Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy


Har xil genotipli emrionlarni sun’iy qo’shish orqali ximer hayvonlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Har xil genotipli emrionlarni sun’iy qo’shish orqali ximer hayvonlar
olish. 
V.Tarkovskiy (1961) va B.Mins (1962) 2 ta sichqon emrionini qo‘shib, ximer 
hayvon, ya‘ni 2 ta genotipga kiradigan hujayralardan tashkil topgan yangi hayvon 
yaratish usulini ishlab chiqdilar. Ximer yaratish embriologiyaning katta yutug‘I 
bo‘lib , genetika va individual rivojlanish biologiyasi fanlarini yanada rivojlantirdi. 


185 
Genetik ximer olish uchun genotip jihatdan farq qiladigan embrionlar qo‘shiladi. 
Bunda bir embrion normal, ikkinchisi mutant genotipga ega bo‘lishi lozim. 
Mutatsiya organism , to‘ima va hujayraning imkoniyatiga qarab tanlanadi. Bunday 
hayvonlarning 3 ta belgilash usuli bor: ximerlar, allofen hayvonlar, mozaik 
hayvonlar (90-rasm). 
90- rasm. Mozaik, ximer, allofen sichqon olish usullari (E.Mak Laren, 1979 
bo‘yicha).
A-juning rangi bo‘yicha farq qiladigan sichqonlar embionini 8 ta blastomerlik 
davrida qo‘shilish usuli; B-hujayrani blastosel bo‘shlig‘ga in‘eksiya qilish usuli 
bilan ximer hayvon olish. 
Embrionlarni qo‘shish usuli quyidagicha. Ikki (ba‘zan 3 ta )bir biridan genotepi 
bilan farq qiladigan embrion 8 ta blastomerlik bosqichida proteolitik ferment bilan 
ishlov beriladi va qobig‘idan ozod qilinadi. Keyin malum vaqt ularni bir biriga 
qo‘shilishi uchun yaqin qilib qo‘yiladi. Hosil bo‘lgan embrion ma‘lum vaqt 
o‘stirilib, keyin ona bachadoniga transplantatsiya qilinadi. Natijada shunday individ 
tug‘ladiki, uning to‘qima , organlari har ikkala embriondan qurilgan bo‘ladi. Suni 
aytish kerakki, ximer organizmning og‘irligi odatdagi organizmga deyarli teng 
bo‘ladi, chunki rivojlanish davrida embrional regulyasiya ta‘sir etadi. 
Ximer organizmda har ikkala embrion hujayralari deyarli teng miqdorda 
ishtirok etadi. Masalan, oq naslsiz sichqon bilan qora sichqon embrioni qo‘shilganda 
hosil bo‘lgan individda ranglar teng bo‘ladi. Bunda har bir oq va qora dog‘lar klon 
hisoblanadi. Hujayralar ishtiroki ko‘p omillarga , jumladan, genotipga bog‘liq. 
Mutant genotipli embrionlar yomon rivojlanadi. Mutant genotiplarni tanlab ximer 
hayvonlar yaratish hujayra kloni muammosini hal etishda katta hissa qo‘shmoqdalar. 
Ulardan ba‘zilariga to‘xtalamiz.
Sichqonlar ko‘z pardasi degenerasiya mutatsiyasida dastlab ko‘z normal 
rivojlanadi, tug‘ilgandan 7kundan keyin fotoresseptorlar normal ishlamay qoladi. 
Shu mutantning embrioni bilan normal sichqon embrionini qo‘shib, ximer hayvon 
hosil qilindi. Olingan hayvonda hamma reseptorlar degenerasiyaga uchramasdan, 5 
ta degenerasiyaga uchragan reseptor 5 ta normal reseptorlarqismi bilan aralashib, 
normal fotoreseptor hosil qilgan. Demak, normal va mutant hujayralar klonlari 
aralashib ketadi. 
Ma‘lumotlarga qaraganda, har bir somitning hosil bo‘lishida 20 klon , buyrak ka 
nalining prosimal qismining hosil bo‘lishida 4-5 klon, melonosit populyasiyasining 
hosil bo‘lishida 32-100 klon qatnashadi.
R.Gardner tomonida n ishlab chiqilgan ximer olishning ineksiya usuli ham keng 
qo‘llanilmoqda. Bu usul yordamida boshqa genotip hujayrasi embrion blastoseliga 
in‘neksiya qilinadi. Bu usul har xil bosqichdagi embrion hujayralarini boshqa 
embrionga ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Keyingi 20 yil davomida klonlarni aniq 
lash va tahlil qilish bo‘yicha sut emizuvchilar va hasharotlar ustida o‘tkazilgan taj 
ribalar eksprimental embriologiya , genetika fanlarini boyitdi va klonlarga e‘tiborni 
kuchaytirdi. Ba‘zan organism rivojlanishini juda ko‘plab sxemalashtirib yuborish
organizmni klonlar yig‘indisidan iborat, deb tushunishga olib kelmoqda.


186 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin