Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Partenogenez 
Partenogenez lotincha partenos - qiz holida, genezis - tug‘ish, tug‘ilish degan 
ma‘noni bildiradi. Tuxum hujayraning urug‘lanmasdan ko‘payishi, qiz holida 
ko‘payish yoki partenogenez deb ataladi. Bu hodisani birinchi marta 1762 yilda 
shveysariyalik tabiatshunos Sh. Bonne shiralarda (o‘simlik bitlarida) kuzatgan. 
XIX asiga kelib bu hodisa, ko‘plab o‘simlik va hayvonlarda sodir bo‘lishi 
isbotlandi. 
Partenogenez hasharotlarda, qisqichbaqasimonlarda va boshqa hayvonlarda 
keng tarqalgan. Ko‘pchilik hollarda partenogenez jinsiy ko‘payish bilan gallanib 
turadi. Masalan, o‘simlik bitlarida yoz davomida faqat urg‘ochisi bo‘ladi. Kuzga 
kelib erkagi ham paydo bo‘ladi va jinsiy ko‘payish sodir bo‘ladi. Demak, bularda 
partenogenez oziq moddalar ko‘p bo‘lganda sodir bo‘ladi. 
Asalarilarda bir qism tuxum partenogenez, bir qismi esa urug‘lanish yo‘li 
bilan taraqqiy etadi. Urug‘lanmagan tuxumdan erkaklari yoki trutenlari, 
urug‘langanlaridan esa ona va ishchi asalari yetishadi. Ishchi asalari, ona 
asalaridan, jinsiy bezlarining taraqqiy etganganligi bilan farqlanadi. Bunday 
partenogenez, fakultativ partenogenez deb ataladi. Chunki asalarining jinsiy 
voyaga yetislishi telergon degan modda cheklaydi. 
Umurtqali hayvonlardan ba‘zi kaltakesaklar va osyotrsimon baliqlarda bu 
hodisa kuzatiladi. 
Partenogenezning ochilishi, urug‘lanishdan keyin zigotada normal sharoit 
yaratish bilan, sun‘iy partenogenezga yo‘1 ochdi. Birinchi marta 1887 yilda A. A. 
Tixomirov tut ipak qurtining urug‘lanmagan tuxumini cho‘tka bilan ishqalab, yoki 
o‘tingugurt kislota ta‘sir ettirib, rivojlanishga majbur etdi va sun‘iy partenogenezga 
asos soldi. 
Tixomirov tajribalaridan keyin, tabiiy partenogenez uchramaydigan hayvonlarning 
tuxurni ustida ish olib borish, davom ettirildi. Masalan, dengiz kirpisi, amfibiyalar 
tuxumlari ustida tajribalar olib borildi. Dastlabki tajribalarda bir necha blastomer 
hosil bo‘lgandan keyin ,tuxum nobud bo‘lardi. Sun‘iy panenogenez usullari ishlab 
chiqilgandan keyin, ijobiy natijalar olina boshlandi. Tuxumga ta‘sir etuvchi turli 
ta‘sirotlar - fizikaviy (issiq ,ph, elektr), kimyoviy (kislotalar, erituvchilar, qon 
zardobi va boshqalar) ta‘sirotlar natijada, tuxumda partenogenetik ko‘payish sodir 
bo‘lishi kuzatiladi. 
Hozirgi paytda sun‘iy partenogenezni sut emiznvchilarda, hatto odamda ham 
qo‘llab, ijobiy natijalar olinmoqda. 
Sun‘iy panenogenez usullarini tut ipak qurtida qo‘llab, B.l.Astaurov katta 
muvaffaqiyatlarga erishdi. 22 yoshli qiz bolaning tuxumida 4 ta blastomer hosil 
bo‘lganligi kuzatilgan. 


30 
Sun‘iy partenogenez sohasidagi ishlar, urug‘lanish jarayoni to‘g‘risidagi 
tasavvurlarni ancha oydinlashtirdi. Urugchilik va erkaklik jinsiy hujayralari 
yadrasining qo‘shilib ketishi, rivojlanishga sabab bo‘ladi, degan fikrlar xato bo‘lib 
chiqdi. Jinsiy hujayralamnig qo‘shilib ketishi natijada paydo bo‘ladigan fziologik 
jarayonlar, rivojlanishning boshlanglich omili hisoblanadi. Erkaklik jinsiy 
hujayrasi, irsiyat hodisalari uchun katta ahamiyatga ega. Ammo tuxumning 
rivojlanishi uchun shart emasdir. 
