231
Amfibiyalar metamorfozi davrida sodir bo‘ladigan morfofiziologik o‘zgarishlar
va ularning sabablari har tomonlama chuqur tajribalar asosida o‘rganilgan.
Amfibiyalarnng har xil vakillarining metamorfozi evolyusiya jarayonida
shakllangan o‘ziga xos xususyatga ega. Dumsiz amfibiyalar metamorfozi davrida
sodir bo‘ladigan morfologik o‘zgarishlar suvdan quruqlikka yashashga o‘tishi
munosabati bilan paydo bo‘ladi.
Baqa itbalig‘ining metamorfozi davrida hamma organlar sistemasi ma‘lum
darajada qayta quriladi. (114-rasm).
114-rasm. Dumsiz (rana pipiens) (1) va dumli (Pleurodeles waltlii) (II) amfibiyalar
metamorfozi (L.Gallen, M.Dyuroshe, 1957 bo‘yicha).
I-A-metamorfozgacha bo‘lgan itbaliq; B-metamorfozning boshlanishi (orqa
oyoqni o‘sishi); V- oldingi oyog‘I va dumining qisqarishi; G,D-metamorfozning
oxirgi
bosqichi; II-A- lichinkalik davrining oxiriga yetishi; B-G- tashqi jabraning
yo‘qolishi, dum suzgchining o‘zgarishi.
Lichinkaning uzun, tarmoqlangan tashqi jabralari o‘saytgan jabra qopqog‘I bilan
yopiladi. Jabralar atrofiga uchraydi va itbaliq ichki
jabralari bilan nafas ola
boshlaydi. Lichinkalik davrining 2,5 yilidan keyin o‘pkasi ishlay boshlaydi. Jabra
qopqog‘I hosil bo‘lgandan keyin itbaliq dumining ostida orqa oyoqlar, jabra yoyi
orqa juftining tagida oldingi oyoqlar paydo bo‘la boshlaydi. Metamorfozgacha
ular jabra qopqog‘I ostida yopiq holda bo‘ladi.
Metamorfoz davrida o‘pka rivojlanadi, o‘pka bilan
birgalikda arteriya va vena
qon tomirlari hosil bo‘ladi. Keyn ichki jabra atrofiga
uchraydi, jabra qopqog‘I
yo‘qoladi, oldingi va orqa oyaqlar ochiladi va tez o‘sadi. Gavdaning har hil
qismlarida qon kelishning o‘zgarishi, orqa oyoqning tez o‘sishi
tufayli dumni
tashkil etadigan hujayralar o‘ladi va dum atrofiga uchraydi. Dum muskullari va
xordaning nobud bo‘lishi fogasitar va yallig‘lanish jarayonlari orqali amalga
oshadi.
Ichakda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ukattalashadi, gistogenetik
o‘zgarshlarga uchraydi, bosh qayta tuziladi, o‘rta quloq paydo bo‘ladi. Bosh
suyaklari va jag‘ tuzilishi o‘zgaradi, ko‘zi takomillashadi, tishlari yo‘qoladi.
Skeletida ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tog‘aylar suyakka aylanadi, ayiruv
organlari va terisi o‘zgaradi.
Dumli amfibiyalaridan aksolotl lichinkalik davrida ko‘payish xususyatiga ega.
Bu hodisa neoteniya deb ataladi va evolyasiya jarayonida paydo bo‘lgan
turning
saqlanib qolishiga qaratilgan o‘ziga xos moslanish hisoblanadi. Turli tuman
tajribalarda aniqlanishicha amfibiyalar metamorfozi qalqonsimon bez faoliyatiga
bog‘liq. Gipotalamus –gipofiz- qalqonsimon bez sistemasining
azolari bir- biri
bilan uzviy bog‘liq. Bu bezlarning gormonlari metamorfoz jarayonini boshqaradi
(M.S.Miskevich, 1978). Shunday qilib, metamorfoz
hayvon hayot tarzining
o‘zgarishi va boshqa ko‘plab moslanishlarga olib keladigan jarayon hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: