Ovogenez va spermatogenez jarayonlarining gormonal boshqarilishi. Jinsiy
hujayra yetilishi siklik yoki mavsumiy xususyatga ega. Bu jarayonlar ham jinsiy
bezlarda ishlab chiqilgan gormonlar yordamida boshqariladi. Bu gormonlarning
ishlab chiqalishi gipofiz gormonlari orqali boshqariladi. Urug‘lanish ana shu
jarayonlarning koordinatasiga bog‘liq.
Organogenez va gistogenez jarayonlarining gormonal boshqarilish. Embrion
rivojlanish davrida embrion varaqlari va organlar hosil bo‘lishi uchun zarur
gormonlarni embrion ishlab chiqarmaydi, bu darda bu jarayonlar hujayralarning
induksion ta‘siri orqali boshqariladi. Organogenez va gistogenez jarayonida
gormonlarning ahamiyati oshib boradi. Bu jarayonlar uchun gormonlar ta‘siri yahshi
o‘rganilmagan, ammo gormonlar ahamiyati katta ekanligi ma‘lum.
Reproduktiv organlar rivojlanishida gormonlar ta’siri. Sut emizuvchilarda
gormonlar erkaklik jinsiy yo‘li rivojlanishini boshqaradi, agar gormonlar bo‘lmasa,
urgochi individ hosil bo‘ladi. Erkaklik jinsiy yo‘lining rivojlanishida embrion
urug‘doni ishlab chiqaradigan 2 ta gormon :testosteron (oraliq hujayralar –
leydighujayralari ishlab chiqaradi) va setroli hujayralari ishlab chiqaradigan modda
muhum ahamiyatga ega . testeron volf kanalidan urug‘ kanali va tashqi jinsiy
organlar hosil bo‘lishini boshqaradi. Sertoli hujayralaridan ishlab chiqariladigan
modda myuller kanali degenerasiyasini boshqaradi. Urg‘ochilik jinsiy kanali
rivojlanishida gormonlar qatnashmaydi. Shunday qilib erkaklik jinsiy organlari
rivojlanishida 2 ta omil ta‘sir etadi: 1)genetik, ya‘ni Y-xromosoma geni (HY-antigen
); 2) testosteron vaSertoli hujayralari moddasi ta‘sir etadi.
Sut bezi rivojlanishi. Sut bezi rivojlanishi, uning alviolalarida sut sintezi va
sekretsiyasi ham murakkab gormonal boshqarish orqali amalga oshadi. Yangi
tug‘ilgan hayvonlarda bu sistema yahshi rivojlanmagan bo‘ladi. Jinsiy voyaga
yetish bilan qonda esterogen miqdori ortadi. Bu gormon sut bezi kanallari sonining
ko‘payishiga va bez massasining ortishiga olib keladi. Ammo bu bezning to‘liq
shakllanishi homilladorlik paytida progesterone, prolaktin, laktogen gormonlari
ta‘sirida amalga oshadi. Emizish davrida laktatsiya jarayonini prolaktin boshqaradi,
ya‘ni sutning ko‘p yoki kam ajralishi prolaktin gormoniga bog‘liq.