Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 Jabra soxasining rivojlanish.
Og‘zdan keyinda tomoq joylashgan bo‘lib, 
neyrulasiyaning oxirida jabra cho‘ntaklari hosil bo‘ladi.
85- rasm. Kalamush embriogenezi davrida ichak vorsinkalarning paydo bo‘lish 
bosqichlarining ketma-ketligi ( B.Karlson, 1983 bo‘yicha). 
A-
 
Rivojlanishning 15-16- kunlari; B- rivojlanishning 17- kuni; V- 
rivojlanishning 18- kuni. 
 
Ulardan dastlab jabra plastinkasi, keyin jabra yorliqlari hosil bo‘ladi. Jabra 
yorliqlari barcha umurtqalihayvonlar embrion rivojlanishida hosil bo‘ladi. Suvda


167 
yashab, jabra yordamida nafas oladigan hayvonlarda jabra va uning uchki qismlari 
paydo bo‘ladi. Bu holat baliqlar va amfibiyalarda kuzatilgan. 
Reptilyalar, qushlar, sut emizuvchilar va odamda jabra nafas olish organi 
sifatida hech qachon faoliyat ko‘rsatmaydi, ammo jabra haltasi va jabra yoriqlari 
paydo bo‘ladi. Odam embrionida 4 juft jabra yoriqlari rivojlanadi, beshinchisi 
rivojlanmaydi. Bu holat yuksak umurtqalilarning barchasi uchun xarakterlidir.
Jabra yoriqlarining paydo bo‘lishi tuban umurtqalilardan meros deb qaramaslik 
kerak. Odam embrionning va boshqa yuksak umurtqalilar embrioning 1- juft 
haltasi devorlaridan ajralgan entodema hujayralaridan jig‘ildon, qalqonoldi bezlar 
taraqqiy etadi. 
O’pka, jigar, oshqozon osti bezi rivojlanishi.
Nafas olish organlari- halqum, 
nafas nayi, o‘pka jabra sohasining orqasida hosil bo‘ladi. Ovqat hazim qilish 
kanalining ventral tomonida cho‘ntaksimon qatlamlangan joy tarmoqlanadi. Bu 
tarmoqlarning ikkitasidan bronxlar va o‘pka hosil bo‘ladi. Undan oldinroqda 
traxeya va halqum paydo bo‘ladi. Odamda o‘pka tug‘ilgandan keyin ishlay 
boshlasa ham, embriona rivojlanishning dastlabki davrlarida paydo bo‘ladi.
Jigar barcha uurtqali hayvonlarning entoderma epiteliy hujayralaridan, o‘n
ikki barmoqli ichakning yon tomonida hosil bo‘ladi. O‘t suyuqligi haltasi
birlamchi jigarda paydo bo‘ladi. Oshqozon osti bezi ham shular bilan parallel 
ravishda o‘n ikki barmoqli ichakning devoridan paydo bo‘ladi (86 –rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin