215
suyuqligi )muhit paydo bo‘ladi. Gastrulla bosqichida ektoderma va endoderma
hujayralari o‘rtasida biokimyoviy farqlar paydo bo‘ladi. Bu hujayralar tashqi muhit
omillariga har xil javob beradi. Masalan, baqaning gastrulla dav rida endoderma
ektodermaga nisbatan kislotali muhitga ega bo‘ladi. Gastrulyasiya jarayoni uchun
tashqi ichkin muhit turlicha bo‘lishi lozim. Tashqi epitely hujayralarning to‘g‘ri
differensiyasi va o‘sishi uchun ular har ikki yassi tomonidan bir hil bo‘lmagan
suyuqlik bilan o‘rab turilishi lozim, ya‘ni, bir tomondan, ichki muhit suyuqligi
bilan chegaralanadi.
P.P.Ivanov (1939) qon plazmasiga Rana temperariya va Trirutus taeniatus
tuxumini blastula, gastrula, neyrula, bosqichlarining po‘stini olib tashlangan holda
kiritgan. Shunday qilib, ichki va tashaqi muhit farqini buzgan. Qon plazmasi
tarkibi bo‘yicha embrionning ichki muhitiga to‘g‘ri keladi. Natrija agar embrionni
gastrulyasiya bosqichigacha tajriba o'tkazilgan bo'lsa, rivojlanish davom etmaydi.
Agar gastrula bosqichida tajriba o‘tkazilsa, rivojlanish davom etadi va normal
organlar shakllanadi. Baqaning blastula davrida blastomerlari qon plzmasiga
ko‘chirib o‘tkazilsa, ular faol harakatlanadi, shakli amyobga o‘xshab o‘zgaradi,
blastula ichida harakatlanadi, tartibsiz aralashadi. Demak, gastrulyasiya davrida
hujayralar haratati o‘zgaradi.
Agar baqa tuxumini maydalanish yoki blastula davrida qon plazmasiga
o‘tkazilsa, blastomerlar zich to‘planib, blastoselni yo‘qotadi. Qon plazmasi
ektodermal hujayralarning normal joylashuv tartibini o‘zgartiradi, ular
epitelialsimon tartibda, ya‘ni bir tomoni ichki, ikkinchi tomoni tashqi muhitga
tegib turadi. Hujayralar differensiasiyasi va polyarligi mezenximani olib tashlash
tufayli sodir bo‘ladi. Shakl hosil bo‘lishiuchun zarur sharoit yo‘qolad. Shundan
keyin hujayralar polyarligini yo‘qotadi, pigmentlar protoplzmada tarqalib
yo‘qoladi.
Dostları ilə paylaş: