Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


A.N Seversovning filembriogenez nazariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

A.N Seversovning filembriogenez nazariyasi. 
XIX asr oxiri, XX asr 
boshlarida biogenetiк qonun juda ko‘p tanqidlarga uchradi. Bu qonunni 
rivojlantirishda A.N.Seversov ulkan hissa qo‘shdi. U organlarning ajdodlarida 
jinsiy voyaga etgan organizmlarda rivojlanish yo‘llarini o‘rgandi. Ana shu 
o‘rganish jarayonida Seversov embrional rivojlanishi davrida ajdod belgilariga 
nisbatan o‘zgargan yoki yangi belgilar paydo bo‘lishining yo‘nalishlarini aniqladi 
va bularni filembriogenez qonuni deb atadi. Bu qonunga ko‘ra ontogenezda 
filogenez aynan takrorlanmasdan balki ba‘zi o‘zgarishlar yo‘li bilan takrorlanadi.
Seversov filembrionogenezning quyidagi yo‘llarini aniqladi: 1 Ba‘zi hayvonlarda 
yangi belgilar embrional rivojlanishning dastlabki bosqichida paydo bo‘ladi. 
Filembrionegenezning bu tipi arxallaksis deyiladi.2 Yangi belgilar individual 
rivojlanishning o‘rta bosqichida paydo bo‘lsa, uni deviasiya deyiladi. 3. Agar 
o‘zgarishlar taraqqiyotning oxirgi bosqichida paydo bo‘lsa, bu hodisa anaboliya 
deyiladi. 
Shunday qilib, Seversov bo‘yicha, ontogenezda har xil organlar har xil 
davrda paydo bo‘ladi. Seversov ko‘p hujayralilar ontogenezining kelib chiqishi va 
evolyusiyasi haqida nazariya yaratdi. Bunda rekapitulyasiyaga asoslangan 
anaboliyaga katta ahamiyat berdi. Seversov ko‘p hujayralilar bir hujayralilarning 
koloniya bo‘lib yashaydigan formalaridan kelib chiqqan, degan gipoteza tarafdori 
edi. Jumldan, volvoks koloniyasi 20000 hujayragacha yetishi munkin, shundan 
keyin gistologik differensiasiya boshlandi. Seversov bo‘yicha gidra rivojlanishi 
davrida ebmrionning maydalanish davriga o‘xshash davr sodir bo‘ldi. Shunday 
qilib, gidra ontogenezi yangi davrlar tufayli uzaygan ( 115- rasm). 
Seversov bilaterial simmetriyali hayvonlar ontogenezi evolyusiyasini 
murakkab va ko‘p bosqichli, deb tasavvur etadi. 
115- rasm Gidroidlar ontogenezi ( A. N. Seversov, 1935 bo‘yicha ). 
A-
yetilgan tuxum; B- ona organizmiga oyoqlari bilan yopishgan urug‘langan 
tuxum; V—tuxum hujayra maydalanishining boshlanishi; G- bir qavatli blastula; D 
– embrion ichida entoderma (1) qavati, tashqi tomonda ektoderma (2) va undan 
tashqarida embrion qobig‘i (3) hosil bo‘ladi; ye- embrion qobiqlardan lichinka 
chiqib erkin suzib yuradi; j- lichinka suv tagida o‘rmalab harakatlanadi; Z-
paypaslagichlarining rivojlanishi (4 ); I-yosh gidraning og‘zi va paypaslagichlari 
(5); K-jinsiy voyaga yetgan gidra. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin