portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi
K.Ber qonuni. Biogenetik qonun asoslari 1828 yilda dastlab K.Ber tomonidan
aytilgan edi. U embrionlar o‘xshashligi yoki Ber qonunini yaratdi. Bu qonunning
mazmuni quyidagilardan iborat:
1.Embrion rivojlanishi davrida ko‘pchilik hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan
belgilar dastlab, xususiy belgilar esa keyinroq paydo bo‘di.
2.Organizmlarda umumiy belgilardan xususiy belgilar kelib chiqadi.
3.Ma‘lum tur hayvonlarda embrion ajdod hayvonning belgilarini takrorlashi
jarayonida undan uzoqlashadi.
4.Yuksak hayvonlarning embrioni hech qachon evolyusiya jihatdan o'zidan
quyida turadigan hayvonning embrioniga o'xshamaydi.
Ber fikricha,umurtqalilar embrioni rivojlanishi davomida dastlab tip, sinf
belgilari, keyin turkum va oxirida tur belgilari paydo bo‘ladi. Berning bu fikrla ri
hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas.
Darvinning Ber g‘oyalariga yuksak baho berganligini hisobga olgan holda,
hozirgi kunda bu qonunning qaysi qismlari to‘g‘ri, qaysi qismlarini o‘zgartirish
lozimligini aniqlash lozim. Ber fikricha, har bir tipning o‘ziga xos rivojlanish yo‘li
bor. Evolyusiya jarayonida bu yo‘nalish takomillashib borgan. A.N.Seversov bu
yo‘nalishni tahlil qilib, filembriogenez yo‘llari bilan taqqoslagan. Ba‘zi
embriologlar Ber qonunini o‘rganib, uni idealistiк, yo‘naltirilgan taraqqiyot
haqidagi qonun, deb baholadilar. Ammo Ber qonunida hech qanday idealizm yo‘q.
Ber ―rivojlanish darajasi (bosqichi )‖ va ―rivojlanish tipi‖ni farqlaydi.
―Rivojlanish darajasi‖ hozirgi ―organizmning murakkabligi‖ tushunchasiga
to‘g‘ri keladi, ―rivojlanish tipi‖ esa taraqqiyot darajasi bilan birgalikda hayvonlar
guruhlarini (sinf, tip) hosil qiladi.
Shunday qilib, Ber ta‘limotini har tomonlama tahlil qilib, uning ijobiy va salbiy
tomonlari ko‘rsatib berildi.
P.P.Ivanov ―rivojlanish tipi‖ o‘rniga ―rivojlanish yo‘nalishi‖ tushunchasini
qo‘llashni tavsiya etdi. Masalan, ko‘pchilik mollyuskalar rivojlanishida troxofora
yoki velliger lichinkasi yo‘nalishi bor, boshoyoqli mollyuskalar rivojlanishi jinsiy
voyaga yetgan hayvon yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirdi. Bu ta‘limotni ham
teleologiyaga asoslangan, deb tanqid qilish mumkin. Ammo bunga ehtiyoj yo‘q,
chunki har qanday tanqid ma‘lum bir ta‘limotni qanday talqin qilishga bog‘liq.
Embriologlar Ber qonuni va ―rivojlanish yo‘nalishi‖ ga yetarlicha e‘tibor
bermadilar. Ammo bu qonunlar hozirgi zamon embriologlarining diqqatini o‘ziga
jalb qilishi lozim.
G.P. Korotkova va B.P.Tokin (1978) Ber qonuniga baho berishda tadqiqotchilar
xatolarga yo‘l qo‘yganliklarini ta‘kidladilar. Ammo Berning embrionlar
o‘xshashligi qonuniga ko‘ra, bu o‘xshashliklar bir tip doirasida bo‘ladi. Ber bir
tipdan boshqasining paydo bo‘lishiga oid gipotezani yarata olmadi. Ber qonuni
rivojlanishning boshlang‘ich davrlari-zigota, blastula, gastrulyasiyaga taalluqli
emas. Agar Ber davridagi fan taraqqiyoti, mikroskopik va boshqa texnikalar rivoji
hisobga olinsa, uning ta‘limoti organogenez jarayonini ifodalaydi.