Agar yangi organizm uchun irsiy material tuxum hujayraning DNK si bo‘lsa, 
ya‘ni yangi organizm tuxum hujayradan paydo bo‘lsa, bu hodisa gipogenez 
deyiladi. 
Agar 
yangi 
organizm 
tuxum 
hujayraning 
sitoplazmasi 
va 
spermatozoidning yadrosidan rivojlansa, bu hodisa androgenez deyiladi. Bu 
holatda tuxum hujayraning yadrosi o‘ladi. 
Ginogenez - partenogenezning bir turi bo‘lib, urug‘lanish oxiriga yetmasligi 
tufayli sodir bo‘ladi. Bunda urug‘lanish agent vazifasini bajaradi, erkak pronukleus 
urug‘lanishda qatnashmaydi, faqat tuxum hujayrani taraqqiy etishi uchun, 
faollashtiradi. Ginogenez boshqa tur spermasi ishtirokida ham sodir bo‘lishi 
mumkin, lekin bu sperma genlarini embrionga kiritmaydi. Masalan, kumush karas 
tuxumining taraqqiy etishi uchun sazan, oddiy , karas spermasi zarur bo‘ladi. 
Gipogenez, tuxum hujayrani sun‘iy qizdirish, urug‘lantirish orqali ham sodir 
bo‘ladi. Sichqonlar zigotasidan erkaklik pronukleusini mikroxirirglk yo‘1 bilan 
olib tashlash orqali. ginogenez sodir bo‘lishi kuzatgan. Bunday tuxum sitoxalazin 
V da saqlanib, sitotomiyamng oldi olingan va diploid tuxum paydo 
bo‘lgan.Bunday tuxumdan, faqat urg‘ochi sichqonlar olinadi. 
Androgenez - bunda tuxum hujayra faqat spermatozoid yadrosi bilan 
taraqqiy etadi, tuxum yadrosi taraqqiyotda qatnashmaydi. Tabiiy androgenez 
tamakida, makkajolxorida, ba‘zan tut ipak qurtida uchraydi. 
Androgenezni sun‘iy yo‘l bilan ham, xosil qilish mumkin. XX asr 
boshlarida, dengiz tipratikanining yadrosiz tuxum hujayrasi urug‘lantirilgan. 
Bunday urug‘lanish merogoniya deyiladi. Bu ta‘riba orqali genetikaning muxum 
muammosi, ya‘ni irsiy material faqat yadro yoki sitoplazma orqali nasldan-naslga 
o‘tadimi. degan savoliga javob berildi. Spermatozoidda deyarli sitoplazma 
bo‘lmaydi. Shuning uchun, androgenetik organizmda faqat ota belgilari bo‘lar 
ekan, sitoplazma orqali belgilar nasldan-naslga o‘tmaydi. Merogoniya tajribalari 
uchun har xil dengiz tipratikanlari tanlandi. 
B.I.Aslaurovning tut ipak qurti ustidagi yadro genez bo‘yicha o‘tkazilgan 
tajribalari nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega bo‘ldi. Bu tajribada 
tuxum yadrosi qizdirish, yoki nurlantirish orqali nobud qilindi. Keyin tuxum 
urug‘lantirilib, tuxumning ichiga kirgan 2 ta spermatozoid pronukleusi qo‘shilgan 
va xromosomaning diploid nabori hosil bo‘lgan.Shu yo‘l bilan poliploidiya ham 
hosil qilish mumkin.Shunday qilib, tut ipak qurtining erkak individlari olindi. Ular 
urg‘ochisiga nisbatan 30% gacha ko‘proq tola beradi. 
Gipogenez va androgeuez yo‘li bilan ko‘payish orqali, tabiatda jinslar nisbatini 
tartibga solish va urardan amaliy maqsadlarda foydalanish mumkin. 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin