Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Organizm rivojlanishida kritik davrlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Organizm rivojlanishida kritik davrlar 
 
Jh ―Kritik davr‖ terminini 1897 yilda botanik P.I.Broun fanga kiritgan va u 
boshoqlilar maysasi, kartoshka ko‘chati va boshqa o‘simliklarning ezuvchanlik 
davrlari haqida fikr uritgan. Uning fikricha, embrional va pstembrional 
rivojlanishda davrlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Bu almashinuv davrida organism 
har xil omillarga chidamli bo‘ladi. 
S.R.Stokkard (1921) hayvonlar organizmi rivojlanishida kritik davrlar bo‘lishini 
aytgan. U ontogenezni bir necha ketma –ket bosqichlardaniborat ,deb tushunadi. 
Kritik davr rivojlanish tezligi bilan belgilanadi. Embrioge4nezning dastlabki 
bosqichida kritik davr ayrim organlar rivojlanishi kuzatiladi. 
Tashqi muhit omillari organizm rivojlanishini tezlashtirishi, sekinlashtirishi yoki 
butunlay to‘xtatishi mumkin. Ba‘zi tadqiqotchilar fikricha, differensiasiya 
jarayoniga olib boruvchi taraqqiyot davri har xiltashqi muhit omillariga sezgir 
bo‘ladi. Tajribalardan ma‘lum bo‘lishicha, umurtqali hayvonlar embrioni har xil 
bosqichlarda turli xil omillarga har xil javob qaytaradi. Embrion rivojlanishining 
ba‘zi davrlari ayrim tashqi muhit omi8llariga bior xil javob beradi. 
V.M.Korovina(1953) ko‘rsatishicha, neyrullasiyaning oxirida kislotali muhitga 
embrionning chidamliligi ortib boradi, o‘t suyuqligiga sezgir boladi. 
Hayvonlarning individual rivojlanishida chidamli va chidamsiz davrlarining 
gallanishi sodir bo‘lmaydi.shuning bilan birgalikda, har xil davrlarda embrionning 
sezgirligi o‘ziga xos bo‘ladi.


219 
Embrional rivojlanish haqidagi R.Goldshmidt (1927, 1932) tasavvurlari ham 
qiziqarlidir. U ontogenezni ―koordinasiyalashgan rivojlanish tezligi sistemasi‖ ,deb 
hisoblaydi. 
P.G.Svetlovning kiritik davr haqidagi gipotezasi diqqatga sazovordir. U
tashqi muhit omillarning embrionga ta‘sirining 3 ta guruhini farqlayd: 1) o‘lim 
yoki patologik ta‘sir etadigan omillar; 2) normal rivojlanuishni o‘zgartiradigan 
,ammo patologik o‘zgarishlar keltirib chiqarmaydigan omillar;3)rivojlanishning 
normal o‘tishiga yordam beradigan omillar. Bu ta‘sirlar (kislorod, ozuqa, harorat 
va boshqalar) ko‘zga tashlanmasa ham, embrion rivojlanishi uchun muhim 
ahamiyatga ega. Svetlov fikricha, organzmda o‘ta swzgir reseptorlar bo‘lib, ular 
impluslarni sezish xususyatiga ega. Minimal dozadagi ta‘sir shakl hosil bo‘lishida 
katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 
Individual rivojlanish davrida embrionning zararlanishi va o‘limi bir hil 
bo‘lmaydi. Tashqi muhit omillariga embrion chdamsizligining kiritik davrlari bor. 
Hujayraning kritik davrlarini sezishi reperativ faollik bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Determinasiya ontogenez davrida ketma ket keladigan qonuniy jarayon 
hisoblanadi. P.G.Svetlov determinasiya deyilganda ketma ket keladigan 
differensiasiya jarayonini tushunadi. Organizm rivojlanishi va uning elementlari 
uncha ko‘p bo‘lmagan davrlardan iborat bo‘lib, ularning har biri determinasiadan 
boshlanadi. Determinasiya differensiasiyadan boshlanadi. Shundan keyin o‘sish va 
differensiasiya sodir bo‘ladi, undan keyin yana kritk davr- determinasiya 
boshlanadi. Shunga ko‘ra, ontogenezning asosiy qonunyatlari qo‘zg‘alish 
fiziologoyasi tushunchasi bilan ifodalanadi. Embrion ma‘lim davrda uning 
atrofidagi omillarga bo‘ysunadi. Shuning uchun embrion bu davrda gormonlar, 
induktorlar, bosim, elektr tokiga chdamsiz bo‘ladi.
