Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Ninatanlilar metamorfozi 
Ko‘pchilik ninatanlilarda postembrional rivojlanish xivchinli blastula 
davridan boshlanadi. Embrion tuxum qobig‘idan chiqqandan keyin gastrulyasiya 
jarayoni sodir bo‘ladi. Qatlamlanish orqali hosil bo‘lgan birlamchi ichak 
bo‘laklariga bo‘linadi, bu bo‘linish ichakning selomik mezoderma va endoderma 
qismlarigacha yetib boradi. Shuning bilan bir vaqtda blastulaning vegetative 


226 
qutbidan yoki brlamchi ichak devoridan ma‘lum hujayralarning ko‘chishi tufayli 
mezenxima hosil bo‘ladi. Blastopor anal teshigiga aylanadi, uning qarama qarshi 
tomonining qorin qismidan og‘z teshigi hosil bo‘ladi. Ana shundan keyin 
xivchinlar hosil bo‘ladi. Bu lichinka diplevrula deyiladi (107- rasm). 
107-rasm. Asterias vulgaris metamorfozi (E.Mak Brayd, 1914 bo‘yicha). 
A-selom hosil bo‘lishi; B-diplevrula; V,G-uch haftalik biplanariya; 1- mezinxima; 
2- selom paydo bo‘lishi; 3- kiprikli ip; 4-stomodeum; 5- qizilo‘ngach; 6- 
oshqozon; 7-postoral kiprikli ip; 8- preoral kiprikli ip; 9- og‘iz10- selom; 11-orqa 
ichak; 12-anal teshigi. 
Lichinkaning bundan keyingi o‘sishi og‘iz atrofda chuqurchalar
do‘ngliklar, o‘simtalar kiprikli iplar hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Ninatanlilarning har bir sinfi uchun o‘ziga xos lichinkalar hosil bo‘ladi. Dengiz 
yulduzlar rivojlanishi davrida biplanariya ,goloturiya uchun aurikuliariya, dengiz 
tipratikani va ofiuritlar uchun pluteus, dengiz liliyalari uchun bochkasimon 
lichinka xosdir. Ammo ninatanlilarning lichnkasi turli tuman va murakkab 
tuzilganligiga qaramay, ikki tomonlama simmetriyaliligi bilan xarakterlanadi. Toq 
selomik xalta 3 juft selom hosil qiladi va ular ichaklarning yon tomonlarida 
joylashadi. 
O‘ng tomondagi selomlar rivojlanishi orqada qolishi mumkin. Chunki jinsiy 
voyaga yetgan ninatanli paydo bo‘lishi uchun chap tomondagi selomlar katta 
ahamiyatga ega. Jumladan chap tomondagi selomlarning o‘rtadagisidan gidrosel 
xosil bo‘ladi.
Lichinkaning bilaterial segmentli tuzilishidan jinsiy voyaga yetgan hayvonning 
radial simmetriyali tuzlishiga o‘tishi quyidagicha bo‘ladi. Gidrosel qizilo‘ngachni 
o‘rab ba o‘g‘z oldi halqasiga kelib tugaydi. Gidrosel yuzasida 5 ta radial kanallar 
paydo bo‘ladi .kanallarning yo‘llarida ambulakral oyoqlar hosil bo‘ladi. Dengiz 
tipratikanlarida metamorfozning murakkablashishiga sabab barcha shakl hosil
qiluvchi jarayonlar amnion bo‘shlig‘da yig‘ilgan bo‘lib, organlar gidrosel sohasida 
teri qavatining qatlamlanishidan paydo bo‘ladi. 
Shunday qilib, ninatanlilar metamorfozida radial simmetriya gidrosel 
tuzilishiga ta‘sir etadi. Gidrosel organlar hosil bo‘lishida ―tashkilotchi‖ vazifasini 
bajaradi. Dengiz tipratikani rivojlanishida ba‘zan plyteus lichinkasi paydo bo‘ladi. 
Unda selom o‘ng va chap tomonlarida yaxshi rivojlangan bo‘lib, ikkita gidrosel, 
ikkita amnion bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi. Natijada dengiz tipratikanining oral 
qismidagi organlar ikki barobar ko‘p bo‘lib tug‘ma mayib individ paydo bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin