216
S.Gerbet (1892) dengiz tipratikani tuxumi yashayotgan dengiz suvidagi litiy
tuzi konsentrasiyasi o‘zgartirganda ekzogastrulyasiya sodir bo‘lishi kuzatilgan.
Dengiz tipratikani tuxumining maydalanishi yoki blastula davrida dengiz suvidagi
ba‘zi tuzlarni ltiy tuzining izotopi bilan almashtirganda gastrulyasiya jarayoni
bu‘ziladi .ammo hujayralar differensiasiyasi endodermal yo‘nalishida davom etadi.
Embrion qancha ko‘p vaqt liotiy tuzi ta‘sirida bo‘lsa, shuncha ko‘p
endodermal hujayralar hosil bo‘ladi. Uzoq vaqt litiy tuzi ta‘sirida bo‘lganda
hujayralarning ko‘pi endodermaga, animal qutbidagi hujayralarning bir qismi
ektotermaga aylanadi. Mezenxima hujayralari normada bo‘ladi. P.P.Ivanov
fikricha, bu ta‘biiy holatbo‘lib, ekzogastrulyasiyada mezenxima hujayralari normal
muhitda bo‘ladi.
Agar tashqi muhit o‘zgarsa, entoderma hujayralari kam, ektoderma
hujayralari esa ko‘proq bo‘ladi. Masalan, dengiz suvida kalsiy tuzi va anionlar
miqdori oshsa shunday bo‘ladi.
Hozirgacha ekzogastrulyasiya hodisasiga to‘liq ta‘rif berilmagan. P.P.Ivanov
fikricha, gastrulyasiya jarayoning o‘zida endoderma blastoselga o‘tishiga blastosel
suyuqligi zarurligi ta‘lab qilinadi. Endoderma hujayralari uchun qulay sharoit
tashqi muhit bilan aloqada bo‘l;ishi hisoblanadi. Shuningdek, ekzogastrulyasiya
mollyuskalar va baqa tuxumida sodir bo‘lishi tajribalarda kuzatilgan.
Goltreter baqa tuxumini 0,35 % li natriy xlorid eritmasiga solib,
ekzogastrulyasiya sodir bo‘lishiga majbur etgan. Xordomezodermal materiya
dastlab yuzada, keyin ichkariga kirib, hamma tomonidan ichak epiteliysi bilan
o‘rab olinadi. Ekzoembrionda pronefros, mezonefros, gonada, silliq muskul, xorda,
yurak, selom bo‘shlig‘I, biritiruvchi to‘qima, ichaklar rivojlanadi. Bu organlar nerv
yo‘li bilan bog‘lanmagan. Chunki nerv sistemasi rivojlanmagan bo‘ladi.
Ektodermadan nerv nayi, ko‘z va uning qismlari, ko‘rish xaltasi rivojlanmagan
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: