portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi
I-BOB. Ko’payish Har qanday tirik organizmni son jihatdan oshiruvchi barcha jarayonlar,
ko‘payish deb ataladi. Bo‘linishi esa biologik sistemalarning, yoki tirik
organizmlarning o‘sishi hisoblanadi. O‘sish bu tirik organizmlarning hajm jihatdan
kattalashuvidir. K. Ber fikricha, "bo‘linish har bir organizmning, o‘z undividual
chegarasidan oshiqroq o‘sishidir". o‘sish ma‘lum miqdorga yetgandan keyin, tirik
massa ma‘lum qismining ajralishi kuzatiladi, ya‘ni ko‘payishi sodir bo‘ladi. Tirik
organizmlarning muhim biologik xususiyati ko‘payishdir. Har qanday
organizmning hayoti, tur hayotidan qisqa bo‘ladi. Ko‘payish orqali esa tur
saqlanadi va uning hayoti davom etadi.
Ko‘payish evolyusiya jarayonda paydo bo‘lgan hodisa bo‘lib, ko‘payish
orqali irsiy axborot nasldan naslga o‘tadi, turning genotipi va fenotipi saqlanadi,
individlar soni ortadi, areali kengayadi, tur ichidagi xilma-xillik ortadi. Bu esa,
yangi turlar paydo bolishiga olib keladi. Ko‘payishning jinssiz va jinsiy xillari
mavjud.
Jinsiy ko‘payish
Jinssiy ko‘payish deb, somatik hujayralar hisobidan yangi organizmlar
paydo bo‘lishiga aytiladi. Ko‘payishning bu turi, qadimgi va ko‘payishning
birlamchi formasi hisoblanadi. Jinsiy ko‘payishda organizmning ayrim hujayralari,
yoki organlarining bo‘linishi natijasida, yangi organizm hosil bo‘ladi. Jinsiy
ko‘payishning biologik ahamiyati shundaki, bunda organizmlarning tez ko‘payishi
va ko‘p avlod hosil qilishi ta‘minlanadi. Jinsiy ko‘payishda somatik hujayralar
ishtirok etadi, jinsiy hujayralar ishtirok etmaydi (1-Jadval).
Bir hujayralilarning jinsiy ko‘payishni monositogen ko‘payish deyiladi va
uning quyidagi usullar mavjud (2-jadval):
1.
Bo’linish. Bunda ona hujayra o‘sib, hajm jihatdan ikki barobar
kattalashadi, ya‘ni hamma organoidlari ikki hissa ortadi. Shundan keyin 2 ta qiz
hujayraga, ya‘ni organizmga bo‘linadi. Bu qiz hujayralar bir-biriga teng, yoki har
xil hajmda bo‘lishi mumkin. Hayvon hujayralarining qobig‘li elastik bo‘lganligi
uchun cho‘zilib, o‘rtasidan (amyobada), tikkasiga (yashil evglenada),
ko‘ndalangiga (tufelkada) ikkiga bo‘linadi. Qattiq hujayra qobig‘iga ega bo‘lgan
bakteriyalar va suv o‘tlari o‘z holatini o‘zgartirmasdan, hujayra markazidan to‘siq
hosil qiladi va ikkiga bo‘linadi. Mitoz kolonial formalarda hujayraviy
va kolonial
14
bosqichlarda amalga oshadi. Hujayraviy bo‘linish natijasida koloniya a‘zolarining
soni ortadi va koloniya kattalashadi.