Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Reyting savollari 
1.
Hujayra differensiasiyasi nima? 
2.
Hujayra differensiasiyasining genetik –molekulyar mexanizmini aytib 
bering. 
3.
Rivojlanish jarayoni uchun 
 
yadroning ahamyatini aniqlashga oid tajribani 
ayting. 
4.
Hujayra differensiasiyasi va gen muammosi nimalardan iborat? 
5.
Hujayra kloni va differensiasiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntring 
6.
Ximer hayvonlar yaratishgaoid tajribalar mohiyatini ayting.
7.
Hujayra differensiasiyasining doimiyligi vadedifferensiasiya deganda 
nimani tushunasiz? 
8.
Malignizasiya nima? 
9.
Hujayralar o‘rtasidagi aloqani ayting. 
10.
Hujayralar o‘rtasidagi kontakt aloqa va uning turlarini ayting. 
11.
Direktiv va bajaruvchi induksiya deganda nimani tushunasiz? 
12.
Hujayralar o‘rtasidagi distant aloqani tushuntiring. 
13.
Gormonlar va ularning turlarini ayting.
14.
Gormonlar ta‘sirining molekulyar mehanizmini tushuntiring. 
15.
Indivudial rivojlanishning gormonal boshqarilishini ayting. 
16.
Gametogenez jzarayonlarining gormonal boshqarilishini ayting. 
17.
Metamorfoz jarayoning gormonal boshqarilishi qanday amalga oshadi? 
18.
O‘sishning gormonal boshqarilishi qanday sodir bo‘ladi? 
19.
Orgonogenez va gistogenez jarayonlarining gormonal boshqarilishini 
tushuntiring. 
20.
To‘qima differensiasiyasining bosqichlarini aytib bering. 
21.
To‘qima va hujayra differensiasiyasi genetik jihatdan qanday nazorat 
qilinadi?


195 
X- BOB. EMBRIONAL MAYDON GIPOTEZASI. FIZIOLOGIK
GRADIENT NAZARIYASI. 
ORGANIZM RIVOJLANISHI UNING BIR BUTUNLIGINING 
O’ZGARISHI 
Rivojlanayotgan organizmning bir butunligi dastlab embrional rivojlanish 
davrida namoyon bo‘ladi . Organizm rivojlanish davrida
o‘zgarib ,yangi bir butun 
holatga 
o‘tadi. 
Embrion 
hujayralari 
inteegrasiya 
mexanizmining 
―qamog‘ida‖bo‘lib, uning rivojlanishi chegaralangan bo‘ladi. Hujayralarning 
biokimyoviy tarkibi, yangi moddalar paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi, shakli va katta 
kichikligining o‘zgarishi, bo‘linsh tezligi va boshqa xususyatlari ana shular bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Bunday holat hamma organizmga hos bo‘lgan xususiyat 
hisoblanadi. Rivojlanayotgan organizm rivojlanayotgan belgilaryig‘indisi yoki 
oqsillar yig‘indisi bo‘llmay, balki diskret birliklar o‘zoro bog‘lanishi qayta 
qurilishining dinamikasi bo‘lib, bu organizm bir butunligi deyiladi. 


196 
Shakl hosil bo‘lishini ayrim hujayralar misolida tushuntirib bo‘lmaydi. 
O.Gertvig (1898) hujayra holati va hujayralarning biologik birlashuvi 
tushunchalarini farqlash lozimligini aytgan edi. Embrionni tashkil etadigan 
hujayralar turli hil bo‘ladi. Shuning uchun embrion geterogen sistema bo‘lib, uning 
har xil qismidagi hujayralar tarkbi, metabolizm intensivligi, bo‘linish tezligi va
differensiallashganligi bilan farq qiladi. Embrional rivojlanishning keyingi 
bosqichida va jinsiy voyaga etgan organizmda hujayralarning birikib to‘qima va 
organlar hosil qilishi integrasiya deyiladi. Integrasiya tushunchasi ma‘lum organni 
yoki organlar sistemasini butun organizm bilan yoki yarim avtonob holatda ishlay 
olishini ifodalaydi. 
Ko‘plab hodisalar hujayralardan yuqori omillar haqida fikr yuritishga olib 
keladi . 
1.
oq planariyani o‘rtasidan bo‘lganda, dum qism uchun bosh qism tiklanadi. 
Demak, jarohatlangan joyga yaqin bo‘lgan to‘qimalar bosh qism hosil bo‘lishida 
ishtirok etadi. Agar oq planariya birinchi tajribaga nisbatan 2-3 mm dumga yaqin 
joyidan bo‘laklarga ajratlsa, qandaydir integrasiya mehanizmlari tasirida shu
to‘qimalar bosh qismining tiklanishiga emas, balkin dum hosil bo‘lishiga 
sarflanadi. Bu hodisalarni faqat molekulyar va hujayra parametrlari orqali 
tushuntirish yetarli emas.
2.
Operasiya yo‘li bilan triton yelka nervining yo‘nalishini orqa oyoq tomonga 
o‘zgartiradi. Bu operasiyadan maqsad, shu yo‘l bilan qo‘shimcha oyoq paydo 
bo‘ladimi? Degan savolga javob berishdir. Agar bu nervni suzgich qanot yoki 
yelka tomonga burilsa, shu organlar shakllanishi mumkin.Quymich nervini ham 
normal holatdan oldingi oyoq tomon yo‘naltirish mumkin. Natijada qo‘shimcha 
oyoq paydo bo‘ladi. Agar bu nerv dum tomonga yo‘naltirilsa, dumga o‘xshash 
o‘simta hosil bo‘ladi. Demak, ma‘lum bir nervga ta‘siri maxsus ta‘sir etish 
maydoniga bog‘liq (92- rasm). 
92-rasm. Organ maydoniga erkin tugaydigan nerv tolasining joyini 
o‘gartirgandan keyingi ta‘siri (E. Gieno, 1927 bo‘yicha). A-nerv tolasini joyini 
o‘zgartirish oyoq hosil bo‘lishiga olib kelish; B-elka nervining joyini 
o‘zgartirish yelka nervining hosil bo‘lishiga olib kelishi; V-nerv tolasini dum 
tomonga olib borish qo‘shimcha dum hosil bo‘lishiga olib kelishi. 
3.
To‘qima hujayralari gaploid xromasomali tritonningh oldingi oyog‘ini 
diploid xromosomali tritonga ko‘chirib o‘tkaziladi. To‘qima umrining oxirida 
uning ma‘lum joyidan qirqib tashlanadi. Bu hujayralar gaploid xromosomali 
bo‘ladi. 1927 yilda R. –Gertvig gaploid xromosomali dumli amfibiya lichinkasi 
oldingi oyoq kurtagining diploid xromosomali lichinkaning oyoqlarini ta‘sir 
maydoniga ko‘chirb o‘tkazdi.Ko‘chirib o‘tkazilgan kurtak yashab ketmasligi va 
degenerasiya ga uchrashi mumkin, ammo tushib ketishdan oldin xo‘jayin 
to‘qimalarini stimullab, qo‘shimch oyoq paydo bo;lishiga olib keladi. Bu oyoqning 
hujayralari diploid xromosomali bo‘ladi. Demak, ontogenetik rivojlanish 
qonunyatlarini o‘rganish molekulyar, hujayra ,to‘qima organ organizm darajasidagi 


197 
har tomonlama tatqiqotlarni talab etadi. Shuning uchun bu muammo bo‘yicha har 
xil yo‘nalishdagitatqiqotlar natijalarining mazmuni bir-biriga zid emas. 
V.A.Engelgardt (1971) ―molekulyar biologiya tirik tabiatga asoslanib, hayot 
hodisalarini o‘rganadi…reduksionizm murakkablikni bilishning yo‘li uni oddiy 
bo‘laklarga bo‘lib, tarkibini va tabiatini ishonchli tadqiqot prinsiplari asosida 
o‘rganishni bildiradi‖, degan edi. 
G.Sele: ‖hujayra hayoti- uning bo‘linmagan moddalarida. Siz bu tirik 
kompleksni qancha ko‘p bo‘laklarga bo‘laversangiz, siz shuncha biologiyadan 
uzoqlashaverasiz, sizga doimiy o‘lik tabiatga xos bo‘lgan fizik qonunlar qoladi‖, 
degan edi. XX –asrning 20- yillarigacha rivojlanayotgan organizmning bir 
butunligi muammosi vitalizmning monopolyasi edi. Bu ilmiy bo‘lmagan filosofiya 
tarafdorlari tirik tabiatning bir bununligini isbotlashga chuqur ilmiy tahlillarga 
asoslanmadilar. Ashaddiy vitalistlardan G.Drish o‘zining indivudial rivojlanish 
nazaryasini yaratdi. U Gertvigning blastomer taqdiri uning vazifasi bilan 
belgilanadi, degavn g‘oyaga vitalistik yo‘nalish berdi. 
G.Drish embrionning hamma hujayralarini ekvipotensial deb hisoblaydi. Uning
fikricha organizmning hamma qismidagi hujayralar bir hil rivojlanish imkoniyatiga 
ega. Vitalizmningeksprimwntal isboti sifatida regenerasiya hodisasi va 
izolyasiyalangan blastodermdan alohida organizm paydo bo‘lishini keltiradi. 
G.Drish 
biologiyaga 
vitalistik 
filosofiyani 
olib 
kirdi. 
Buni 
B.P.Tokin(1933)idialistik 
epigenez 
deb 
ataladi. 

Aristoteldan 
―entelexiya‖tushunchasini qabul qildi. 
Blastomerlar izolyasiyasiga oid tajribalarga asoslanib, Drish organizmlarning 
bir butunligi uning qismlaridabo‘ladi deydi. Yangi bir butun organizm 
rivojlanishini materiya tarkibi bilan isbotlab bo‘lmaydi. Agar, deydi u, avtomobilni 
ikki qismga bo‘linsa , uning har bir bo‘lagidan yangi avtomobil paydo bo‘lmaydi. 
Embrion shunday mashinaki, uning har bir bo‘lagidan yangi avtomobil paydo 
bo‘lmaydi. Embrion shundan mashinaki , uning har bir qismi yangi mashinaga 
aylanishi mumkin. 
Organizm rivojlanishiga oid idealistik qarashlardan yana biri 1931 yilda 
V.Brandt tomonidan yaratilgan. Uning fikricha , ontogenezda asosiy hodisa‖tip‖, 
―shakl‖ hosil bo‘lishidir. Shakl hosil bo‘lishidir. Shakl hosil bo‘lishi 
differensiasiyaga qarama qarshi qo‘yiladi. ―Rivojlanish tipi ―determinasiya 
jarayoni orqali amalga oshadi. Determinasiya differensiasiyaga bog‘liq emas. 
Differensiasiya pasiv hodisa bo‘lib, unga har xil shaklning determinasiyasi orqali 
erishiladi. Shakl ichki intilish tufayli hosil bo‘ladi. Bu vitalistik g‘oyalar ikkita 
mulohazaga asoslanadi: rivojlanayotgan materiallarning passivligi, rivojlanishni 
belgilaydigan tashqi muhit omillari. 
Biologiyada vitalistik g‘oyalar paydo bo‘lishining asosiy sababi tirik 
materiyaning 
bir 
butunligini 
o‘sha 
davrlarda 
mexanik 
ravishda 
tushuntirilganligidadir.ammo 
Drish 
tajribalari 
determinasiya, 
regenerasiya 
muammolarini 
oydinlashtirishga 
katta 
hissa 
qo‘shdi. 
Ba‘zi 
embriologlar(YU.Shaksel)organizm 
bir 
butunligi 
muammosini 
yolg‘on, 
embriologiyaga xos bo‘lmagan muammo deb atadilar. Ammo embrion 
integrasiyasini isbotlaydigan ko‘plab ma‘lumotlar to‘plandi. Embrion integrasiyasi 


198 
va organizm bir butunligi muammosining individual rivojlanish nazaryasi bilan hal 
etilmasligi embrional maydon gipotezasining yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Organizmning har bir qismini alohida o‘rganib , butun organizm rivojlanishi 
haqida xulosa chiqarib bo‘ladimi? 
Rivojlanish jarayonini boshqarishga oid bir necha xildagi ma‘lumotlar 
to‘plangan . ularning eng muhimlari quyidagilar: 
1.butun organzm yoki uning tirik qismlarining rivojlanishi ma‘lum tartib asosida 
boradi. Faqat ayrim hayvonlarning ayrim organlari ma‘kum sondagi hujayralardan 
iborat. Bunday holatlarda ma‘lum nazorat bo‘lishi kerak . 
2. Solishtirma embriologiya ma‘lumotlariga ko‘ra, bir tipga kiradigan , ammo bir 
–biridan uzoq turlar ham rivojlanish davrida ma‘lum o‘xshashliklarni namoyon 
qiladi. Bu ham rivojlanish jarayoning bir butun boshqarilishidir. 
3.organizm bir butunligi va uning boshqarilishining ishonchli dalili embrional 
regulyasiya va u bilan bog‘liq hodisalardir . organizmning bir butun 
boshqarilishi organizmning murakkabligiga bog‘liq .
Ammo keyingi yillarda o‘z –o‘zini hosil qiladigan ko‘plab tirik sistemalar 
aniqlandi. Bu sohani o‘rganadigan mahsus izika –matematika fani sinergetika 
paydo bo‘ldi va biologik sistemalar bir butunligining boshqrilishi o‘rtasida yaqin 
aloqa o‘rnatilmoqda . ayni paytda rivojlanishning bir butunligi ni nazorat qilish va 
boshqarishning quyidagi muammolari o‘rganilmoqda: 
1.
Ch. Chayldning fiziologik gradient gipotezasi va undan kelib chiqadigan 
pozision axborot haqidagi qarashlar.
2.
morfogenetik maydon gipotezasi. 
3.
sinergetik qarashlar asosida paydo bo‘lgan dissipativ struktura modeli. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin