Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 Allometrik o’sish
. Organizmning hamma qismining o‘sishi murakkab va 
ma‘lum qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Tur individlarining maxsus shakl 
hosil qiliishi ana shu qonuniyatlariga bog‘liq. Bu allometrik o‘sish orqali amalga 
oshadi.Allometrik osishning biologik ma‘nosi shundan iboratki, organism o‘sish 
davrida geometric emas, balki fizik jihatdan tur individlariga o‘xshashligini saqlab 
qolish lozim, ya‘ni tayanch va harakat organlari gavda massasi va o‘lchami 
o‘rtasidagi nisbatdan ortiq o‘sib ketmasligi lozim. 
Gavda o‘sishi tufrayli massa uchinchi daraja bilan ortadi,suyaklar ikkinchi 
daraja bilan ortadi. Demak, o‘sayotgan organism o‘z og‘irligi bilan bosilib 
qolmasligi uchun suyaklar eniga proporsional bo‘lmagan tez o‘sishi lozim.
Shunday qilib, tur individlarining o‘sishi tabiiy tanlanish jarayonida paydo 
bo‘lgan va genetic jihatdan nasldan-naslga o‘tadigan xususiyati bo‘lib, tur 
individlarining yashab qolishi uchun qulay darajagacha o‘sa oladi. 
O’sish gradientlari. 
Allometrik o‘sish embrionning ko‘p qismi uchun 
doimiy bo‘lsa ham, gavdaning hamma qismi bir xil o‘smaydi. Masalan, 
bo‘g‘imoyoqlilar va umurtqalilar oyoqlari atrifida nisbatan tekis gradient hosil
bo‘ladi. 
Agar krabning o‘rta segmentining o‘sishi o‘rtacha deb olinsa, uning distal 
qismi bu o‘rtachadan ko‘proq, proksimal qismi esa kamroq o‘sadi. Demak, o‘sish 
proksimal-distal yo‘nalish bo‘yicha ortib boradi. Qo‘ylarda oyoq o‘lchami yuqori 
nuqtadan proksimal tomonga teskari gradient hosil qiladi. Bunday gradient ko‘plab 
hayvonlarda uchraydi. 
 
Odamning o’sishi 
Odam organizmining umumiy o‘sishi rivojlanish bosqichiga bog‘liq. 
Maksimal o‘sish tezligi embrion rivojlanishining dastlabki 4 oyida sodir bo‘ladi. 
Chunki bu davrda hujayralar intensive bo‘linib ko‘payadi. Embrion o‘sgan sari 
mitoz soni kamayib boradi. 6 oydan keyin embrionda yangi muskul va nerv 
hujayralari hosil bo‘lmaydi (faqat neyrogliya hosil bo‘ladi). 
Muskul hujayralarining bundan keyingi rivojlanishi davrida hujayra 
yiriklashadi, tarkibi o‘zgaradi, hujayralararo moddalar yo‘qoladi. Bu mexanizm 
ba‘zi to‘qimalarda postnatal o‘sish davrida ham sodir bo‘ladi. Organizm 
ontogenezining postnatal o‘sishi 4 yoshga borganda sekinlashadi, ma‘lum vaqt bir 
tekis o‘sish kuzatiladi. Jinsiy voyaga yetish davrida (pubertat davrda) osish 
tezlashadi, ya‘ni sakrash kuzatiladi. Bunday o‘sish gormomlar ta‘sirida sodir 
bo‘ladi (119-rasm). 
119-rasm. Odam rivojlanishining ikkita homila va beshta postnatal davri. Rasmda 
gavda proporsiyasini taqqoslash uchun bir xil bo‘y uzunligi tanlangan (B.Karlson, 
1983 bo‘yicha). 


249 
Ko‘pchilik suyaklar va muskullar o‘sishi butun organizm o‘sishiga to‘g‘ri 
keladi. 120-rasmda gavdaning umumiy o‘sishi va organlar o‘sishi (III), tashqi va 
ichki jinsiy organlar o‘sishi (IY), bosh miya, ko‘z, quloq o‘sishi (II), limfatik 
to‘qima, ichaklar va uning chuvalchangsimon o‘simtasi va taloq o‘sishi (I) 
ko‘rsatilgan.
Homila va postnatal davrlarda bosh qism o‘sishi oyoq o‘sishiga nisbatan 
sekinlashadi. 
120-rasm. Ba‘zi organlarning va to‘qimalarning o‘sishi umumiy o‘sishga nisbatan 
ko‘rsatilgan (V.N.Yarigin va boshqalar, 1999 bo‘yicha). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin