Blastomer davri ootipik davrning davomi bo‘lib bunda zigopta bo‘linishi
tufayli ko‘plab blastomerlar ya‘ni o‘ziga xosyangi hujayralar hosil bo‘ladi.
Blastomerlar zigotaning maydalanishi tufayli hosil bo‘lishi va o‘smasligi bilan
boshqa hujayralardan farq qiladigan embrion hujayralari hisoblanadi. Blastomerlar
o‘z navbatidamaydalanib hosil bo‘ladigan to‘qima yoki organning boshlang‘ich
elementini hosil qiladi. Blastomerlardan embrionning blastula davri hosil qiladi.
Blastomerlardan embrionning blastula davri hosil bo‘ladi.Blastulani hosil qiladigan
blastomerlar ham bir biridan farq qiladi.
Embrion rivojlanishining navbatdagi bosqichida blastomerlar shakllanishiichki
tuzilishi va vazifalarga ko‘ra bir biridan farq qiladigan yo‘nalish oladi. Embrion
rivojlanishining blastomer davri ham hozirgi paytda yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, har
bir blastomerning kelajakdagi taqdiri ya‘ni kelajakda qaysi organlar hosil
bo‘lishida ishtirok etishi aniqlangan.
Murtak davrida embrional rivojlanishining blastula davri tugab murtakning
boshlang‘ich urug‘lari hosil bo‘la boshlaydi. Bunda kelajakda turli to‘qima va
organni hosil qiladigan hujayralar to‘plami paydo bo‘ladi. Murtak davrida ma‘lum
hujayralar to‘plamidan tuzilgan embrion qavatlari hosil bo‘ladi va ular
differensiallanishi natijada har xil to‘qimalar vujudga keladi. Masalan, ektoderma
qavatdan shakli naysimon bo‘lgan nerv to‘qimasining chegarasi hosil bo‘lib ajralib
chiqadi, mezodermadan esa har xil somitlar hosi bo‘lib ajralib chiqadi,
mezodermadan esa xar xil somitlar hosil bo‘lib,ular sklerotom, miotom, dermatom
splanxnotomlarga ajraladi.
Umurtqali hayvonlarda, ko‘pincha , boshlang‘ich urchuq bilan birgalikda
mezenxima qavatidan ajralib chiqqan hujayralardan hosil bo‘ladi va organlar
boshlang‘ich kurtaklarining o‘rtalarini to‘ldirib turadi. Mezenxima tabaqalanishi
natijasida esa shakli va vazifasi har xil bo‘lgan to‘qimalar hosil bo‘la boshlaydi.
Masalan , qon hujayralari, suyak, biriktiruvchi to‘qima, silliq tolali muskul
to‘qimalari mezenximadan hosil bo‘ladi.