Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

 
O’sishning klassifikasiyasi 
O‘sish hujayra, to‘qima, organ va organism darajasida sodir bo‘ladi.
Hujayraning o‘sish turlari. Hujayra o‘sishining ikki turi farqlanadi: 
Auksentik o‘sishda hujayra o‘lchami ortadi. Hujayra o‘sishining kam 
uchraydigan bu turi boshi aylangichlilar, yumaloq chuvalchanglar, hasharotlar 
lichinkasida uchrayydi. Ular hujayralarining soni doimiy bo‘lib, gavdaning o‘sishi 
hujayralar o‘lchamining kattalashuvi hisiobida amalga oshadi. Hujayra 
o‘lchamining kattalashuvi esa sintez jarayonlari bilan bog‘liq.
Hujayralarning mitoz bo‘linishi o‘simliklar va hayvonlarda doimiy jarayon 
bo‘lib,buning natijasida organism va hujayraning o‘sishi sodir bo‘ladi. 
Nematodlarda va boshiaylangichlilarda hujayralarning ko‘payishi rivojlanishning
dastlabki davrlarida to‘xtaydi va organizmni tashkil etadigan hujayralar aniq sonda 
bo‘ladi. O‘sish esa mavjud hujayralar kattalashuvi hisobidan amalga oshadi. 
Masalan, boshiaylangichli Nydatina senta terisi 301 sistemasi 247, ayiruv organlari 
24, gavdasi hammasi bo‘lib 959 hujayradan tashkil topgan. 
Demak, hujayralar o‘sish davrida differensiallanmagan holatdan 
differensiallashgan holatga o‘tadi.
Proliferasion o‘sish hujayralarning bo‘linib ko‘payishi tufayli sonining 
ortishi natijasida sodir bo‘ladi. Proliferasion o‘sishning ham ikki turi bor.
Multiplikativ o‘sishda ona hujayradan hosil bo‘lgan har ikkala hujayra yana 
bo‘linib ko‘payadi (118-rasm). 
118-rasm. Proliferasion o‘sish shakllari (V.N.Yarigin va boshqalar, 1999 
bo‘yicha). 
A-multiplikativ o‘sish; B-akkresion o‘sish. 
Hujayralar soni geometric progressiya bilan o‘sib boraveradi. Hujayralar 
soni N, bo‘linish soni n bo‘lsa, unda:Nn=2

(1) formula hosil bo‘ladi. Masalan, 
bitta hujayradan hosil bo‘lgan hujayralar 5 marta bo‘linishdan keyin nechta hujayra 
hosil qilinishi hisoblash quyidagicha bo‘ladi: Nn=2
n
=2
5
=2x2x2x2x2=32. 
Demak, 5 marta bo‘linishdan keyin 32 ta hujayra hosil bo‘ladi. 


246 
Multiplikativ o‘sish juda effektiv bo‘lib, sof holda deyarli uchramaydi yoki 
tez tugaydi. Masalan, bunday o‘sish embrional rivojlanishning dastlabki davrida 
sodir bo‘lib, embrion rivojlanishning oxirgi davrlarida tugaydi. Shuning uchun 
bunday o‘sish davrida rivojlanayotgan organism massasi tez ortadi. Buni quyidagi 
misolda ham ko‘rish mumkin. Agar hosil bo‘layotgan hujayralar nobud bo‘lmasa, 
hamma hujayralar bir xil tezlikda bo‘linsa, ularning o‘lchami va hajmi bir xil 
bo‘lsa, massasi 10
-9
g bo‘lgan zigota va undan hosil bo‘lgan hujayralar 42 marta 
bo‘linishidan keyin og‘irligi 100 kg keladigan organism paydo bo‘ladi. 
Og‘irligi 3-4 kg keladigan yangi tug‘ilgan bola jinsiy voyaga yetgan 
organizmga aylanishi uchun 4-5 marta bo‘linishi yetarli bo‘ladi. Ammo tabiatda 
bunday bo‘lmaydi, hujayralar o‘limi, bo‘linishning notekisligi tufayli hayotda 
bunday natijalar olib bo‘lmaydi. 
Umurtqali hayvonlarda hujayralar poliploidizasiyasi o‘sish jarayoniga ta‘sir 
etmaydi. Poliploidiya ba‘zi organlarda (jigarda) uchraydi, xolos. 
Akkresion o‘sishda hujayraning har xil bo‘linishidan keyin hosil bo‘lgan 
hujayralarning biri bo‘linib ko‘payadi, ikkinchisi ko‘paymaydi. Bunda hujayralar 
soni arifmetik yo‘l bilan ko‘payadi va n-bo‘linish soni bo‘lsa, unda: Nn=2n (2) 
formula hosil bo‘ladi. Masalan, 5 marta bo‘linishdan keyin nechta hujayra hosil 
bo‘linishini hisoblash quyidagicha bo‘ladi: Nn=2n=2x5=10. Demak, 5 marta 
bo‘linishdan keyin 10 ta hujayra hosil bo‘ladi. Hujayralar o‘sishining bu turi 
organism kambial va differensial zonalarga bo‘linishi bilan bog‘liq. Hujayralar 
kambial zonadan differensial zonaga o‘tadi va zonalar o‘rtasidagi o‘lchamni 
saqlaydi. Bunday o‘sish hujayralar almashinuvi sodir bo‘ladigan organlarga xosdir. 
Ko‘plab organizmlar embrional va postembrional rivojlanishining dastlabki 
davrlarida multiplikativ o‘sish sodir bo‘ladi.
Akkresion o‘sish eritroid, ichaklarning shilliq qavati, nafas olish yo‘llari va 
boshqa organlar hujayralarida uchraydi. Bunda hujayra ko‘payish zonasidan yetilib 
chiqib ma‘lum darajada differensiallashadi va o‘ladi, keyin yo‘qolib ketadi. 
Shuningdek, hujayralar ko‘payish zonasidan yetilib, o‘ladi va tish, chig‘anoq, shox 
va boshqa ko‘rinishda saqlanib qoladi. 
Ayni paytda o‘sish hodisasini ko‘proq matematik usulda tushuntirish 
qulayroq bo‘lib qolmoqda. Chunki o‘sish ontogenez jarayonida bir xil va deyarli 
doimiy davom etadigan jarayon hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, bu sohadagi 
tadqiqotlardan ma‘lum bo‘ldiki, o‘sishni matematik usul bilan ham aniq ta‘riflab 
bo‘lmaydi. O‘sishni ifodalovchi ko‘plab matematik modellar tasviriy xarakterda 
bo‘lib, nazariy umumlashmalar kam uchraydi. 
Keyingi yillarda organizmni tashkil etadigan organlarning o‘sishi, organlar 
ichidagi o‘sish muammolari o‘rganilmoqda. 
Organizmning o‘sish turlari.Buutun organism massasining ortishi uni 
tashkil etadigan hujayra, to‘qima va organlar o‘sishi hisobidan amalga oshadi. 
Organizm darajasida o‘sishning ikkita tipi bor: 
1.Cheklanmagan o‘sish. Bunday o‘sish zigotadan tabiiy o‘limgacha davom 
etadi.O‘sishning 
bu 
turi 
determinasiyalashmagan 
o‘sish 
ham 
deyiladi.Cheklanmagan o‘sish baliqlarda uchraydi. Ularning tangachalari doimiy 


247 
o‘sganligi uchun har yili halqalar hosil bo‘ladi.Ana shu halqalar soniga qarab 
ularning yoshini aniqlash mumkin. 
2.Cheklangan o‘sishda organism shu tur va jinsga xos bo‘lgan o‘lchamgacha 
o‘sadi. Shundan keyin o‘sish to‘xtaydi.Bunday o‘sish determinasiyalashgan o‘sish 
ham deyiladi va sudralib yuruvchilar, qushlar hamda sut emizuvchilarda sodir 
bo‘ladi. Qopchiqli hayvonlarda rivojlanish paytida dastlab og‘iz va qo‘l intensive 
o‘sadi, shakllanadi, boshqa organlar esa sekin o‘sadi. Buning sababi ularning 
embrioni dastlab bachadonda qisqa vaqt rivojlanib, keyin qopchiqda o‘sishga va 
emishga kirishishidir. Qo‘shoyoq va qumsichqon cho‘l va qumlarda murakkab 
sharoitda yashashga moslashgan. Qumsichqon asosan koloniya bo‘lib yashaydi va 
ovqat izlab inidan uzoqlarga ketmaydi. Qo‘shoyoq esa yakka-yakka bo‘lib 
yashaydi va ovqat izlab inidan uzoqlarga ketadi. Har ikkala tur ham iinda 
yashaganligi uchun yaxshi rivojlanmagan bola tug‘adilar va embrion rivojlanishi 
24 kun davom etadi. Ularda qo‘llar bir davrda, oyoq esa keyinroq paydo bo‘ladi va 
tez o‘sadi. Oyoqning qo‘ldan uzunroq bo‘lishi qo‘shoyoqda embriondan oldingi 
davrga to‘g‘ri kelsa, qumsichqonda embrion davrga to‘g‘ri keladi. Tug‘ilish 
paytida qo‘shoyoqning qo‘li va oyog‘ining uzunligining nisbati 9:16,5 mm, 
qumsichqonniki 13:14 mm, jinsiy voyaga yetganda esa qo‘shoyoqda 55:180 mm, 
qumsichqonda 100:110 mm.O‘sishning ham chegarasi bor. O‘sish ma‘lum 
darajaga yetgandan keyin sekinlashadi va to‘xtaydi. Organizmning ba‘zi 
organlarida hujayraning o‘sishi va ko‘payishi davom etadi. Ammo hujayralarning 
o‘lishi va almashinishi sodir bo‘lib turishi tufayli organizmning o‘sishi sodir 
bo‘lmaydi. 
Ko‘p hujayrali organizmlarning hamma organlari bir tekisda o‘smaydi. 
O‘simliklarda ildiz va poyaning o‘sishi o‘sish zonasiga bog‘liq. Nerv hujayralari 
ko‘payish xususiyatini yo‘qotgan, lekin jarohatlangan nerv to‘qimasi tiklanish 
xususiyatiga 
ega. 
Demak, 
organizmning 
o‘sish 
tezligi 
uning 
differensiallashganligiga bog‘liq. Yuqorin darajada differensiallashgan hujayralar 
va to‘qimalar sekin o‘sadi, lekin teri, ichak, oshqozon epiteliy hujayralari tez 
o‘sadi va umr bo‘yi ko‘payadi. O‘sish ham hujayra differensiasiyasi va 
determinasiyasi bilan bog‘liq, ammo uning mexanizmi hozirgacha to‘liq 
o‘rganilmagan. 
Ko‘p hujayrali hayvonlarning o‘sishini o‘rganishda ayrim hollarda 
hujayralar soni hisobga olinadi. Chunki bunday hujayralarda o‘rtacha og‘irlik 
hisobga olinadi. Shuning uchun birinchi formuladan amaliy jihatdan foydalanib 
bo‘lmaydi. O‘sish tezligi massa bilan to‘g‘ri proporsional bo‘lganligi uchun to‘g‘ri 
xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Ko‘plab organizmlarning taraqqiyoti davrida multiplikasion o‘sish pasayib 
boradi. O‘sish nazariyasi bilan shug‘ullanadigan tadqiqotchilarning asosiy maqsadi 
ham o‘sishning pasayish sabablarini aniqlashdan iborat. Bunda ikkita yo‘lanish 
bo‘lib, ular bir-birini inkor etmaydi: 
1.O‘sish o‘z-o‘zini boshqaruvchi jarayon sifatida. Bu asosan nazariy 
yo‘nalish bo‘lib, o‘sish tezligining darajasi o‘lcham yoki vaqt bilan belgilanadi. 
2.O‘sishni boshqaradigan ingibitor va stimulyatorlarni izlashga oid 
tajribalar. Bunda o‘sish tashqaridan boshqariladigan jarayon sifatida qaraladi. 


248 
Birinchi yo‘nalish ko‘plab matematik modellarda foydalangan bo‘lsa, ikkinchisi 
o‘sishga biologik mazmun kiritishni tavsiya etadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin