Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Biogenetik qonunning hozirgi holati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
Biogenetik qonunning hozirgi holati.


235 
F.Myuller va E.Gekkelning xizmatlari tufayli biogenetiк qonun tibbiyot 
fanlari taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ontogenez va filogenezning 
o‘zaro nisbatiga shubha yo‘q, ammo bu biogenetiк qonun ham shundayligicha 
qabul qilinadi, degan ma‘noni bildirmaydi.
Ba‘zi embriologlar fikricha, umuman biror tur hayvonning ontogenezi bu 
qonunga bo‘ysunmaydi. Ikkinchi guruh olimlar fikricha, biogenetiк qonun eskirdi, 
shuning uchun ontogenezni va filogenezni umumlashtirivchi yangi qonun 
yaratilishi kerak. Bu haqda ko‘plab tanqidiy fikrlar bildirildi: 
1.Embrion rivojlanishi davrida jinsiy voyaga yetgan ajdodlar belgilarini 
rekapitulyasiya qiladi, degan mulohazalarga qo‘shilib bo‘lmaydi.
2.Organizmlar evolyusiyasi davrida jinsiy hujayralar ham evolyusiyaga 
uchragan. Tuxum hujayra har xil hayvonlarda har xil bo‘ladi, bunda 
rekapitulyasiya sodir bo‘lmaydi.Gekkelning hamma hayvonlar tuxumlari o‘xshash 
bo‘lishi kerak, degan fikri noto‘g‘ridir.
3.Biogenetik qonunning to‘g‘riligini isbotlash uchun embrion varaqlari 
nazariyasidan foydalanib bo‘lmaydi, chunki bu nazariyaning ham ba‘zi joylari 
munozaralaridir.
4.Biogenetik qonun, Seversov isbotlashicha, asosiy qonun emas. Chunki bu 
qonun ontogenezda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning qonuniyatlarini ifodalaydi. 
Ammo filembriogenez nazariyasidan farq qiladi. Jumladan, organlar hosil bo‘lish 
chegaralarini aniqlab bo‘lmaydi.
5.Biogenetik qonunni botanikaga qo‘llanilmaydi.
6.Biogenetik qonun tarafdorlarining ko‘plab fikrlari zamonaviy embriologiya
nuqtai nazaridan juda sodda va asossiz bo'lib chiqdi. Gekkel embrional 
rivojlanishni ontogenezning bir qismi emas, ―filogenezning spravochnigi‖, deb 
tushundi. Xorda qadimgi hayvonlarda jinsiy voyaga yetganda saqlanib qoladi, 
boshqalarida esa reduksiyaga uchraydi. Jabra yoyi, qon tomirlar, nerv plakodlari, 
ichki sekresiya bezlari jabra yoriqlaridan paydo bo‘ladi. Agar jabra nafas olish 
vazifasini yo‘qotsa yoki bajarmasa, u ana shu organlar hosil bo‘lishida ishtirok 
etadi.
7.Biogenetik qonunni paleontologiya, zoologiya ma‘lumotlarini tanqidiy 
baholamasdan qabul qilib bo‘lmaydi. Odam embrioni ma‘lum davrda jun bilan 
qoplanadi, tug‘ilgandan keyin bu jun juda siyrak holda saqlanib qoladi. Bu ham 
ajdodlardan (maymunlardan) meros bo‘lib qolgan belgi hisoblanadi.
Bu ma‘lumotlardan biogenetiк qonun nuqtai nazaridan qanday xulosalar 
chiqarish mumkin? Odam embrioni maymunlarning jinsiy voyaga yetgan davridagi 
gavdaning jun bilan qoplanishini takrorlaydi. Odam tug‘ilgandan keyin bosh, 
qovlarida jun saqlanib qoladi. Bu junlar maymunlarda embrion rivojlanishi davrida 
ham bo‘ladi. Xulosa shuki, odam embrionida maymunlar belgisi, maymunlar 
embrionida odam belgisi takrorlanadi. Aslida bunday emas. Shuning uchun 
biogenetiк qonunni qo‘llashda boshqa ma‘lumotlardan ham foydalanish lozim.
8.Organizmlar evolyusiyasi davrida qon-qarindosh bo‘lmagan formalarda 
o‘xshash belgilar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday paralellizm kelib chiqishi 
ularning yaqinligidan emas, balki bir xil ekologik muhitda yashaganligi tufayli 
paydo bo‘ladi. Bu konvergensiya deyiladi. Masalan, akula (baliq), ixtiozavr 


236 
(repteliya), delfin (sut emizuvchi ) gavdasi bir-biriga o‘xshaydi. Hamma 
organizmlar yagona birlik-hujayralardan tuzilganligi ham konvergensiyadir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin