Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Ontogenez tiplari va bosqichlari 
Tirik organizmlar individual rivojlanishi, ya‘ni ontogenezi zigotadan tabiiy 
o‘limgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ontogenezning ikkita tipi farqlanadi. 
Bevosita, yoki to‘g‘ri rivojlanish. Ontogenezning bu tipida, tuxumdan 
chuqqan yoki tug‘ilgan organizmning tuzilishi va tashqi ko‘rinishi ota-ona 
organizmiga o‘xshaydi. Ammo ayrim a‘zolarning yetishmasligi, gavdasining 
kichikligi bilan ota-onasidan farq qiladi. Asta-sekin o‘sib, ota-ona organizmiga 
tashqi ko

rinishli va tuzilish jihatdan o‘xshaydi. Jumladan, odamda, sut 
emizuvchilarda, qushlarda, sudralib yuruvchilarda va ayrim umurtqasiz 
hayvonlarda bola tug‘ilganda ota-onasiga o‘xshaydi. 
2. Bilvosita rivojlanish. Bunda, tuxumdan chiqqan bola lichinka deyiladi va 
u tashqi hamda uchki tuzilishiga ko‘ra, ota-onasidan keskin farq qiladi. Juda ko‘p 
o‘zgarishlardan keyin ota-ona organizmiga o‘xshash qiyofaga kiradi. Bunday 
hodisa metamorfoz deyiladi va u ko‘plab umurtqasizlar, hamda amfibiyalarga 
xosdir. 
Ontogenez ikki bosqichga bo‘linadi: 
1. Prenatal, yoki tug‘ilishdan oldingi bosqich. Bu bosqich jinsiy 
hujayralarning yetilishi, urug‘lanish va embrion rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Bu 
bosqich ham ikki davrga bo‘linadi: 
a) proembrional (progenez) davri-jinsiy hujayralarning yetilishi va rivojlanish 
davri tushuniladi; 
b) embrional davr-zigota hosil bo‘lishidan embrion, tug‘ilishigacha bo‘lgan davr 
tushuniladi. 
2. Postnatal, yoki postembrional bosqich tug‘lishdan tabiiy o‘limgacha 
bo‘lgan davr davomini o‘z ichiga oladi. 
REYTING SAVOllARI 
1. Individual rivojlanish biologiyasi fanining mazmuni, maqsadi va vazifalarini 
aytib bering. 
2. Individual rivojlanish biologiyasi fani qanday bo‘limlarga bo‘linadi? 


13 
3. XIX asrgacha bo‘lgan individual rivojlanish biologiyasi fanining tarixini aytib 
bering. 
4. XIX asrda embrionni o‘rganishga oid o‘tkazilgan tajribalar va yaratilgan 
nazariyalarni ayting. 
5. XX asrda embrionni o‘rganishga oid qanday tadqiqotlar o‘tkazilgan? 
6. Individual rivojlanish biologiyasi fanining hozirgi holati va istiqbollarini ayting. 
7. Individual rivojlanish biologiyasi fanining qishloq xo‘laligi, veterinariya va 
tibbiyot fanlari taraqqiyoti uchun qanday ahamiyati bor? 
8. Embrionni o‘rganish usullarini aytib bering. 
9.Ontogenez tiplari va bosqichlarini ayting. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin