199
Gurvich ―protoplazma ―, ―bir xil bo‘lmagan molekulalar‖ gipotezalarini yaratib,
nazariy biologiyani boyitdi.
Gurvich embrionda shakl hosil bo‘lishi, tirik sistemalarda definitiv topologiya
muammolarini o‘rgandi.
―Maydon ―tushunchasini tadqiqotchilar turlicha tushuntirdilar. Sh. S.Geksli va
G.R.de Ber (1934)maydon deganda ma‘lum omil bir hil ta‘sir etadigan joyni
tushunganlar. Ularning fikricha maydonning hamma qismi bir hil bo‘lib u yagona
sistemadan iborat. Maydon ichidagi kimyoviy moddalarning konsentrasiyasi har
xil bo‘lishi mumkin.
K.Uoddington bo‘yicha , ―maydon‖ tushunchasi ma‘lum sistemasi ning doimiy
bo‘lmagan qismi boshqa sistemaning shunga o‘xsghash qismini zararlaydi.
Ularning bir biriga tengligi maydon effektini bildiradi. Bu magnit maydoning
kuchiga o‘xshaydi.
G.Shpeman ham maydon tushunchasini qo‘llagan. Uning ―tashkiliy maydon ―
tushunchasi Chayldning ―dominant maydon‖tushunchasiga to‘g‘ri keladi. Demak,
Chayld Shpemanning morfologik qarashlarida fiziologik mazmun kiritgan. Chayld
fikricha, tashkiliy maydon embrioning dominandlik qiladigan qismi bo‘lib, boshqa
qismlarning rivojlanishini belgilaydi, fiziologik faolligi bilan ajralib turadi.
Embrion rivojlanishi davrida shaklning o‘zgarishi embrionning omillari va
qonunlari bilan belgilanadi .
Morfogenetik
maydon gipotezasining vazifasi shakl hosil bo‘lishi
qonunyatlarini aniqlashdan iborat.
A.G.Gurvich birinchi bo‘lib shakl hosil bo‘lishining matematik modilini
yaratdi. Gurvich modeli embrion hujayralarining distant vektor aloqasiga
asoslanadi.ba‘zan bu model embrionnnig yangi shaklini oldingi shakliga
asoslangan holda keltirib chiqaradi (93-rasm).
93-rasm. Tovuq embrioni bosh miyasining morfogenezini modellashtirish
(A.G.Gurvich, 1977 bo‘yicha).
Masalan, embrion bosh miyasining bir va uch pufaklik davridan kelib chiqishini
aniqlab beradi. Gurvich bu jarayonni 3 ta vektor chiziq bilan ifodalayhdi.
Ammo hozirgacha ko‘plab rivojlanayotgan organizmlarda hujayralarning
distant aloqasihaqidagi ma‘lumotlar yo‘q.Gurvich gipotezasining muhim xulosasi
shuki, embrionda shakl hosil bo‘lishi uning diterminasiyasi va boshqarilishi tufayli
oldingi shakl keyingi shaklni belgilaydi.
Gurvichning morfogenetik maydon gipotezasi molekulyar darajada ham
qiziqarli ma‘lumotlar beradi.
Dostları ilə paylaş: