Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Ch. Chayld nazaryasining embriologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Ch. Chayld nazaryasining embriologiya 
Taraqiyoti uchun ahamiyati 
 
Fiziologik faollik darajasida miqdoriy farqlar oositda tashqi muxit omillari 
ta‘sirida paydo bo‘ladi. Bunday farqlar keyinchalik sifat jihatdan farqlarga olib
keladi. 
Gradient nazaryasi bir ko‘rinishida Shpemanning induksiya nazaryasining 
fiziologik tasdig‘I fifatida qabul qilindi. Shpeman qarashlaridagi blastopor lablari 
tashkiliy markaz bo‘lsa, Chayld qarashlarida dominant soha hisoblanadi. Ammo 
embrion ma‘lum qismining fiziologik faolligi induktor ishtyirokisiz paydo bo‘ladi. 
Gradient sistema embrion rivojlanish davrida o‘zgarib, yangi yangi gradient 
sistemalar paydo bo‘ladi.
Chayld nazaryasini indivudial rivojlanishda qo‘llash embriologiyaning 
morfologik yo‘nalishlari uchun progres bo‘ldi. Chayld nazaryasini embriologiyada 
qo‘llash bo‘yicha olib borilgan urunishlar shuni ko‘rsatmoqdaki , embrion 
rivojlanish davrida fiziologik gradient sistema o‘zgarib boradi. Bundan gradient
nazaryasini rivojlantirish kerak emas va bu nazarya indivudial rivojlanishning 
yagona nazaryasi bo‘ladi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu nazaryaningb hali 
ko‘plab munozarali va hal etilmagan tomonlari bor.
Chayldning asosiy mulaxazalaridan biri shuki, har xil omillarning 
zararlovchi ta‘siriniixtisoslashmagan gradient tushunchasi kelajakda ma‘lum 
o‘zgartirishlar kiritishi lozim. O‘lim bilan tugaydigan morfologik o‘zgarishlar 
zararlovchi agent tabiatiga bog‘liq. Bunday ta‘sirlarga, ayniqsa, biologik faol 
moddalar (fitonsidlar, antibiotiklar) kiradi. 
Ayrim tajribalarning natijalari Chayld nazaryasiga mos kelmaydi. 
Jumladan ko‘pchilik embrionda fiziologik gradientni organizm integrasiyasi 
boshlangandan keyin topish mumkin yoki embrionning qismlari farqlanishi sifat 
darajasiga yetgandan keyin fiziologik gradient paydo bo‘ladi. I.I.Verjbiskaya 
(1958) tajribalarida dengiz tipratikani embrionida 8 ta blastomer hosil bo‘lguncha 
gradient paydo bo‘lmagan. 
Chayld nazaryasi, ayrim kamchiliklarga qaramay, ko‘plab fiziologik 
tajribalarga asoslangan umumbiologik ahamiyatga ega bo‘lgan nazariya 
hisoblanadi.
Chayldning dominant soha nazaryasi va Shpemanning tashkiliy markaz 
nazaryasi bir –birini to‘ldiradi. Ammo Chayld bunday taqqoslashga rozi bo‘lmasdi. 
Tashkiliy markaz haqidagi qarashlarni Chayld noto‘g‘ri deb tushunadi va uning 
tasirini embrion murakkablashuvining bir bosqichi, deb biladi. 
Chayld induksiya davrida induksion effekt ta‘surotni qabul qilyotgan 
sistemaning holatiga bog‘liq, degan xulosa tarafdoridir. Normal rivojlanishda 
determinasiya tashkiliy markaziga bog‘liq emas.
Shunday qilib, Chayld nazaryasi embriologiya uchun katta ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Ammo bu nazaryaning genetika bilan bog;liqligi hozirgacha o‘rganilmagan 
.biokimyoviy usullar yordamida gradientni o‘rganishga oid o‘tkazilayotgan 
tajribalarning kamchiliklari kelajakda bartaraf etilishi lozim. 


