217
yoki ko‘payishni sekinlashtrishi mumkin. Fitonsitlar grekcha fito- o‘simlik, sid-
o‘ldiraman degan ma‘noni anglatadi.
Fitonsidlar o‘simliklar imunitetining asosiy omili hisoblanadi. Fitonsidlar
uchuvchi organic modda bo‘lib, tuxum po‘stidan kira oladi. Jumladan , piyozning
fitonfidlari uzoq masofadan mollyuskalar embrionini o‘ldira oladi. Physa fontinalis
degan mollyuska embrionining rivojlanishini suv yoki suv bo‘yida o‘sadigan
o‘simliklar fitonsidi sekinlashtiradi yoki o‘ldiradi. Rana temporaria degan baqa
tuxumlarining bor qismini petri kosachada akvorium suviga, ikkinchi qismioni
shunday suvga ossilyariya suv o‘ti solib qo‘yiladi . 5 kundan keyin akvarium
suvidagi tuxumdan lchinka chiqa boshlaydi, suv o‘ti solingan suvdagi embrion hali
gastrulyasiya va neyrulla bosqichida bo‘ladi, o‘ninchi kunga kelib ular o‘ladi.
Ba‘zi o‘simliklar fitonsidi mollyuskalar rivojlanishini tezlashtiradi.F.A.Gurevich
(1949) fikricha, ba‘zi mollyuskalar ayrim o‘simlik bargi yoki poyasida tuixum
qo‘yadi. Ba‘zi mollyuskalar o‘simliklarda ayrim holatlarda kam miqdorda tuxum
qo‘yadi. Ba‘zi hasharotlarning hayoti bevosita o‘simliklar bilan bog‘liq.
O‘simliklarning har xil organlarida turli xil tirik organizmlar bo‘rtmalar hosil
qiladi. Dub o‘simligining bargidan ajraladigan fitonsid ko‘plab hayvonlar
hujayrasining protoplazmasini zararlaydi. Kanalar va ba‘zi pashshalar embrioni
ayrim yuksak o‘simliklar fitonsidiga sezgir bo‘lib,tuban o‘simlklar, bakteriyalar va
zambrug‘lar antibiotiklarga chuidamli bo‘ladi. Evolyusiya jarayonida bu hayvonlar
embrioni va tuban o‘simliklarning toksin moddalari aloqada bo‘lib, ularda
moslanish paydo bo‘lgan.
XX asrning 60-70- yillarda olib borilgan tadqiqotlardan ma‘lum bo‘lishicha,
ba‘zi hayvonlarning embrionnal rivojlanishi mikroorganizmlar bilan simbioz
holda o‘tadi.K.D.Spindler va V.A.Myuller (1972) aniqlashicha, Hidractinia
echinata ning planula lichinkasining metamorfozi uchun bakteriyalar ishtiroki shart
ekan. Tadqiqotlardan ma‘lum bo‘lishicha, ba‘zi kovakichlilar, paypaslagichlilar,
ninatanlilar lichinjkasining metamorfozi, substratgayopishihsi mikroorganizmlar
ishtirokida
sodir bo‘ladi. Ssifistomalar jinsiz ko‘payishida simbiotik
mikroorganizmlar katta ahamiyatga ega. Cassiopea andromeda meduzasi simbiotik
mikroorganizmlardan ajralsa, strobilyasiya jarayoni to‘xtaydi. Agar medusa yana
mikroorganizm bilan simbioz holda yashay boshlasa, strobilyasiya jarayoni
qaytadan tiklanadi. Kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payishda simbiont ishtiroki shart
emas.
Shunday
qilib,
kelajakda
hayvonlar
embrional
rvojlanishi
va
mikroorganizmlar o‘rtasidagi munosabat yanada kengroq o‘rganilishi va bu
munosabatni ifodalaydigan nazariyalar yaratilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: