Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Ganglioz plastinka.
Nerv sistemasi va sezgi organlar ektodermadan hosil 
bo‘ladigan organlar orasida dominantlik qiladi. Nerv sistemasi va sezgi organlari 
har xil kurtaklardan hosil bo‘ladi. Bu organlar nerv nayi, plakod, gangiloz 
plastinka bilan bog‘liq bo‘lib, ular ektodermadan kelib chiqqan. Ganglioz
plastinka nerv sistemasidan tashqari boshqa organlar hosil bo‘lishida ham ishtirok 
etadi. 
Ganglioz plastinka neyrulyasiyadan keyin paydo bo‘ladi. Amfibiyalar
embrioni nerv nayining chetidan ektodermal hujayralar o‘rtaga yig‘ladi. Ganglioz
plastinka melanofor va ektomezenximadan oldingi modda hisoblanadi. 
Ektomezenxima ektodermadan hosil bo‘lib, bu embrion qavatlari qonunyatlariga
ziddir (S.Gerstadius, 1967). 


165 
Ganglioz plastinka hujayralari har xil organlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. 
Ganglioz plastinka hosil bo‘lishi bilan nerv nayi va epidermis o‘rtasiga migrasiya 
qiladi. Ganglioz plastinkadan prezumptiv organlarga hujayralar oqimi kela 
boshlaydi. Bu oqim bosh va bo‘yinga boshqa organlarga nisbatan ko‘proq keladi. 
Ganglioz plastinka asosan mezoderma va epidermis o‘rtasiga migrasiya qiladi. 
Ganglioz plastinka hujayralari orqa miya gangiliyalari, visseral skelet, buyrak 
usti bezining mag;iz qismi. Pigment hujayralari hosil bo‘lishida ishtirok etadi. 
Pigmentlar epidermisda, sochda, tuklarda bo‘ladi. 
 
Entodermadan hosil bo’ladigan organlar 
Entodermadan ichak kanalining ichki epi teliy qavati, jigar, ovqat hazim qilish 
organlarining bezlari, nafas olish organlarning epiteliysi, sariqlik xaltasining 
epitelisi kabi organlar hosil bo‘ladi (6- jadval). 
Tuban umurtqalilarda ovqat hazim qilish organlarning rivojlanishi.
Ovqat
hazim qilish va nafas olish organlari hosil bo‘lishida embrionning uchala qavati 
ham ishtirok etadi. Umurtqali hayvonlar ovqat hazim qilish organlari hosil 
bo‘lishi gastrulyasiya tiplariga bog‘liq holda, har xil yo‘llar bilan sodir bo‘ladi. 
Shuning uchun ovqat hazim qilish organlari rivojlanishini dastlab to‘la 
maydalanadigan yuksak umurtqalilarda ko‘rib chiqamiz 
Lanselikning birlamchi ichagining ichki qismi ektodermadan, ustki qismi 
prezumptiv xorda va mezoderma ektodermadan ajralishi bilan boshlanib, ichak 
bo‘shlig‘I faqat ento ermal hujayralardan hosil bo‘ladi. Minoga , miksina, ikki xl 
nafas oluvchi baliqlar, amfibiyalarda ham ovqat hazm qilish organkari shu yo‘l 
bilan nafas oladi. Oldingi ichak ancha kengaygan, orqa ichak biroz ingichka 
bo‘ladi. 
B.I . Valinskiy ( 1947) amfibiyalarda ichaklar rivojlanishini entoderma epiteliy 
hujayralarini markirovka qilish usul bilan o‘rganadi. Ichaklarning oldingi 
qismidan og‘iz halqum, orqa ichakdan jigar diverlikumi, ya‘ni amfibiyalarda jigar 
va oshqozon osti bezi, salamandralarda oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak 
epiteliysi, oshqozon osti bezining bir qismi va ichakning boshqa qismlari hosil 
bo‘ladi. Ovqat hazim qilish sistemasi evolyusion jihatdan qadimiy bo‘lib, 
ontogenezda dastlab paydo bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin