Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

REYTING SAVOLLARI 
1.
 
ORGANOGENEZ NIMA? 
2.
 
ektodermadan qanday organlar hosil bo‘ladi? 
3.
 
neyrulyasiya nima? 
4.
 
nerv sistemasini hosil bo‘lishini ayting. 
5.
 
Ko‘zning rivojlanishini tushuntiring. 
6.
 
Epidermis va uning hosilalarining rivojlanishini ayting. 
7.
 
ganglioz plastinkaning vazifalari nimalardan iborat? 
8.
 
entodermadan hosil bo‘ladigan organlarni ayting. 
9.
 
ovqat hazm qilish organlari rivojlanishini tushuntiring.
10.
 
o‘pka, jigar , oshqozon osti bezi rvojlanishini ayting. 
11.
 
mezodermadan hosil bo‘ladigan organlarni ayting. 
12.
 
o‘q skeletining rivojlanishini tushuntiring. 
13.
 
yurak, qon-tomir sistemasining rivojlanishini ayting. 
14.
 
ayiruv organlari rivojlanishini tushuntiring. 
15.
 
jinsiy organlar rivojlanishini tushuntiring. 
16.
 
qo‘loyoqlarning rivojlanishini tushuntiring. 
17.
 
organlar hosil bo‘lishida hujayralarning ahamiyatini ayting 
18.
 
embrion hujayralarda yadro va sitoplazma aloqasi nimalardan iborat. 
19.
 
embrion hujayralarining o‘zaro aloqasi qanday bo‘ladi? 
20.
 
zararli shishlarning embrion rivojlanishiga qanday ta‘siri bor? 
21.
 
jinsiy organlar embrional rvojlanishining muddatlarini ayting? 
22.
 
embrion rivojlanishiga genlarning qanday ta‘siri bor?
IX-BOB. HUJAYRA DIFFERENSIASIYASI MEXANIZMI 
 
Differensiasiya deyilganda kelib chiqishi umumiy bo‘lgan 
hujayralarda morfologik fiziologik va funksional jihatdan farqlar paydo bo‘lishi 
jarayonlarining umumiy yig‘indisi tushuniladi . Differensiasiya jarayoni 
rivojlanishning hamma bosqichlarida sodir bo‘ladi.Embrion hosil bo‘lguncha 
tuxum hujayra differensiasiyaga uchraydi.Keyinchalik blastula, gastrulyasiya 
davrlarida organlar hosil bo‘lishi va rivojlanishi jarayonida hujayralarning har xil 
morfologik, 
fiziologik
biokimyoviy 
va 
funksional 
differensiasiyasi 
kuzatiladi.Ammo differensiasiya tufayli hujayralar bir- biriga va organizmga 
qaram bo‘lib qoladi. Differensiasiya jinsiy voyaga yetgan organizmda ham sodir 
bo‘ladi va organizm yangilanishining asosini tashkil etadi. Shunday qilib, hujayra 
differensiasiyasi embrional rivojlanish davridan boshlanadi va bu mexanizm 
voyaga yetgan organizmdagi hujayralarga ham o‘tadi.
Differensiasiya tufayli hujayra xilma-xilligi ortadi va hujayralarning 
morfologik, fiziologik, biokimyoviy jihatdan farqi paydo bo‘ladi. Shuning uchun 
ularni klassifikasiyalash me‘zoni ham hozircha ishlab chiqilmagan. Hujayraning 
metabolik va funksional xususiyatlari doimo o‘zgarib boradi. Eng ishonchli 


177 
morfologik, fiziologik, biokimyoviy va boshqa testlar asosida umurtqali hayvonlar 
organizmida yuzdan ortiq differensiallashgan hujayralar tipini aniqlash mumkin.
Tuban organizmlarda differensiallashgan hujayralar tip kam, evolyusiya jarayonida 
organizmlar murakkablashgan sari bu ko‘rsatgich ham ortib borgan va organizmlar 
murakkablashuvining ko‘rsatgichi sifatida qabul qilingan. Individual rivojlanish 
biologiyasi fanining muhim vazifasi qanday mexanizmlar hujayralar o‘rtasidagi 
farqni
 
yuzaga keltirishini va differensiasiya qonuniyatlarini aniqlashdan iborat. Bu 
muammolar ayni paytda molikulyar genetik va hujayra-to‘qima darajasida ishlab 
chiqilmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin