Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Qushlar, sut emizuvchilar va odam ovqat hazm qilish organlarning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Qushlar, sut emizuvchilar va odam ovqat hazm qilish organlarning 
rivojlanishi.
Qushlarda meroblaslik maydalanishdan keyin ovqat hazim qilish 
organlari o‘ziga xos yo‘nalishda rivojlanadi. 
Ovqat hazim qilish organlarining entodermal epiteliy hujayralari epiblast 
qismidan hosil bo‘ladi. Gastrulyasiya jarayonida bu hujayralar epiblast ostiga
migrasya qilib tarkibiga entoderma sariqligini saqlovchi gipoblast tarkibiga 
o‘tadi. Keyin prezumptiv entoderma ichak bo‘shlig‘da kengayadi va ichakning 
burmasini hosil qiladi. Ichak bo‘shlig‘ining o‘rta qismi prezumptiv xorda va 
prezumptiv somit ostida joylashadi. Ularning o‘ng va chap tomonlari egilib 
qo‘shiladi (85 –rasm). 


166 
Oldingi ichak asosan jigar, o‘n ikki barrmoqli ichak, oshqozon osti bezi hosil 
bo‘lishda qatnashadi. Umurtqali hayvonlarda oshqozon- ichak kanali embrioning 
boshqa qismlari bilan hamkorlikda rivojlanadi. Qizilo‘ngach yuksak umurtqali
hayvonlarda amfibiyalarga nisbatan uzun bo‘ladi. Ovqat hazim qilish 
organlarning har xil qismlari turlicha o‘sishi va yon organlarining ta‘sirida har xil 
qiyshayishi va joylashuvi hosil qilish munkin .Jumladan , oshqozonning har xil 
qismlari har xil kattalikda bo‘ladi. Anal yoki kloaka quydagicha hosil bo‘ladi.
Yuksak umurtqalilarda blastopor va uning teshigi yo‘q. Kloaka gavda devorining 
teshilishi natijasida hosil bo‘ladi, teshilish joyi birlamchi bo‘shliq davrida paydo 
bo‘ladi. Gastrulaning oxirida ektoderma va entoderma kirmaydi va bunda ikki 
qavatli plastinka hosil bo‘ladi. Bu kloaka membranasi deyiladi. Bu membrana 
bilan ichakning oxirgi bir qismi qo‘shilib kloakani hosil qiladi.
Og’izning rivojlanishi.
Ovqat hazim qilish kanali ektodermadan boshlanadi. 
Oldingi ichakning teri ektodermasi bilan tutashgan joyida og‘iz chuqurchasi hosil 
bo‘ladi. Uning qatlamlangan bir qismidan gipofizning oldingi qismi hosil bo‘ladi. 
Og‘iz va og‘iz boshlig‘ining paydo bo‘lishi murakkab jarayon bo‘lib, unda 
embrionning uchala qavati ham ishtirok etadi. Sut emizuvchilarda dastlab og‘iz 
teshigi va uning atrofida 5 ta do‘ngchalar hosil bo‘ladi: toq yuqorgi –lablar, juft 
yuqori- yuqorgi jag‘lar, 2ta pastki jag‘larni hosil qiluvchi do‘ngchalardir. Ular
bilan birgalikda ikkita burun teshigi ham hosil bo‘ladi. Yuzning umumiy 
ko‘rinishi postembrional rivojlanish davrida nihoyasiga yetadi. 
Birlamchi og‘iz bo‘shlig‘I asta – sekin burun va haqiqiy og‘iz bo‘shlig‘ga 
aylanadi. Keyinchalik og‘izning oxirida halqum hosil bo‘ladi. Tishlar 
ektodermaning epiteliy va mezonximaning 
6- jadval 
emal hosil qiluvchi hujayraidan paydo bo‘ladi. Til tomoqning pastki qismidan 
hosil bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin