223
1-tuxum(uvldriq); 2-tashqi jabrali itbaliq; 3- jabrasiz itbaliq; 4-orqa oyoqli
itbaliq; 5- hamma oyoqlari va dumi shakllangan itbaliq; 6-voyaga yetgan baqa.
Lichinka mahsus organlarga ega bo‘lib, bu organlar jinsiy voyaga yetgan
formalarda bo‘lmaydi.P.P.Ivanov lichinkani erkin yashashga yordam beradigan
maxsus organlar hosil qiladigan organism, deb ta‘riflaydi. Shuning uchun
lichinkaning keyingi rivojlanishi davrida jinsiy voyaga yetgan davrdagi progressiv
organlar hosl bo‘lishi bilan burgalikda lichinkalik davridagi organlar reduksiyasi
sodir bo‘ladi. Agar organizmning bunday qayta qurishlari bosqichma bosqich
o‘tsa, uni evolyusion metamorfoz deyiladi. Halqali chuvalchanglar yoki
qisqichbaqasimonlarda shunday bo‘ladi. Agar bu jarayon qisqa vaqtda sodir bo‘lsa,
buni katastrosik metamorfoz deyiladi. Ayrim soda hayvonlar, yassi chuvalchanglar
rivojlanishi shu yo‘l bilan sodir bo‘ladi. Ba‘zan degeneratv jarayonlar progressiv
jarayonlardan ustun turadi va buni nekrobiotik metamorfoz deyiladi. Masalan,
assidiyalar, qisqichbaqasimonlar sakulonlarda rivojlanishning yo‘nalishi shu yo‘
L bilan boradi. Bunda lichinka tuzilishining umumiy degenerasiya va hayvon
harakatida pauza kuzatiladi. Metamorfozning ikkita tip farqlanadi.
A.
Chala o‘zgarish yoki to‘liqsiz o‘zgarish yo‘li bilan rivojlanish-
gemmimetamorfoz (hemimetamorphos). Bunda tuxumdan chiqqan hayvon jinsiy
voyaga yetgan hayvonga o‘xshaydi, lekin, gavdcasining kichiklgi, jinsiy
organlarning to‘liq yetilmaganligi va ba‘zi organlarining yo‘qligi bilan jinsiy
voyaga yetgan hayvonlardan farq qiladi .bundan keyingi rivojlanish davrida
,masalan, hasharotlar butun umri davomida 4-5 martadan 20 martagacha po‘st
tashlaydi. Anashu po‘st tashlash (tullash) tufayli gavda kattalashadi, organlar
shakllanishi nihoyasiga yetadi. Chala o‘zgarish yo‘li bilan rivojlanayotgan
hasharotlar3 ta:tuxum, lichinka yoki nimfa, imago yokijinsiy voyaga yetgan
davrlarni bosib o‘tadi.bularga hasharotlarning kunlilar, ninachilar, suvaraklar,
beshiktervatarlar, to‘g‘ri qanotlilar, teri qanotlilar va boshqa urkumlar kiradi. Chala
o‘zgarish yo‘li bilan rivojlanishning ham 2 ta tipi bor.
1.
Gipomorfoz-Hypomorphosis (grekcha xipo, morfoz- shakl).bunday
yo‘l bilan rivojlanadigan hayvonlar lichinkasi gavdasining kichikligi, ba‘zi
organlarning rivojlanmaganligi bilan jinsiy voyaga yetgan formasidan farq qiladi.
Bu evolyusiya jarayonida qanotlarini yo‘qotgan hasharotlarda taaluqli bo‘lib,
ularga ikkilamchiqanotsizlar, momiqxo‘rlar va bitlar turkuml;arining vakillari
kiradi. Qanotlarining yo‘qligi tufayli lichinkasi va imagosi bir buiriga o‘xshaydi.
Ammo gavdasining hajmi, lichinka mo‘ylov sigmentlarining kamligi ,rangi,
serkiysini tuizilishi bilan voyaga yetgan formalaridan farq qiladi. Lichinkasi vva
imagolarning o‘xshashliklari va bir xil hayot kechirganliggi tufayli yaqwin
vaqtlargacha ularning rivojlanishi to‘g‘ri trivojlanish deb yuritilar edi.
Dostları ilə paylaş: