Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Jinsiy organlar sistemasining rivojlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Jinsiy organlar sistemasining rivojlanishi
. Umurtqalilarda erkaklik va 
urg‘ochilik jinsiy organlari mezoderma hujayralaridan hosil bo‘ladi. Dastlab 
birlamchi buyrakning ustioda, ichakning yaqinida jinsiy vakil hosil bo‘ladi. 
Vakillar hujayralar to‘plami ko‘rinishida bo‘lib, bir necha qavatdan iborat. 
Gonadalar rivojlanib, mezodema hujayralari yupqalashadi. 
Jinsiy vakil ikki xil hujayralardan iborat bo‘ladi: ko‘pchilik hujayr alar epiteliy 
hujayralariga o‘xshaydi va tayoqchasimon shaklda bo‘ladi. Hujayralarning boshqa 
xili xaltasimon shaklda bo‘lib, yadrosi yirik bo‘ladi. Bu hujayralar birlamchi jinsiy 
hujayralar hisoblanadi. 
Bu hujayralar jinsiy bezlarga migrasiya qiladi va bezning selomiga tarqaladi. 
Ular ko‘payib, ingichkalashadi va ularni boshqa hujayralardan farqlab bo‘lmaydi. 
Jinsiy bezlarning hujayralari bu hujayralar bilan to‘ladi. Ular urug‘donda 
spermatozoid uchun, tuxumdonda tuxum hujayra uchun dastlabki hujayra 
hisoblanadi. 


171 
Sut emizuvchilar embrional taraqqiyotining dastlabki davrida jinsiy organlar 
differensiallashmagan bo‘ladi. Erkak va urg‘ochi embrioning jinsiy organlari bir 
hil joylashgan bo‘ladi. Gonositlar sariqlik xaltasining endoderma qavatida 
joylashgan va u yerdan o‘zining definitiv joyiga migrasiya qiladi. Odam 
embrionida jinsiy bezlar homiladorlikning 3-4- haftasida birlamchi buyrak hosil 
bo‘ladigan hujayralardan paydo bo‘ladi.Agar embrion urug‘don hosil bo‘lish 
tomonga taraqqiy etsa, u holda 7-8 haftalarda urug‘ yo‘llari bilan birgalikda 
urug‘donning mag‘iz qatlami ham hosil bo‘ladi. 10 haftalik embrionda tuxum
hujayra dumg‘aza oldida bo‘ladi va tug‘ish oldidan tuxumdonga migrasiya qiladi. 
Jinsiy bezning tuxumdon tomonga qarab differensiallanishi 14- haftadan keyin 
sodir bo‘ladi. Tuxumdonnning ichki qismidagi mezenxima hujayralari zichlashib, 
u yerdagi gonositlar o‘ladi, ustki qismidagi gonositlar esa folikulyar hujayralar 
bilan o‘ralib folikulalarni hosil qiladi. Bu jarayonlar embrionning 30- haftasidan 
keyin tugallanadi. 
Jinsiy kanallar ham har ikkala jinsda bir hil joylashadi. Myuller kanallari 
embrionning 5-6- haftasida urogenital qavatning epiteliy hujayralaridan hosil 
bo‘ladi. Volf kanallarining pastki qismi embrionning 8- haftasida myuller
kanallari bilan birgalikda urogenal sinusni hosil qiladi. Erkak embrionda myuller 
kanali 1-2- haftada yo‘qolib ketadi. Urg‘ochi embrionda myuller kanalining yuqori 
qismidan tuxum yo‘li, ularning ikkalasining qo‘shilish joyida esa bachadon hosil 
bo‘ladi. 
Ekak embrionlarda tashqi jinsiy organlar shakllanishi 20- haftada tugallanadi, 
urg‘ochi embrionda esa tashqi jinsiy organlar 20-21 haftadan keyin tugaydi. Jinsiy 
shakllanish borishi keng miqyosda yadrodagi xromasomalar va unda joylashgan 
genlar orqali belgilanadi. Ammo embriogenez faqat irsiy omillarga emas, balki 
embrionga ta‘sir etuvchi tashqi muhit omillariga ham bog‘liq bo‘ladi. Gipofiz va 
jinsiy bezlarning gormonlari jinsiy belgilar hosil bo‘lishiga ta‘sir etadi. Shakllanish 
jarayonida ta‘sir etuvchi genlarning buzilishi noto‘g‘ri rivojlanishga olib keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin