Hujayralar differensiasiyasining doimiyligi. H ujayraning determinasiya holati
uning bo‘linishi tufayli doimiy ravishda keyingi avlodlarga o‘tadi. Hujayra
differensiasiya holatining doimiyligi qanday bo‘ladi? Differensiallashgan hujayra
morfologik xolatini saqlab qoladi., o‘z vazifalarini bajaradi. O‘zgargan sharoitda bu
holatlar ham o‘zgaradi. Hujayra differensiasiya holatini yo‘qotadi, ya‘ni
dedifferensiallashadi yoki boshqa halatga o‘tadi. Buni transdifferensiasiya deyiladi.
Dedifferensiasiya. Agar differensiallashgan to‘qimaning bir bo‘lagini
o‘stiradigan moddalarga qo‘yilsa , ular ya ngi sharoitga moslashadi. Moslanish bir
becha bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich differensiasiya davrida hosil
bo‘lgan belgilarni yo‘qotishidir. Masalan, sut bezi birinchi sutkada laktoza sintez
qilishi to‘xtaydi, keyingi 6 sutkada laktoglobulin (sut oqsili) 80%ga kamayadi.
Ikkinchi bosqich yangi sharoitda yangi belgilar hosil bo‘lishidir. Agar sharoit qulay
bo‘lsa, hujayra to‘xtovsiz bo‘linib ko‘payadi. Ko‘pchilik hujayralar differensiasiya
belgilarini yo‘qotip, faqat ko‘payadi. Hujayraning morfologiyasi ham o‘zgaradi.
Agar differensiallashgan hujayralar har xil bo‘lsa, sun‘iy sharoitdagi hujayralar kelib
chiqishidan qatiy nazar, o‘xshash bo‘ladi. Sun‘iy sharoitdagi hujayralar 2 tipda
bo‘ladi: 1)fibrioblastsimon; 2)epiteliysimon. Bunday hujayralar uzoq vaqt
organizmdan tashqarida, faqat ko‘payish xususiyati uchun
saqlangan hujayraga
o‘hshaydi.
Hujayraning differensiallashganligini unung boshqa hujayrani boshqaruvchilik
ta‘siri, ichki muhit ta‘sirida ham saqlab qolishidan bilsa bo‘ladi. Ba‘zan bunday
xususyat doimiy bo‘linadigan hujayralarda kuzatiladi. Muhitni o‘zgartirib, hujayra
diffetrensiasiyasini kuchaytirish mumkin. Agar muhitda (aminokislota , uglevod,
vitaminlar) 20% qoramol qoramol qoni zardobi qo‘shilsa, hujayra intensive
ko‘payadi ammo differensiallashmaydi, zardob qo‘shilmasa, differensiasiya sodir
bo‘ladi.shunday qilib, hujayra differensiasiyasini o‘zgarish dedifferensisiya deyiladi.