201
Har bir markazdanmaydon kuchi bilan aniqlanadigan gradientlar
tarqaladi.amfibiyalarning blastopor labi gastrullaning shunday maydon kuchi
markaziki, bu kuch rivojlanishning keyingi davri qanday bo‘lishini belgilaydi.
N.K.Kolsovning maydon kuchining fizik xususyatlari haqidagi fikrlarining
oldingi gipotezalardan farqi shundaki, maydon kuchi embrionga tashqaridan
kiritilmaydi, hujayraning holatidan kelib chiqadi. Biofizikaning XX asrning 30-
yillaridagi holatidan kelib chiqib, Kolsov maydon kuchini bundan ortiq
oydinlashtira olmadi. Embrion har bir qismining holati uning boshlang‘ich
tarkibiga, umumiy maydon kuchiga va atrofdagi markazlarning ta‘siriga bog;liq.
N.K.Kolsov fikrlari induksiya tushunchasini qo‘llashdaShpeman fikrlaridan farq
qiladi. Embrion rivojlangan sari murakkablashib boradi, differensiallashadi.
N.K.Kolsov ―tashqi muhitning maydon kuchi‖tushunchasini qo‘llaydi.
Chunki bu kuch embrionning ichki maydon kuchiga tasir etadi va o‘troq
maydonlarda o‘sish yo‘nalishini belgilaydi. Demak ,Kolsov o‘zining maydon
kuchi
gipotezasini
yaratishda
embrion
rivojlanishining
fiziko-kimyoviy
xususyatlarini tushuntirishga harakat qiladi.
Endokrinologiya ma‘lumotlariga ko‘ra, rivojlanayotgan embrionning bir- biri
bilan aloqada bo‘lmagan har xil qismlari kimyoviy yo‘l bilan aloqa o‘rnatadi va
biokimyoviy regulyator mexanizm ishga tushadi. XX-asrning 40-yillarida
bezlarning funksional faolligi embrional davrda aniqlandi va ba‘zi embrion
gormonlari embrion rivojlanishining ma‘lum davrida shakl hosil qilish vazifasini
bajarishi oydinlashtirildi.
Qalqonsimon bez gormoni amfibiyalar metamorfozida muhim ahamiyatiga
ega. Jinsiy organlar dastlab hamma embrionlarda bir xil bo‘ladi.embrionlar
dastlabki davrlarda ham urg‘ochilik (myuller), ham erkaklik (volf) kanallariga ega
bo‘ladi.bunday embrionda gonadalarni olib tashlansa volf kanali yo‘qoladi,
myuller kanali saqlanib qoladi. Demak urg‘ochilik jinsiy sistemasi rivojlanishi
uchun jinsiy gormon va tuxumdon kerak emas. Tajribalardan ma‘lum bo‘lishicha ,
erkaklik jinsiy sistemasi rivojlanishi faqat urug‘don jinsiy gormonlari ishtirokida
sodir bo‘ladi va myuller kanali reduksiyalanib, volf kanali differensiallashadi. Bu
jarayon quyonlar embrionida 19-20 –kunlardasodir bo‘ladi. M.S.Miskevich (1947-
1949)fikricha ,agar qalqonsimon bez faoliyat ko‘rsatmasa, qushlarda suyaklanish
kechikadi, patlar hosil bo‘lmaydi.
N.K.Kolsovfikricha ,gormonlar embrion rivojlanish davrida boshqaruvchilik
vazifasini bajaradi.B.veysberg (1958) har xil morfogenetik jarayonlar haqida
yagona fizik tushuncha ―o‘zgaruvchi maydon ―nazariyasini yaratdi.U
miksomisetlarda elektr pptensial o‘zgaruvchanligini o‘rgandi.Veysberg fikricha ,
hujayralar to‘plami maydonlarga bo‘linib ularning o‘rtasida o‘zgaruvchanlik
kamayadi. Bunday hodisalar keyinchalikmorfogenitik jarayonlarga sabab bo‘lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: