayra biologiyasi, eksperimental va fiziko-kimyoviy biologiya fanlarining 
asoschisidir. Kolsovning xromosoma tuzilishi va reprodiksiyasiga oid g‘oyalari 
kelalakda hujayrani va xromosomani o‘rganishga asos bo‘ldi. Kolsov fikricha, 
yadro materiallari sitoplazmaga chiqib, irsiy axborotni uzatadi. Sitologiya, 
biokimyo, genetika, eksperimental embriologiya ma‘lumotlarini umumlashtirish, 
tadqiqotlarni molekula darajasida o‘tkazish, fundamental (tadqiqotlarni organizm 
darajasida baholash kabi muammolarning yechimini topishda ko‘p ishlar qilganligi 
uchun, N.K.Kolsovni zamonaviy individual rivojlanish biologiyasi fanining 
asoschisi deb aytish mumkin. 
N.K.Kolsovning g‘oyalarini uning shogirdi B.l.Astaurov davom ettirdi. 
Astaurov XX asrning 30-yillarida genetik apparatni yadro-sitoplazma asosida 
o‘rganish lozimligini aytgan edi. Uning sun‘iy partenogenez, androgenez va 
ginogenez formalarni olish usuli, zamonaviy eksperimental biologiya fanining 
katta yutug‘i bo‘ldi. 
Mikroxirurgiya texnikasining taraqqiy etishi tufayli yadroni va boshqa 
hujayra organoidlarini ko‘chirib o‘tkazish, gen va hujayra injeneriyasi yordamida 
yangi organizm hosil qilish usullarining yaratilishi, embriologiya fani oldida katta 
vazifalar qo‘ymoqda. Bu sohada T.King, R.Briggs, l.Gerdon va boshqalar muhim 
natijalarga erishdilar. 
XX asrda zoologiya, botanika va boshqa biologiya fanlarimng taraqqiyoti 
embriologiya faniga ham, ijobiy ta‘sir etdi. Embriologiyaning rivojlanishida G. A. 
Shmidt (1951, 1953, 1968), B. P. Tokin (1969, 1987) asarlari muhim ahamiyatga 
ega bo‘lmoqda. 
Keyingi yillarda embriologiya fani tez sur‘atlar bilan rivojlanib bormoqda va 
yangi sohalari paydo bo‘lmoqda. Regenerasiya va somatik embriogenez to‘g‘risida 
B. P. Tokin (1969), biokimyoviy embriologiya sohasida l. Brashe (1967), 
rivojlanishning makromolekulyar usullari to‘g‘risida K. A. Kafiani, 
A.A.Kostomarova (1978), hayvonlar rivojlanishi davrida genotipning boshqarilishi 


11 
to‘g‘risida l. Gerdon (1977), rivojlanish davrida hujayralararo munosabat haqida E. 
Dyukar (1978) va boshqalar asarlarining paydo bo‘lishi, embriologiya fanining 
yanada rivojlanishiga yordam bermoqda. 
O. M. Ivanova-Kazas (1975-1981) jinsiy ko‘payishning hayvonot dunyosida 
tarqalishi, umurtqasiz hayvonlar embrion rivojlanishining solishtinna tahlili 
muammolarini o‘zganib, 6 tomlik asar yozdi. 
Hozirgi davrda embriologiya faninmg rivojlanish tarmoqlari ko‘payib 
bonnoqda. Moskvadagi "Rivojlanish biologiyasi" institutida rivojlanishning 
molekulyar asosiari, hujayrada genetik, molekulyar o‘zgarishlar, har xil
ta‘sirotlar 
natijada o‘zgarishlar sodir bo‘lish sabablari o‘zganilmoqda. Embriologiyada yangi 
usullarning qo‘llanilishi natijada yangi-yangi yutuqlarga erishilmoqda. Evolyusion 
embriologiya yanada rivojlanmoqda. Sankt-Peterburg olimlari B. P. Tokin, K. M. 
Zavadskiy, A. V. Ivanov, 0. M. Ivanova-Kazas, moskvalik 
l. 
V. Belousov, G. D. 
Poiyakov, A. N. Seversov, M. S. Gilyarovva ularning shogirdlari, evolyusion 
embriologiyani rivojlantirmoqdalar. G. A. Shmidt, B. S. Matveev, S. V. 
Bogolyubskiy, S. M. Gilyarov, B. l Astaurov, M. S. Miskevieh, S. V. Yemelyanov 
kabi olimlar ham embriologiya fani rivojiga katta hissa qo‘shmoqdalar va ko‘plab 
malakali kadrlar tayyorladilar. 
XX asrning 60-yillariga kelib rivojlanish jarayonini o‘rganish uchun 
eksperimental embriologiya, sitologiya, genetika, fiziko-kimyoviy yo‘nalishlar 
sintezi tufayli individual, rivojlanish biologiyasi fani mustaqil soha sifatida paydo 
bo‘ldi. 
Hozirgi zamon embriologiya fanining asosiy vazifasi, embrioni evolyusion 
nazariya asosida o‘rganish va tegishli xulosalar chiqarishdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin