170
epiteliy hujayralaridan iborat. Bu kipriklarning tebranishi tufayli suyuqlikning
harakati yuzaga keladi (88- rasm).
Halqali chuvalchanglar metanefrediya tipdagi ayruv organi bo‘lib,
voronkasimon ko‘rinishga ega. Uning keng uchi tana bo‘shlig‘ga,
tor uch
gavdaning tashqi yuzasiga ochiladi. Kipriklar bunda ham ayruv maxsulotlarini
gavadaning tashqi yuzasiga chiqarishga xizmat qiladi.
Umurtqali hayvonlarda buyrak ayrish sisremasi bo‘lib,
ular qon aylanish
sistemasi bilan uzviy bo‘g‘liq. Tuban umurtqalilarning ( baliqlar, amfibiyalar)
embrion rivojlanishi davrida sodda tuzilgan buyrak bo‘ladi,
keyin u haqiqiy
buyrakka aylanadi. Miksina va ba‘zi tuban baliqlarda sodda tuzilgan buyrak
voyaga yetganda ham saqlanib qoladi. Yuksak umurtqalilar( repteliyalar,
qushlar
sut emizuvchilarda)da dastlab pronefros yoki gavda buyragi bo‘lib, keyin uning
orqa qismidan haqiyqiy buyrak hosil bo‘ladi.
Umurtqalilarning ajdodalri primitiv buyrak bo‘lgan. U butun tana bo‘shlig‘da
joylashgan, Evolyusiya . jarayonida metobo‘lilik jaroyonlarning o‘zgarishi tufayli
ayruv kanalining o‘rta va orqa qismlari o‘zgarib, nefrotomlardan buyrak hosil
bo‘lgan.
Birlamchi siyduk yo‘li umurtqalilarda pronefrosdan rivojlanadi.
Uning
hujayralari pastga qarab harakatlanadi va kanal shaklida joylashadi.
Mezonefroz hosil bo‘lishi bilan buyrak va qon aylanish sistemalari o‘rtasida
bog‘lanish paydo bo‘ladi. Kanalning oxiri qatlamlanib, malpigi va tanachasi hosil
bo‘ladi. Birlamchi buyrakning boshqa ayiruv sistemalardan farqi shundaki, u
qondan ayiruv mahsulotlarini ajratib oladi. Tuban umurtqalilarda
ayiruv kanallari
nefrootomdan hosil bo‘lsa, yuksak umurtqalilarda nefrotom nefrogen
mezenximaga aylanib, ayiruv kanallarini hosil qiladi.
Metanefros- shakllangan buyrak qushlar va sut emizuvchilarda bo‘ladi. Haqiqiy
buyrak nefrotom va siydik yo‘lining epiteliy hujayr alaridan hosil bo‘ladi. Siydik
haltasi siydik yo‘lining oxirgi kengaygan joyida paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: