189
ham o‘rganildi. Bunday omillarga zamburug‘lardagi xemotaksis qiluvchi modda,
nerv tolasini o‘stiruvchi omil, neyromediatorlar, gormonlar kiradi. Bu omillar tasir
etish mexanizmi bilan farq qiladi. Hujayralar o‘rtasidagi distant alaqani o‘rnatishda
qatnashadigan moddalardan zambrug‘larning miksameba moddasi yahshi
o‘rganilgan.
Bu modda zamburug‘ hujayralari o‘rtasidagi distant aloqani o‘rnatish uchun
qulay aloqa bo‘ladi. Uning rivojlanishi spora etilishi va migrasion hujayra –
miksameba hosil bo‘lishidan boshlanadi. Keyin ular psevdoplazmodiy hosil qiladi.
Meva tana hosil bo‘lgandan keyin undan akrazin yoki 3,5- adenozinmonofosfat
hosil bo‘ladi. Miksameba bu moddani har5-8 minutda ajratib turadi. Bu modda
miksamebalarga mo‘ljal olish uchun yordam beradi. Jinsiy voyaga etgan ko‘p
hujayralilar, ebrion hujayralari va bir hujayralilar ko‘plab past molekulali
fiziologik faol moddalar ishlab chiqiladi. Bu moddalar fiziologik jarayonlarni
boshqaruvchi yoki hujayra membranasi resseptori orqali hujayraga ta‘sir etishi
mumkin. Bunday holatda hujayralar o‘rtasidagi aloqa yordam beradi. Bu moddalar
garmonlarga nisbatan kichik hajmdagi to‘qima va hujayralarga ta‘sir etadi.
Shuning uchun ularni local gormonlar ham deyiladi. Bularga asetilxolin, serotonin,
katixolaminkiradiva ularning neyrogumoral boshqarishdagi ahamiyati kattadir. Bu
moddalarni embrion hujayralari nerv sistemasi paydo bo‘lguncha ko‘plab ishlab
chiqaradi. Ular hujayraning fiziologik- biokimyoviy faolligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: