239
Shunday qilib, butun hayvonot dunyosini qamrab olgan metameriya
nazariyasi shakllandi.Albatta, bu nazariyaning ayrim tomonlari, ayniqsa, umurtqali
hayvonlarga taalluqli qismlari ancha munozaralidir.
Embriologlar uchun ontogeniya va filogeniya nisbati muammosidan kelib
chiqqan holda, birlamchi geteronomiya hodisasi hamma metamer umurtqasiz va
umurtqali hayvonlarda evolyusiya jarayonida, ma‘lum tartib asosida paydo
bo‘lganmi yoki birlamchi va ikkilamchi og‘izlilarda metameriya bir-biridan
mustasno paydo bo‘lganmi? degan savol tug‘iladi.
P.G.Svetlov fikricha, bu hodisa morfogenetik parallelizmga yaqqol misol
bo‘ladi. Agar bu fikr to‘g‘ri bo‘lsa, larval segmentlar va birlamchi geteronomiya
hodisasi birlamchi va ikkilamchi og‘izlilarning har bir tipi doirasida alohida-
alohida rekapitulyasiya sodir bo‘lishiga olib keladi.
Ivanov-Svetlovning gavdaning birlamchi va ikkilamchi metameriyasi
nazariyasi V.A.Dogelning (1954) gomologik organlar oligomerizasiyasi nazariyasi
bilan bog‘liq. Bu ikki nazariya o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash metameriya
hodisasiga yangi evolyusion qarashlarni kirgizishni talab etadi. Ba‘zi zoologlar
gavdasi birlamchi segmentlashmagan hayvonlar mahsuldorligi oshganligi
munosabati bilan ularni metamerlarga ajratishni taklif etmoqdalar. Shu munosabat
bilan ba‘zi hayvonlarda gonadalar takrorlanishi paydo bo‘lgan. Bu holat
evolyusion jihatdan birlamchi hodisa bo‘lishi ham mumkin.
117-rasm. Kam tuklilarda larval va postlarval mezodermaning joylashuvi
(P.P.Ivanov, 1945 bo‘yicha).
1-og‘iz; 2-larval somitlar; 3-postlarval somitlar; 4-ichak.
Dostları ilə paylaş: