Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Birlamchi jinsiy hujayraning migrasiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Birlamchi jinsiy hujayraning migrasiyasi.
Jinsiy hujayralarning 
rivojlanishi uzoq davom etadi. Hamma hayvonlarda gonadalar gonositlardan keyin 
paydo bo‘ladi. Birlamchi gonosidar mustaqil harakatlanish, ya‘ni migrasiya qilish 
qobiliyatiga ega. Tovuq embrionining gonositlari o‘z yo‘lining ma‘lum qismini 
qon orqali, qolgan qismini faol harakatlanib bosib o‘tadi (20-rasm). 
Fransuz embriologlari E. Volf va F. Dyubua ma‘lumotlariga ko‘ra, 
gonositlarning harakatlanishiga, gonadadan ajraladigan kimyoviy moddalar ljobiy 
ta‘sir etadi. Ammo bu xemotaksis hodisasi, yoki harakatlanishning oddiy 
faollashtirishi ekanligi hozircha noma‘lum. 
20-rasm. Birlamchi jinsiy hujayraning paydo bo‘lishi va uning gonadaga 
migrasiyasi (B.Karlson, 1983 bo‘icha). 
1-sariqlik xaltasining ektodermasidan birlamchi jinsiy hujayralarning paydo 
bo‘lishi; 2-birlamchi jinsiy hujayralarning migrasiyasi; 3- birlamchi jinsiy 
hujayralarning gonadaga joylashuvi; 4-embrional buyrak; 5-miotom; 6-dorsal 
tutqich; 7-aorta; 8-xorda; 9-rivojlanayotgan orqa miya. 
Dastlab gonositiarsoni embrionda kam bo‘ladi. Gonosit gonadaga o‘rnashib 
olgandan keyin, intensiv bo‘linadi va soni ortadi. Sames (erkak) va samka 
(urg‘ochi) jinsiy bezining rivojlanishi davrida, gonositning joylashishi farqlanadi. 
Gonadaning jinsga bog‘liq holda rivojlanishning dastlabki davrida, gonosit 
erkaklik urug‘ kanalining ichiga, urug‘chilik jinsiy bezining tashqarisida 
joylashadi. Embrion jinsini gistologik jihatdan aniqlash mumkin bo‘lgan davrdan, 
boshlab goniylarni spermatogoniy, yoki oogoniy deb ataladi. 


44 
Gonositning goniyga aylanishi, bir qancha o‘zgarishlar tufayli amalga 
oshadi, jumladan, ular yiriklashadi, yumaloq shaklni oladi, amyobitsimon harakati 
yo‘qoladi, intensiv ko‘payadi. 
Keyinchalik oogoniylarning bo‘linishi to‘xtaydi. Bu davrga kelib
tuxumdonda oogoniylarning ma‘lum zaxirasi to‘planadi. Ularning oz qismi, 
yetilgan tuxum hujayraga aylanadi, ko‘p qismi nobud bo‘ladi, yoki degenerasiyaga 
uchraydi. Hisoblarga qaraganda, 5 oylik odam embrionida 6800000, tuglilish 
oldidan 1 mln, 7 yoshda 300000 oogoniy bo‘ladi. Oogoniylarsoniningortishi, harxil 
hayvonlarda harxil muddatlarda to‘xtaydi. Masalan, sut emizuvchilarda bu jarayon 
tuglilishgacha, ba‘zi hayvonlarda tug‘ilishdan keyin to‘xtaydi, ba‘zi tuban 
primatlarda oogoniylarjinsiy voyaga yetganda ham ko‘payadi. 
Spermatogoniylarning ko‘payishi, aksincha butun jinsiy voyaga yetgan davr 
davomida uzluksiz (issiqqonli hayvonlarda), yoki mavsumiy (sovuqqonli 
hayvonlarda) sodir bo‘ladi. 
Gametogenezning keyingi bosqichlarida spermatogoniylar va oogoniylar 
murakkab o‘zgarishlardan keyin yetilgan jinsiy hulayrlar-spermatozoid va tuxum 
hujayraga aylanadi. Bu jarayonlar hujayra yadrosi va sitoplazmasida ko‘plab 
o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan, amalga oshadi va oogoniy hamda spermatogoniy 
morfologik va fiziologik jihatdan erkaklik va urugchilik jinsiy hujayralariga 
aylanadi. Bu o‘zgarishlar quyidagilardir. 
1. Rivojlariayotgan tuxum hujayrada ko‘plab makromolekula, subhujayraviy 
va oziq moddalar sintezlanadi va kiradi. Ana shu moddalar hisobidan tuxum 
hujayra kattalashadi, shakllanayotgan spermatozoidda sitoplazma umuman 
yo‘qoladi va ba‘zi moddalar sintezlanadi. 
2. Jinsiy hujayralar rivojlanishi davrida meyoz bo‘linish sodir bo‘ladi. Uning 
2 ta xususiyati: xromosomalar sonining kamayishi va gomologik xromosomalarda 
genlar rekombniasiyasi sodir bo‘ladi. 
3. yetilgan jinsiy hujayralarda ulani tashkil etuvchi moddalar shakli va 
funksiyasiga qarab qayta taqsimlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin