Embrion gradient sistemasining
buzilishi nimalarga olib keladi?
Ch.Chayld va uning izsdoshlari gradient shakl hosil bo‘lish jarayonining
boshqarilishini tajribalar yo‘li bilan isbotlashga harakat qildilar. Gradientlar
sistemasining buzilishi shakl hosil bo‘lishi jarayoning buzilishiga olib keladi.
Gidromeduzalar embrion rivojlanishiga zaharli moddalarning ta‘siri o‘rganildi.
Normal rivojlanishda uni polyar immigrasiya kuzatiladi. Zaharli moddalar ta‘sirida
multipolyar immigrasiya sodir bo‘ladi. Bunda immigrasiyalanayotgan hujayralar
soni ortib ,bir qavatli endoderma o‘rnida hujayralarning zich qoplami hosil bo‘ladi.
Hosil bo‘layotgan lichinka bo‘yiga o‘smasdan, substratga yopishadi va bitta emas,
bir nechta poyacha xosil qiladi.
Fiziologik gradient rivojlanish davrida asosiy vazifani bajarishini ifbotlash
maqsadida ko‘plab tajribalar o‘tkazilgan. F.G.Jilkrist (1929, 1933) amfibiyalar
tuxumida dastlabki gradientni kuchaytirish yoki pasaytirish bo‘yichalar tajribalar
o‘tkazdi. Harorat rivojlanishni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi bilgan holda uni
o‘zgartirgan rivojlanishning dastlabki davrida harorat oshirilsa , hosil bo‘layotgan
blastomerlar yirik bo‘lishini aniqladi. Natijada gastrulyasiya davrida anomaliya
sodir bo‘lib, bosh qismi o‘zgaradi .Jilkrist triton embrionini blastula davrida
alyuminiy plastinkalar o‘rtasiga qo‘ydi. Bu plastinkaning biri qizdirilgan,
ikkinchisi sovitilgan edi. Embrion ana shunday holatda ikki kun qoldirilib, keyin
normal sharoitda saqlangan harorat gradienti shunday hosil qilindiki, qizdirilgan
plastinkaga embionning o‘ng yoki chap tomoni , sovuq plastinkaga ikkinchi
tomoni joylashtirildi. Natijada normal rivojlanish buzildi. Bunday holatlarda
ba‘zan qo‘shimcha nerv plastinka ham hosil bo‘ladi. Bu qo‘shimcha nerv
plastinkaning gistologik tuzilishi normal nerv sistemadan farq qilmaydi.
Qizdirilgan tomondan hosil bo‘lgan bosh va orqa tomonima‘lum darajada kamroq
bo‘ladi.
206
Demak, harorat gradienti qo‘shimcha tuzilma xosil bo‘lishiga olib keladi, bu esa
fiziologik faollik gradientining o‘zgarishiga olib keladi. Bir butun embrionda
haroratning farq qilishi bu hodisaga sabab bo‘ladi. Agar embrionda bir bir xil
haroratni yuqori yoki past darajada o'zgartirilsa, butun rivojlanish o‘zgarishi
mumkin edi. Ba‘zi tadqiqotchilarning fikricha, neyrulyasiyaning buzilishi, ya‘ni
shu davrda hujayralar taqsimlanishida buzilish sodir bo‘lishi, qo‘shimcha organ
paydo bo‘lishiga olib keladi. Boshqa tadqiqotchilar hosil qilingan harorat gradienti
differensiasiya jarayonining o‘zgarishiga olib keladi, degan mulahazalarni
aytmoqdalar.
Prinsipial jihatdan shunga o‘xshash natijalarni V.Fogt ham olgan. Uning
tajribasida maxsus kamera kumush plastinka bilan iki qismga ajratilgan.
Plastinkadagi aylana teshikka amfibiya embrioni joylashtirilgan .kameraning bir
bo‘lagiga 2+50 C li suv, ikkinchi bo‘lagiga 19+22 Cli suv bosib turadi. Ana
shunday suniy xosil qilingan past haroratli gradientga rivojlanish sekinlashadi. 3-4
kundan keyin nerv nayi hosil bo‘lgan, rivojlanishi sekinlashgan embrion normal
shoroitga qo‘yiladi. Natijada embrionning bir tomonida nerv plastinkasi hosil
bo‘lgan, ikkinchi tomonida esa hali neyrulyasiya boshlanmagan bo‘ladi. Fogt
tajribasining Jilkrist tajribasidan farqi shundaki, embrionning qizdirilgan va sovuq
qismlarining chegarasi katta bo‘ladi. Vital bo‘yoq yordamida aniqlanishicha
gastrulyasiya jarayoni qizdirilgan tomonda normal o‘tadi, sovuq tomonda esa
hujayra materiali kam sarflanadi. Fiziologik gradient nazaryasi tarafdorlarining
fikricha, V.Fogt tajribasida ham fiziologik jarayonlar faolligi o‘zgargan, agar
embrionning hamma qismi bir hil qizdirilganda yoki sovitilganda, differensiasiya
jarayoni ham bir xil sodir bo‘lardi.
Chayld nazaryasining to‘g‘riligini isbotlash uchun boshqa ma‘lumotlardan ham
foydallanish lozim. Jumladan jikst taj ribasida sharoitni shunday o‘zgartirdiki,
harorat animal –vegitativ qutblardan farq qiladigan bio‘ldi. Agar animal qutbda
yuqori harorat, vegitativ qutbda past harorat hosil qilinsa, boshi yirik embrion
rivojlanadi. Agar tajribada vegetativ qutbqizdirilib, animal qutb sovitilsa, kichik
boshli embrion rivojlanadi. Shuningdek embrionga kimyoviy moddalar tasiri ham
sinab ko‘rilgan. Bunday tajribalar baliqlar va amfibiyalar em brioqnida
gastrulyasiyagacha o‘tkazilgan. Tajriba uchun magniyxloridning shunday
konsentrasiyasi tanlanganki ,unda embrionning biror qismi zararlanmaydi, organlar
zararlanishi mumkin emas, chunki bu bosqichda hali organlar hosil bo‘lmaydi.
Bunday holatda faqat fiziologik faollik pasayadi. Bunday tajribalar natijasida
boshning oldingi qismi yaxshi rivojlanmaydi, ko‘zlar bir- biriga yaqin joylashishi
yoki qo‘shilib bi0tta ko‘z hosil bo‘lishi mumkin(siklopiya) (98-rasm). Hayvonning
og‘zi rivojlanmasligi mumkin. Bunday holatlar tabiiy mihit omilllarining
buzilishi tufayli ham sodir bo‘lishi mumkin.
98- rasm. Fundulus beteroclitus da bosh oldingi qismining rivojlanishining
sekinlashishi (J.Geksli, G.de ber, 1934 bo‘yicha ).
A-normal embrion; B-siklopiya; V-ko‘zning kichiklashgan siklopiyasi; G-
anoftalmiya; D-L-boshning oldingi tomondan normal ko‘rini9shi va bosh
rivojlanishining har xil davrlari.
|