208 
Organizm integrasiyasining har xil tomonlarini ifodalaydigan bir necha 
maydon nazaryalarini yaratish mumkin va zarur. Jumladan, elektr potensiali 
maydoni, hujayra ishlab chiqaradigan nur energiyasi maydoni, oqsil denaturasiyasi 
maydoni, membrana tarkibi maydoni nazaryalari va boshqalar. Bu maydon 
nazaryalari rivojlanayotgan organizm bir butunligini chuqurroq tushunishga 
yordam beradi .har xil yo‘nalishlar bo‘yicha ishlayotgan embriologlar hujayra
mayqdoniga oid bir qancha fikrlar aytishgan .
Ch.Chayldning fiziologik gradient nazaryasini maydon nazaryasi deb atasa 
ham bo‘ladi. Organizmning egallab turgan joyi maydon , gavda o‘qi esa gradient 
hisoblanadi(P.G.Svetov) .maydon va gradient qiyosiy tushunchalar bo‘lib, har 
ikkalasi ham organizm bir butunligi va uning integrasiyasi bilan bog‘liq 
(I.A.Arshavskiy). 
Chaylqdning maydon nazaryasini rivojlana yotgan organizmning bir 
butunliogining dinamikasi nazaryasi, deb atash ham mumkin.
P.G.Svetlov embriologiyada qo‘zg‘alish ,tormozlanish kabi fiziologik 
tushunchalarni kiritish zarurligini isbotlangan yagona embriolog hisoblanadi. 
Uning fikricha ,rivojlanayotgan organizm qismlari o‘rtasida kimyoviy bog‘liqlik 
bor. Hujayra sekreti boshqa hujayralarga ta‘sir etishi mumkin. Gormonlar shunday 
xususyatga ega. Svetlov fikricha, embrionning bir qismining moddalari boshqa 
qismiga qitiqlagich sifatida ta‘sir etishi mumkin. Bunday ma‘lumotlar 
embriologiyada ko‘plab uchraydi. Jumladan, G.A.Buznikov va T.Gustafsonlarning 
embrionning dastlabki davrida mediatorlarning ta‘sirida oid ma‘lumotlari bunga 
misopl bo‘ladi. Nerv sistemasi bo‘lmagan organizmlarda ta‘sirot hujayradan 
hujayraga o‘tadi. Svetlov maydoni hujayra hayoti va uning o‘zaro ta‘siri bilan 
aniqlanadigan omil hisoblanadi. Uning fikricha, taraqqiyotga oid har qanday 
nazariya 3 ta asosiy prisipga: har qanday bosqichdagi organizmning bir butunligi; 
taraqiyotning tezligi; har qanday morfogenetik jarayonning davrligiga asoslanishi 
lozim.
K.Uoddington (1974) fikricha ,‖….biologlar morfogenetik maydon 
borligini bundan boshqacha tushuntira olmadilar. Chunki maydon hosil bo‘ladigan 
tuzilmaning qiyofasini belgilaydi.maydon so‘zi mavhum bo‘lib ko‘rinadi. Chunki 
unda qandaydir ichki kuch bor. Biologik hodisalarda bu qanday kuch ekanligini 
aniqlash lozim‖. 
Embriologiyada maydon, gradient gipotezalarining paydo bo‘lishi 
embriologik hodisalarni faqat tahlil qilish orqali tushuntirib bo‘lmasligidan dalolat 
beradi. Rivojlanayotgan embrion bir butunligini bilish uchun maxsus usul va taxlil 
zarur bo‘ladi. Ayni paytda embriologiyada paydo bo‘lgan yaqin va uzoq 
masofadan boshqarish mexanizmi (T.Yamada), pozitsion axborot (L.Volpert), 
organ maydoning ikki o‘lchamli modeli (P.French, B.Brayent) shular 
jumlasidandir.
L.Volpert gipotezasi rivojlanayotgan organizmda qandaydir morfogen 
gradient modda bo‘lib, u rivojlanish jarayoniga ta‘sir etishiga asoslanadi. Bu 
jarayonda hujayra maxsus axborotlarga asoslanib ish ko‘radi.
French va brayent gipotezasi hasharotlar va amfibiyalarda imaginal diskning 
regulyasion jarayonlar tahliliga asoslanadi. 


209 
Keyingi yillarda morfogenezga ta‘sir etadigan vektor maydoni gipotezasi 
yaratilmoqda. Bu gipotezaning asosini matematiklarning doimiy va doimiy 
bo‘lmagan tarkibiy qismlariga oid nazaryalari tashkil etadi. 
Morfogenetik jarayonlarning organizmga tarqalishiga oid matematik 
A.Tyuring modeli abstrakt moddalarning fiziko kimyoviy jarayonlarga o‘zaro 
ta‘siriga asoslanadi. Uning taklif etgan modelidan mezodermal somitlar, 
umurtqalar, gavda yuzasi hosil bo‘lishida foydalanish mumkin. 
K.Xakenning (1980)sinergetikaga oid gipotwezasi rivojlanishni matematik 
usul bilan tushuntiradi.
Shunday qilib, har xil dinamik sistemalar topologiyasi, boshqari.lishi 
sohasida matematikaning taraqqiyoti bir qancha embriologik hodisalarni bir 
q1ancha embriologik hodisalarni bir butun holda o‘rganish imkonini bermoqda. 
Har xil maydon nazaryalari tahlili ularning birortasini indivudial 
rivojlanish uchun qabul qilishga bizni ishontira olmadi. Ammo shu narsaga 
ishonish mumkinki, maydon tushunchasi tasodifan qabul qilinmagan .embrion 
haqidagi har qanday tushuncha uning hamma bosqichlarida ma‘lum darajada 
integrallashgan va bir butunligiga asoslanadi. 
Demak, organizmning bir butunligi, haqidagi hozirgi zamon konsepsiyalari 
rivojlanishning ma‘lum tomonlarini ifodalaydi, xolos. Shuning uchun kelajakda bu 
sohadagi to‘liq va har tomonlama ilmiy jihatdan asoslangan yagona nazariya 
yaratilishi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin