O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yo’nalishi
203-gurux talabasi Hamroqulov Husanning
“Xorazm geogrrafiyasi” fanidan
13-AMALIY MASHG’ULOTI Mavzu: Xorazm viloyati qishloq xo’jaligi jadvalini tuzish
Reja :
Hududlar kesimida chorva mollari va parrandalar soni
Hududlar kesimida asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish
Mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishga e’tibor yildan yilga oshib bormoqda. 2017 yilda bu sohani rivojlantirish bo’yicha alohida mintaqa va hududlarning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqan holda, alohida turizmni rivojlantirish bo’yicha dasturlar ishlab chiqilmoqda. Hususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 maydagi «2017–2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shaxrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to’g’rida» gi PQ-2953-sonli qarori bunda yaqqol misol bo’ladi. Bunda mintaqa turizm salohiyatini oshirish va uni xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi oshirishga alohida e’tibor qaratilgan Xorazm viloyatida turizm sohasi respublikada eng rivojlangan viloyatlardan biridir. Ushbu viloyatda turizmni rivojlanishi o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, sohani yanada rivojlantirish uchun etarlicha imkoniyat va salohiyatlarga ega. Viloyatda 255 madaniy meros ob’ektlari davlat ro‘yxatiga olingan bo‘lib, shundan 18 tasi arxeologiya, 133 tasi arxitektura, 66 tasi haykaltaroshlik yodgorliklari, 32 tasi muqaddas qadamjolardir.
Ulardan 53 ta madaniy meros ob’ektlari Xiva «Ichan-Kal’a» Davlat muzey qo‘riqxonasi hududida joylashgan. Qolgan ob’ektlar viloyatning turli tumanlarida joylashgan. Bu esa viloyatda turizmni rivojlantirish potensiali, uning imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, hozirgi kunda viloyatda joylashgan ayrim turistik ob’ektlar ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Ba’zi ob’ektlar turistik yo‘nalishlar dasturiga kiritilmagan. Ta’mirtalab ahvoldagi ob’ektlarni ta’mirdan chiqarib, turistik yo‘nalishlar dasturiga kiritilsa viloyatga turistlar oqimni ko‘paytirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu bilan qo‘shimcha valyuta tushimiga erishiladi, mahalliy aholi vakillarining ish bilan ta’minlanish imkoniyati yuzaga keladi.
Hozirgi kunda viloyatni tarixiy-madaniy merosi asosan BMT ning YUNESCO moddiy meroslarni asrash ro’yhatiga kiritilgan bo’lib, Xiva shahrining asosiy obyektlari ulardan joy olgan.
2012–2016 yillar davomida Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar soni
2012 yilga nisbatan viloyatimizda sayyohlik tashkilotlari soni 36 tadan 72 taga, shundan mehmonhonalar soni 26 tadan 52 taga, turoperator va turagentlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni 10 tadan 20 taga etdi. Xususan, 2016 yilning o‘zida 10 ta mehmonxona va 3 ta turoperatorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sayyohlik tashkilotlari ish boshlashdi. Bugungi kunda chet el investitsiyasini jalb qilgan holda tashkil etilgan 5 ta mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Mehmonxonalardagi o‘rinlar soni 1477 tadan 2300 taga etdi. Viloyatda turizm sohasidagi o‘zgarishlar hamda yangi ish o‘rinlarining yaratilishi natijasida bugungi kunda jami sayyohlik tashkilotlarida 450 nafardan ortiq xodimlar mexnat qilib kelmoqd. Xorazm viloyatida turizm sohasi respublikada eng rivojlangan viloyatlardan biridir. Ushbu viloyatda turizmni rivojlanishi o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, sohani yanada rivojlantirish uchun etarlicha imkoniyat va salohiyatlarga ega. Mintaqada turizm industriyasining raqobatbardoshligini bevosita baholash uchun biz Xorazm viloyatiga tashrif buyurgan sayyohlar tashrifi statistikasiga bevosita to’xtalib o’tamiz. Bu 2017 yil 1 yanvar holatiga ko’ra jami xorijiy sayyohlar soni 46 600 kishini tashkil qiladi. Bu ko’rsatgich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizda ortganligi kuzatiladi. Viloyatda turizmni rivojlantirish dasturiga asosan 2013–2015 yillarda jami 214,3 mlrd. so‘mlik 200 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bugungi kungacha 108 ta loyiha to‘liq bajarilib, 49,3 mln. dollarga teng investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi, 36,5 mln. dollarlik 46 ta loyihada ishlar davom etmoqda.
«Turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xududning sayyohlik yo‘nalishlari va xizmatlarini takomillashtirish, sayyohlik imkoniyatini namoyish qilish ishlarini amalga oshirish, sayyohlar uchun qo‘shimcha ob’ektlar infratuzilmasini yaxshilash, turizm sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish» bo‘yicha dastur doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.