P.G.Svetlov nazariyasining yutug‘I shundaki, u determinasiya muammosini 
fiziologik asosda o‘rganadi va o‘z tadqiqotlarini br tomonlama kimyoviy yoki 
genetic usul bilan olib bormaydi. Kritik davrni embribu nazariyaga ko‘ra, 
embrionning muhit omillariga o‘ta sezgir bo‘ladigan davri deb tushunmaslik 
kerak. Bu nazariyaga ko‘ra , embrionning ma‘lum bir davri haroratga sezgir bo‘lsa, 
boshqa davri kimyoviy omillarga sezgir bo‘ladi. Shuning uchun bu nazariya yangi 
ilmiy dalillar bilan boyitishi lozim. 
Morfogenetik jarayonlar reaksiyalar orqali amalga oshishi haqidagi 
muloxazalar ,agar genetika va hujayralarning genotipikbir xillligi haqidagi 
qonunyatlarga asoslansa, ishonarli bo‘ladi. Shunga ko‘ra rivojlanish hujayra 
genomi faolyatining avtonom ravishda kuchayishi bo‘lmay, balki ketma ket 
reaksiya 
xususiyatiga 
ega 
bo‘lgan, 
tashqi 
muhit 
omilari 
bilan 
aniqlanadiganjarayondir. Demak, hujayra elementlari va uning mahsulotlari 
reaksiya jarayonida trashqi muhit omillari tasiri tufayli o‘zaro aloqada bo‘ladi, deb 
tushunmaslik kerak. Rivojlanayotgan organizmning bir butunligi o‘zgarib turadi. 
Doimo organism a‘zolari o‘rtasida yangi integrasiya mehanizmlari sodir bo‘lib 
turadi. Shuning uchunP.G.Svetlov nazariyasidagi kiritik jarayonlar, reaksiya 
jarayonlarini farqlash, tushunish, terminlarni tartibga solishni talab etadi. 
A.P.Diban fikricha, embriogenez jarayonida kiritik davr bo‘lmaydi.I.A.Arshavskiy 


220 
fikricha, organizmlar rivojlanishning har xil davritashqi muhit omillariga o‘ziga 
xos moslanish xususyatga ega. 
Shunday qilib, organism rivojlanishi davrlari haqida yagona fikr hozircha 
yo‘q. ko‘pchilik olimlarning fikricha, organism dastlabki davrlarda tashqi muhit 
omillarini tezroq sezadi, organism rivojlanishi davrida bu sezgirlk ortib boraveradi. 
Ammo evolyusionistlar uchun evolyusion jarayonning akkumulyatori bo‘lgan 
embrionning irsiy o‘zgaruvchanligini keltirib chiqaradigan omllarga osonlik bilan 
javob berishni tushunish, tahlil qilish sabablarini bilish murakkab bo‘lmoqda. 
Hayvonlar embrioni dastlabki davrlarda o‘zgarishlarga beriluvchan bo‘ladi. Ozgina 
o‘zgarishlar ham ko‘plab yangi belgilar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning 
uchun organizmni murakkab va katta sirli narsaga o‘xshatish mumkin.
Proembrional davrda eng sezgir davr oogenez va spermatogenez jarayonlari 
hisoblanadi. Shuning uchun rivojlanishni boshqarish bilan shug;ullanadigan 
embriologlar bu davrni o‘rganishga katta e‘tibor bermoqdalar. 
Embriogenez davrlarining sezgirligi katta amaliy ahamiyatga ega. Jumladan 
rivojlanish davrlarining sezgirligi bemorlarga, ayniqsa ,homilador ayollarga 
preparatlar va kimyoterapevtik mualajalarning miqdorini belgilashda vrachlar katta 
yordam beradi. Bunday bilimlar parazit va zararkunandalarga qarshi kurash 
choralarini belgilashda ham muhim ahamiyatga ega. Embriologlar hayvonlar 
rivojlanishini aniqlashda, belgilashda, shuningdek, rivojlanish jarayonini 
boshqarishda, genetiklar bilan birgalikda seleksiya usullaridan vatashqi muhit 
omillaridan foydalanishlari mumkin. Zamonaviy genetika bo‘yicha, organizmlar 
tarkibi nafaqat genetic konstruksiya, balki tashqi muhit omillari bilan ham 
belgilanadi. Organism fenotipi genotip va tashqi muhit omillarining o‘zaro ta‘siri 
tufayli paydo bo‘ladi. Shuning uchun muhit tushunchasini kengroq tushunish 
kerak. Jumladan, fiziklar va kimyo mutahhasislari bilan birga,likda embrriologlar 
nazariyaga tushmagan kosmik nurlar, biologik, fizik hodisalarning o‘zxaro ta‘sirini 
o‘rganmoqdalar. Kosmik tadqiqotlarning rivojlanishi munosabati bilan gravitasiya 
omillari alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
Embrion rivojlanishi davrida og‘irlik kuchining ta‘siri embriogenezning har 
xil tiplariga turlicha bo‘ladi. Aniqlanishicha, amfibiyalar embrionning dastlabki 
davrida sentrofugalash maydalanish, gastrulyasiya jarayonlarini buzishi mumkin, 
ba‘zan esa egizakli mayiblar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘plab umurtqasiz 
hayvonlar embrional rivojlanishi davrida og‘irlik kuchiga sezgirligi kam bo‘ladi . 
Shunday qilib, tashqi muhit omillarining ta‘siri: 1)rivojlanish jarayonini 
tezlashtirish yoki sekinlashtirishi mumkin (harorat); 2)rivojlanish jarayonida har 
xil anomaliyalarni keltirib chiqaradi(gormonlar).;3)zararlovchi ta‘sirlar tufayli 
rivojlanish ma‘lum bosqichda to‘xtaydi. Mutasiyalar va morfozlar tufayli 
gametalaryoki genetic apparat tarkibi o‘zgaradi. Biotic omillardan gormonlar 
embrional rivojlanish davrida ma‘lum ahamiyatga ega. Tibbiyotb va veterenariya 
amaliyotidan ko‘plab misol keltirish mumkinki, sut emizuvchilar homilasining 
apitik rivojlanishi endokrin bezlar faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, agar ona qonida 
kortikoid gormonlar ko‘p bo‘lsa, embrionning gipotalamo gipofizar sistemasini 
o‘zgartiradi va buyrak usti bezining mag‘iz qismi reduksiyalanadi. Diabet bilan 
kasallangan onadan semirish bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik paydo bo‘ladi. 


221 
Yo‘ldosh orqali homila qoniga kirgan gormon bevosita ta‘sir etishi mumkin.
L.G.Leybson va uning shogirtlarining kuzatishicha, rivojlanayotgan embrion 
metabolizmining gormonal regulyasiyasi shunday bosqichdan boshlanadiki, bu 
bosqich organism bir butunligining ma‘lum qismi hisolanadi. 
Hoirgi ma‘lumotlarga qaraganda, umurtqali hayvonlarning definitive 
holatida 5 ta ‗zaro bog‘langan zveno farqlanadi: 
1)to‘qma 
yoki organlar; 2) endokrin bezlar;3)adenogipofiz; 4) 
gipotalamusning relizing –omil sistemasi; 5)bu omillarni boshqarish sistemasi (104 
-rasm). 
104- rasm. Sut emizuvchilarda definitive gormonal funksiya mexanizmi 
(M.S.Miskevich, 1978 bo‘yicha). 
1-gipotalamusdan tashqari regulyator markazlar; 2-preoptik soha; 3-ventromedual 
yadro; 4- optik xiazma; 5-tuxumdon; 6-urug‘don; 7- buyrak usti bezi; 8-
qalqonsimon bez; 9-bachadon; 10-urug xaltasi; 11-prostata bezi; 12-jigar; 13-
suyak; 14-miya; AKTG-adrenokortikotrop gormon; GRG-gonadotropgormon; 
KRG-kortikotrop gormon; LG- lyutenlovchi gormon; LTG- laktotrob gormon; 
STG- somototropin; TRG-tirotropin- relizng-gormon; TTG-triotrop gormon; FSG-
folikulani stimullovchi gormon; I-toqima yoki organ; II-endokrin bezlar; III-
adenogipofiz; IV-gipotalamus relizing omil sistemasi; V-shu omillarni boshqarish 
sistemasi. 
Bu zvenolar alohida alohida emas, balki birgalikda rivojlanadi. 
Ichki neyrogumoral regulyator sistema gametogenez va embriogenez 
jarayonlarini boshqaradi. Bunday sistema nafaqat umurtqali, balki umurtqasiz 
hayvonlarda ham bor.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin