172
Oyoq qo‘l hosil bo‘lishida mezenxima epidermisni
stimullovchi funksiyani
ham bajaradi. O‘z navbatida ektodermal hujayralar mezodermaning
differensiallanishini stimullaydi. 1948 yilda J.Sonders o‘tkazgan tajribaga ko‘ra,
agar 3 kunlik tovuq embrionidan ektodermal hujayralari mezodermani
zararlamasdan
olib tashlansa, qanotlarining distal qismi hosil bo‘lmaydi.Ammo
qo‘l oyoq hosil bo‘lishida asosiy vazifani mezoderma hujayralari bajaradi.
Baliniskiy tajribalariga ko‘ra, agar embrionning oldingi va orqa oyoq
murtaklari orasiga eshitish, hidlash haltalari ko‘chirib o‘tkazilsa, qo‘shimcha
oyoqlar hosil bo‘lganligi kuzatilgan.
Morfologik jihatdan oyoq qo‘l o‘simtalari eniga nisbatan bo‘yiga ko‘proq
o‘sadi, uchlari bir tekis bo‘lmaydi. Ammo oyoq qo‘l bo‘limlari va bo‘g‘imlarning
hosil bo‘lishi sabablari hozircha noma‘lum. Mezenxima
hujayralari zichlashib,
suyaklar hosil bo‘ladi. Dastlab tog‘ay hosil bo‘ladi, keyinchalik u suyaklarga
aylanadi. Qo‘l oyoq qon tomirlari ular rivojlanishining dastlabki davrlarida paydo
bo‘ladi.
Shunday qilib, qo‘l- oyoq mezinximadan rivojlanadi. Ammo qo‘l- oyoq
muskullari miotomdan paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: