15
ortadi.
ahamiyati ortadi.
2. Ko’p bo’linish (shizogoniya).
Bunda, avval yadro ko‘p bo‘laklarga
bo‘linadi, keyin sitoplazma har bir yadroning atrofini o‘rab oladi va ularning har
biri mustaqil hujayraga-organizmga aylanadi. Shu yo‘l
bilan bitta hujayradan bir
qancha hujayralar hosil bo‘ladi. Suv o‘tlarida, zamburug‘larda, sodda
hayvonlardan sporalilarda ko‘payishning shu turi uchraydi.
Jumladan,
Calorogonium suv o‘ti ellipssimon shaklga ega bo‘lib, uchida ikkita chiviqsimon
xivchini bor. Bu o‘simlik oldin o‘z miqdoriga nisbatan 4 marta kattalashadi,
so‘ngra bo‘linib, 4 ta qiz hujayra hosil qiladi.
Sporalilar,
jumladan, bezgak kasalligini qo‘zgatuvchilarr Plasmodium
avlodining turlari odam qonining tarkibidagi
eritrositlar ichiga kirib, gemoglobin
bilan oziqlanadi. Keyin bezgak plazmodiyasining yadrolari 12-24 ta bo‘lakka
bo‘linadi va sitoplazma bu yadrolar atrofini o‘rab olib, merozoitlarga aylanadi.
Eritrosit po‘sti yorilib, bu merozoitlar qonga chiqadi va ma‘lum
vaqtdan keyin
yangi eritrositlar ichida yana yuqoridagi jarayonlar takrorlanadi. Merozoitlar qonga
chiqqanda, odamning tana harorati ko‘tarilib, qaltiroq bosadi.
Dostları ilə paylaş: