Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Rekapitulyasiya. 
E. Gekkel tomonidan dastlabki qadimgi gipotetik 
hayvonlar-blasteya va mareya (blastula va marulaga to‘g‘ri keladigan) haqida 
tasavvurlar hosil qilindi. Blasteya hozirgi kolonial (volvox) formalarga taqqoslab 
o‘rganiladi. Gastreya davrini kovakichlilarga taqqoslab, unda ektoderma va 
entoderma qavatlar borligini aniqladi. Biogenetik qonunga ko‘ra bu hayvonlar 
ontogenezi davrida voyaga yetgan ajdodlarining belgilarini rekapitulyasiya qiladi.
Rekapitulyasiya lotincha recapitulasio-aytilganning qisqa takrorlanishi 
degan ma‘noni bildiradi. Morfologlar XIX asrda ko‘plab rekapitulyasiyalarni 
aniqladilar.
1.Hamma ko‘p hujayralilar urug‘langan tuxum hujayradan rivojlanadi.
2.Ko‘pchilik hayvonlarning embrional rivojlanishi davrida embrion varaqlari 
hosil bo‘ladi.
3.Hamma umurtqalilarda xorda hosil bo‘ladi.
4.Qushlar, sut emizuvchilar va odam embrionining rivojlanishi davrida 
jabra yoriqlari hosil bo‘ladi, yuragi baliqlar yuragiga o‘xshaydi, ayiruv organlari 
pronefros tipida bo‘ladi. Embrionning keyingi rivojlanishi davrida bu organlar 
o‘zgarib, mazkur sinfga xos belgilar paydo bo‘ladi. 
5.Palma o‘g‘risining rivojlanishi biogenetiк qonunning isboti hisoblanadi. 
Uni qaroqchi krab yoki kokos krabi ham deyiladi. Bu hayvon quruqlikda yashab, 
kokos yong‘og‘i bilan oziqlanadi. O‘pka bilan nafas oladi, agar 4-5 soat suvga 
solib qo‘yilsa, o‘ladi. Tuxumini bir-biriga tizib qo‘yadi, tuxumdan chiqqan 


234 
plankton lichinkasi zoea deyiladi. Jabra yoriqlari yo‘qolmaydi, ammo nafas olishda 
qatnashmaydi. Biogenetik qonun tarafdorlari palma o‘g‘risini ontogenezda
filoginez takrorlanishiga yaqqol misol, deb qaraydilar.
6.Amfibiyalar individual rivojlanishi ham rekapitulyasiya hisoblanadi. Baqa 
lichinkasining dumi, jabra yoriqlari baliqlardan meros bo‘lib qolgan.
7.Rivojlanish davrida to‘qima va organlarda ajdod belgilari paydo bo‘lishi 
mumkin. Bu gistogenetik rekapitulyasiya deb ataladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin