227
bir linkadan keyin gavdaning hajmi va proporsiyasi jinsiy voyaga yetgan formaga
yaqinlashib boraveradi. Keyingi linka oldingisidan gavdaning o‘zgarishlari bilan
farq qiladi. Bu davrda rivojlanish ketma ket bo‘lib, degenerative hodisalar
kuzatilmaydi. Ba‘zan chala o‘zgarish yo‘li bilan rivojlanadigan hasharotlarning
lichinkalari imagoga nisbatan boshqa muhitda yashaydi yoki hayot tarsi bilan farq
qiladi. Shuning uchun ularda maxsus lichinka organlari paydo bo‘ladi. Masalan,
ninachilarning lichinkalari suvda yashaydi va suvdan nafas olishga moslashgan.
Yashash muhitning o‘zgarishi va lichinkalik davridagi organlarning reduksiyaga
uchrashi oxirgi linkaga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun
ularning rivojlanishida
metamorfoz termini asosli ravishda qo‘llaniladi.
To‘liq metamorfozli (Holometamorphos) hasharotlarda tuxumdan chiqqan
lichnka ota onasiga umuman o‘xshamaydi. Masalan, kapalaklarning lichinkasi
qurtga o‘xshaydi, ular gomonom segmentasiyaga ega. Lichinkaning og‘iz aparati
kemiruvchi, jinsiy voyaga yetgan formasida so‘ruvchi tipda tuzilgan. Lichinkada
murakkab ko‘z va ko‘krak oyoqlari bo‘lmaydi, qorinqismida esa yolg‘on oyoqlari
bo‘ladi. Pashshalarning lichinkasi chuvalchangsimon shaklda bo‘lib, boshi yaxshi
rivojlanmagan, oyoqlari umuman bo‘lmaydi, qanot kuraklari yo‘q (108-rasm).
108rasm. Hasharotlarning lichinkalari (S.Murodov, 1986 bo‘yicha)
A-umumiy ko‘rinishi va tyuzilishi; 1- bo‘taloqlar lichinkasi; 2-
eshkak qanotlilar
lichinkasi; 3-suv suzgichlar lichinkasi; 4- vizilloqlar lichinkasining yuqori jag‘i. B-
to‘rqanotlilar lichinkasi:1-gemerobius lichinkasi; 2- oltinko‘z lichinkasi; 3-
mantispa lichinkasi; (a-birnchi yosh; b-katta yoshi).
To‘liq metamorfozli hasharotlarning lichinkalarida ham bir necha lnka sodir
bo‘ladi, hajmi kattalashadi, ammo shakli deyarli o‘zgarmaydi. Lichinka oxirgi
linkadan keyin g‘umbak bosqichiga o‘tadi. G‘umbakda qanotlar paydo bo‘la
boshlaydi, ammo g‘umbak harakatlanmaydi, oziqlanmaydi. G‘umbakning
ichida
shakl hosil bo‘lish jarayonlari intensive sodir bo‘ladi, lichinkalik davri uchun xos
bo‘lgan organlar yo‘qoladi va imago davriga xos bo‘lgan organlar hosil bo‘ladi. Bu
jarayonlarning oxirida linka sodir bo‘lib g‘umbakdan imago uchib chiqadi
(109rasm).
109-rasm. Hasharotlarning g‘umbaklari (S.Murodov, 1986bo‘yicha).
a-chertmakchi g‘umbagi; b-uzuburun g‘umbagi; v-qoratanli g‘umbagi;g-qtir
g‘umbagi; d-vizilloq g‘umbag; e pashsha g‘umbagi; j-kapalaklar g‘umbagi (1-
arvoh kapalak g‘umbagi; 2-to‘liq qanotli g‘umbak; 3-oq kapalak g‘umbagi; 4-
nimfalid g‘umbagi).
Hasharotlarda sodir bo‘ladigan metamorfozning ichki jarayonlari birinchi marta
A.O.Kovalevskiy (1887)tomonidan o‘rganilgan. Uning ko‘rsatishicha, g‘umbakdan
linka davrida qanotlar, oyoqlar va boshqa organlar hosil bo‘lishi lichinkalik
davridagi tayyorgarlik natijasi hisoblanadi. Lichinka gavdasining tashqi o‘simtalari
gipodermada diskasimon bo‘lib joylashadi. Bu disklar imaginal disk deb ataladi.
Bu disk ichki tomonga qarab o‘sadi va tashqaridan deyarli bilinmaydi (110-rasm).
228
110-rasm. Muscidae imaginal diskining rivojlanishi (B.N.Shivanvich, 1949
bo‘yicha). A-lichinka; B,G-g‘umbak; 1- atrium; 2-4-ko‘krak oyoqlarining kurtagi;
5-tomoq; 6-anntena kurtagi; 7-ko‘z; 8-qizilo‘ngach; 9-bosh miya; 10- xartum
kurtagi; I,II,III-ko‘krak segmentlari.
Faqat g‘umbakning linkasi davrida imaginal disk yuzaga chiqadi va qaysi
organni
hosil
qilsa, o‘sha organnning shaklini hosil qiladi.
Lichinka
gipodermasining qolgan qismi ko‘plab gistologik o‘zgarishlar
tufayli imagoning
teri qatlamini hosil qiladi. Pashshalarda esa lchinka gipodermasi to‘
Liq degenerasiyaga uchraydi va uning o‘rnida imaginal diskdan yangi qavat hosil
bo‘ladi.
Lichinka to‘qimasining degenerasiya va uning imaginal to‘qima bilan
almashinuvi ichk organlarda ham sodir bo‘ladi. Imagoning oldingi va orqa ichagi
keyingi diskli halqasimon hujayralardan hosil bo‘ladi. Lichinkaning o‘rta ichagi
imaginal hujayralarning o‘rtasida tarqalgan kicik hujayralardan hosil bo‘ladi.
Lichnka ichagining hujayralari ularning o‘rtasida qolib, hazm bo‘lib ketadi.
Huddi shunga o‘xshash jarayon malpigi kanallarida, yog‘ tanachalarida,
muskullarda va boshqa organlarda ham kuzatiladi.
Shndsay qilib, hashrotlar metamorfozi davrida ularning butun organizmi
yangilanadi. Shunga ko‘ra, hayot tarsi ham o‘zgaradi, ya‘ni uzishga moslashadi,
oziqlanish usuli, xulq atvori va boshqa xususyatlari o‘zgaradi. Lichinka
organlarining yemirilishi fagasitoz usuli bilan amalga oshadi. Hasharotlar
metamorfozining fiziologik mexanizmi ham murakkab jarayon hisoblanadi. Yaqin
vaqtlargacha lichinka organlarining yemirilishi ular hujayralarining o‘sishi bilan
bog‘liq deb hisoblanar edi. Ba‘zi olimlarning fikricha, bunda figositoz jarayoni
asosiy vazifani bajaradi, ya‘ni fagosit hujayralar lichinkaning sog‘lom
hujayralariga hujum qilib ularni nobud qiladi. Ayni vaqtda, ko‘plab eksperimental
ma‘lumotlarga ko‘ra, hasharotlarning butun embrional rivojlanishi gormonal
omillar nazorati ostida bo‘ladi, degan xulosa chiqarilmoqda. Hasharotlarning eng
muhim secretor bezlariga bosh miyaning neyrosekretor
elementlari va boshda
joylashgan torakal bez va yondosh tana kiradi. Organlar o‘rtasidagi funksional
aloqa quyidagicha bo‘ladi (111-rasm).
111-rasm. Hasharotlar (E.Xadorn, R.Vener, 1989 bo‘yicha).
(A-G-kapalak; D,E-pashsha); Ca-corpora allata, Cc-Corpora cardiaca; E-ekdizon;
M- bosh miya; PG-protorakotrop gormon; GT-gonadotrop gormon; YuG- yuvenil
gormon; NS-neyrosekretor hujayra; PJ-protorakal bez;
B-lichinka, g‘umbak, va
imago (strelka taraqiyotida YuG va E ishtirokini bildiradi). V va Sa ni olib tashlash
pakana imago paydo bo‘lishiga olib keladi; G-qo‘shimcha Saimplantasiya qilish
qo‘shimcha lichinkalik davri va gigant imago paydo bo‘lishiga olb keladi. D-
pashsha lichinkasining imaginaldiski. (ID); E – pashsha lichinkasining yuragini
o‘rab turgan aylana bez; M-bosh miya (xalqum usti gangliysi); GK- asosiy hujayra;
T-traxeya.
229
Neyro secretor hujayralar trakal bezining faoliyatini kuchaytiruvchi
moddalar ishlab chiqaradi. Agar torakal bezi olib tashlansa, hasharot linka
xususyatini yo‘qotadi va bundan keyingi o‘sishi
hamda rivojlanishi davom
etmaydi. Agar torakal bezi reinplantasiya qilinsa, linka jarayoni yana qaytadan
tioklanadi. Torakal bezi metamorfoz davrida o‘zining maksimal rivojlanishiga
yetadi. Imagoda torakal bezi degenerasiyaga uchraydi va shuning uchun imagoda
linka kuzatilmaydi. Yondosh tanadan ajralib chiqadigan secret yuvinil gormoni
deyiladi. Agar qonda yuvinil gormoni ma‘lum miqdorda bo‘lsa, lichinka linkadan
keyin katta morfa anatomic o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Metamorfoz oxirida
qonda yuvilgan gormonning miqdori kamayadi. Natijada gavda tuzilishi o‘zgarishi
sodir bo‘ladi va lichinkadan imago hosil bo‘ladi. Qandalalarda yondosh tana olib
tashlanganda, muddadidan oldin metamorfoz sodir bo‘lib, pakana jinsiy voyaga
yetgan qandala paydo bo‘lganligi tajr ibada aniqlangan.
Agar oxirgi yoshdagi
lichinkaga birinchi yoshdagi lchinkaning yondosh tanasi transplantasiya qilinsa
unga bir qancha lichinkalik bosqichi qo‘shiladi, ya‘ni ortiqcha linka sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, hashartlar metamorfozi murakkab morfoanatomik o‘zgarishlar
amalga oshishi bilan boradigan jarayon hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: