256
48-51
18
Oyoqlar uzunlashadi,
barmoqlar
ajraladi,
anal
va
siydik
membranasi yo‘qoladi
82-53
Jinsiy
organlar
differensiallashadi
54-56
30
Hamma ichki va tashqi
organlar hosil bo‘ladi
Fetal
Dastlabki
57
64-66
Yuzi
odamga
o‘xshaydi
68
Tashqi jinsiy organlar
oxirigacha
taraqqiy
etmagan bo‘ladi
70
61
84
Jins aniq bo‘ladi
Oxirgi
29-40
Hamma
organlar
o‘sishi
va
differensiasiyasi
Intranatal
Neonatal
dastlabki
1-7
Tug‘ilish
Oxirgi
8-28
iqlim sharoitiga ko‘chirib o‘tkazilsa, tuxum ona organizmida
saqlanib qoladi va
tuxum yo‘llarida rivojlana boshlaydi. Bu hodisaga tuxumli tirik tug‘ish detiladi.
Bu hayvonlarning hosil qiladigan tuxumlar soni tuxumni tashqariga
qo‘yadigan hayvonlar tuxumi soniga nisbatan kamroq bo‘ladi. Ola salamandra
mo‘tadil iqlimli tekislikda yashaydi va ularning lichinkasi tuxumning ichida, ona
organizmida rivojlanadi va 14-72 ta tirik lichinka tug‘adi. Qora salamandra Alp va
Karpat tog‘larida, dengiz sathidan 600-3000 metr balandlikda,
sovuq iqlim
sharoitida yashaydi. Shuning uchun ular lichinkasi ona shakliga yetguncha tuxum
yo‘llarida rivojlanadi va faqat 2 ta tirik bola tug‘adi. Olimlar ona salamandrani
toqqa, qora salamandrani tekislikka o‘tkazib qo‘yganda ola salamandra tirik tug‘a
boshlagan, qora salamandra esa tirik lichinka tug‘a boshlagan. Demak, individual
rivojlanishda, jumladan, embrional rivojlanish uchun hayvon yashayotgan
muhitning omillari muhim ahamiyatga ega.
Postembrional, ya‘ni tug‘ilgandan keyin tabiiy o‘limgacha bo‘lgan
ontogenez davri ham 5 ta davrga bo‘linadi. Bu davrlar odam ontogenezi misolida
quyidagicha bo‘ladi. Bola tug‘ilgandan 1 yoshgacha moslashuv, ya‘ni chaqaloqlik
davrini boshidan kechiradi. Bolalik davri 1 yoshdan 15
yoshgacha, o‘smirlik davri
15 yoshdan 30 yoshgacha, yetuklik davri 30 yoshdan 60 yoshgacha va qarilik davri
60 yoshdan keyingi umri hisoblanadi. Ontogenezni bunday davrlarga bo‘lish
257
organizmning fiziologik holatlari o‘zgarishlariga asoslanadi.
Odam ontogenezini
davrlarga bo‘lishda bosh miya, suyaklar va boshqa organlarning o‘sishi,
o‘zgarishlari asos qilib olinadi. Masalan, o‘pka, bronxlar, o‘pka alveolalarining
shakllanishi 7 yoshgacha davom etadi.
Taloq 10 yoshgacha, oshqozon osti bezi 11 yoshgacha, limfatik bezlar 12
yoshgacha, jinsiy bezlar 16-18 yoshgacha rivojlanadi, ya‘ni o‘sadi, takomillashadi,
normal faoliyat ko‘rsata oladigan holatga keladi. Bosh miya 30 yoshgacha o‘sadi
va rivojlanadi.
1965 yilda Moskvadagi Yoshlar fiziologiyasi va jismoniy tarbiya ilmiy-
tadqiqot institutida yosh davrlariga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazilib,
unda barcha o‘quv, davolash, ilmiy muassasalarida
quyidagi yosh davrlari
sxemasidan foydalanish tavsiya etilgan:
1.Yangi tug‘ilgan davr 1-10 kun
2.Emizikli davr 10 kundan-1 yoshgacha
3.Go‘daklik davri 1-3 yosh
4.Birinchi bolalik davri 4-7 yosh
5.Ikkinchi bolalik davri
(o‘g‘il bolalar) 8-12 yosh
6.Ikkinchi bolalik davri
(qiz bolalar) 8-11 yosh
7.O‘smirlik davri
(o‘g‘il bolalar) 13-16 yosh
8.O‘smirlik davri
(qiz bolalar) 12-15 yosh
9.Navqironlik davri
(qiz bolalar) 16-20 yosh
10.Navqironlik davri
o‘g‘il bolalar 17-21 yosh
11.Yetuklik I davri (erkaklar) 22-35 yosh
12.Yetuklik I davri (ayollar) 21-35 yosh
13.Yetuklik (to‘lishgan yosh)
II davri (erkaklar) 36-60 yosh
14.Yetuklik (to‘lishgan yosh )
II davri (ayollar) 35-55 yosh
15.Keksalik yoshi (erkaklar) 61-74 yosh
16.Keksalik yoshi (ayollar) 56-74 yosh
17.Qarilik yoshi
(ayollar va erkaklar) 75-90 yosh
18.Uzoq umr ko‘ruvchilar 90 yosh va undan ortiq.
Dostları ilə paylaş: