Embrion hujayralarining o’zaro aloqalari
Tabiatda bir hujayrali organizmlar mustaqil hayot kechiradilar. Ammo
hujayralar organizm safiga kirganda ularning tiklanishi va hayoti hujayralarning
o‘zaro ta‘sirlariga bog‘liq bo‘ladi. Hujayralarning o‘zaro ta‘siri organizmni har
qanday noqulay sharotlardan, shikastlanishdan, kasalliklardan saqlanishiga yordam
beradi. Organizm qariganda ayrim organlarning boshqarilishi buziladi va bu hodisa
o‘limga olib keladi. Embrional rivojlanishning boshlang‘ich davrlarida organizm
hujayralarining o‘zaro aloqlari ayrim organlarning tiklanishiga olib keladi. Bu
holat ba‘zi tajribalarda ham isbotlangan. Jumladan, amfibiyalar embrionini
rivojlanishining boshlang‘ich davrlarida ajratib olingan hujayralar fiziologik
eritmalarga solinganda ularning ustida yolg‘on oyoqlar hosil bo‘lib, boshqa
hujayralarga yopishishiga intiladi.
Fibrioblast cho‘ziq, urchuqsimon blastomerlar bo‘lib, ular biriktiruvchi
to‘qimada va mezenximada uchraydi.Bu blastomerlarni ajratib olganda uarning
ustida yupqa sitoplazma qavati hosil bo‘ladi va bu qavat undullangan membrana
deyiladi. Bu membrana boshqa fibrioblastlar bilan aloqada bo‘lganda ular yopishib
harakatchanligini yo‘qotadi. Nerv gangliyalarini hosil qiladigan nerv hujayralari
esa bir biridan uzoqlashadi. Agar bunday hujayralarni ajratib olib, fiziologik eritma
yoki dengiz suviga solinganda ular harakatlnmaydi. Lekin ularning yoniga boshqa
nerv hujayralar joylashtirilsa, ikkala hujayra ham qarama qarshi tomonga siljiy
boshlaydi. Hujayralarning o‘zaro munosabati quyidagi yo‘llar bilan amalga oshadi:
1.
To‘qnashib tormozlanish, ya‘ni birikish uchun zarur bo‘lgan fibril harakati
yuzaga keladi.
2.
Hujayralar elektr impulslar chiqarib, bir biri bilan aloqa o‘rnatadi.
3.
Bir hujayradan ikkinchi hujayraga molekula yoki ionlarni o‘kazish yo‘li
bilan aloqa qiladi.
175
4.
Qon orqali ma‘lum organdagi hujayralarning o‘zaro munosabati paydo
bo‘ladi.
Agar amfibiyalarning gastrulyasiya davrida mezoderma qavatida radioaktiv
moddalar, glisin yoki metionin bilan belgi qo‘yilsa, mezodema bilan aloqada
bo‘lgan ektoderma qavat ham o‘zining tarkibida bu belgini saqlaydi. Nyukop
(1969) amfibiyalar embrionining gastrulyasiya jarayonida tajribalar o‘tkazib,
shunday xulosaga keldiki, mezodermaektoderma ishtirokida paydo bo‘ladi. Animal
va vegetativ qutblarda ektodermaning ichki qavati mezodermaga aylanadi.
Hujayralarning o‘zaro aloqasi buzilganda ularning rivojlanishi ham to‘xtaydi, lekin
hujayralarning bo‘linishi faollashadi.Bu hodisa zararli shishlar ustida tadqiqotlar
o‘tkazgan olimlarni ham qiziqtirgan. Ularning aniqlashicha, shish hujayralari
embrion holatga qaytgan organizm hujayralaridir. Ammo bu xulosa ham to‘liq
isbotlangan emas. Ba‘zi shishlar va embrional hujayralar bir- biriga o‘xshaydi. Bu
o‘xshashliklar ularning kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq.
Organizmda blastoma deyiladigan shishlar normal hujayralarning organizm
nazoratidan chiqib, tartibsiz ko‘payishi tufayli paydo bo‘ladi. Bu hujayralar o‘ziga
xos funksional vazifani bajarib, ko‘payish xususiyatiga ega va ko‘payishi qisqa
vaqtda amalga oshadi. Shishlar bexatar yoki zararli bo‘ladi. Zararli shishlar
intensive o‘sish qobilyatiga ega , ya‘ni atrofidagi to‘qimaga o‘sib kiradi hamda
ularni zararlaydigan moddalar ishlab chiqaradi.
Metastazlanish deyilganda ma‘lum organda paydo bo‘ladigan birlamchi
shishning boshqa organlarga tarqalishi va ikkilamchi tugunning hosil bo‘lishi
tushuniladi. Bunday tugunlar (metastazlar) birlamchi shish hujayralarning boshqa
joyga ko‘chishi natijasida paydo boladi. Epiteliy to‘qimasidan paydo bo‘ladigan
zararli shishlar kanser, mezodermadan rivojlanadiganlari esa sarcoma deyiladi.
Bezarar shishlar atrofidagi to‘qimalarga o‘sib kirmaydi. Biriktiruvchi to‘qimadan
hosil bo‘lgan fibroma, muskul to‘qimasidan hosil bo‘lgan mioma shshlari bunga
misol bo‘ladi. Ba‘zan bezarar shishlar xatarli shishlarga aylanishi mumkin. Xatarli
shishlar umurtqali hayvonlarning barcha sinf vakillarida topilgan. Har xil
hayvonlarning shishlari har xil bo‘ladi. Shishlarning mahsus br turi
differensiallashmaganligi uchun har xil organlarni hosil qilishi mumkin. Bunday
shishlar teratoma deyiladi. Teratoma har hil differensiallashgan to‘qimali, lekin
shaklsiz organlarni, ya‘ni suyaklar, ishlar, sochlarni hosil qiladi. Bular ba‘zan
urug‘donda yoki tuxumdonda paydo bo‘lishi mumkin. Bunday jarayonni
partenogenez yo‘li bilan rivojlanishini boshlagan tuxum hujayra, deb taxmin qilish
mumkin.
Shishlar paydo bo‘lishida kanserogen omillar muhim vazifani bajarishi
aniqlandi. Kanserogen yoki blastomogen omillarga tabiatdagi kimyoviy moddalar
ta‘sirida shishlar paydo bo‘lishi kiradi. Organizmning o‘zi ham moddalar
almashinuvi jarayonida bunday moddalarni ishlab chiqaradi.jumladan, gipofizda
ishlab chiqariladigan organizmlarning o‘sishi va rivojlanishiga ta‘sir etadigan
vazoperssin, oksitosin va boshqa gormonlarning ko‘plab ishlab chiqarilishi
tuxumdonda, urug‘donda yoki buyrak usti bezida shishlar paydo bo‘lishiga olib
keladi. Bundan tashqari, kanserogen xossasiga ionlar, rentgen va ultrabinafsha
nurlar, tamaki mumi, alkogollar va giyohvand moddalar ham kiradi.
|