209
Keyingi yillarda morfogenezga ta‘sir etadigan vektor maydoni gipotezasi
yaratilmoqda. Bu gipotezaning asosini matematiklarning doimiy va doimiy
bo‘lmagan tarkibiy qismlariga oid nazaryalari tashkil etadi.
Morfogenetik jarayonlarning organizmga tarqalishiga oid matematik
A.Tyuring modeli abstrakt moddalarning fiziko kimyoviy jarayonlarga o‘zaro
ta‘siriga asoslanadi. Uning taklif etgan modelidan mezodermal somitlar,
umurtqalar, gavda yuzasi hosil bo‘lishida foydalanish mumkin.
K.Xakenning (1980)sinergetikaga oid gipotwezasi rivojlanishni matematik
usul bilan tushuntiradi.
Shunday qilib, har xil dinamik sistemalar topologiyasi, boshqari.lishi
sohasida matematikaning taraqqiyoti bir qancha embriologik hodisalarni bir
q1ancha embriologik hodisalarni bir butun holda o‘rganish imkonini bermoqda.
Har xil maydon nazaryalari tahlili ularning birortasini indivudial
rivojlanish uchun qabul qilishga bizni ishontira olmadi. Ammo shu narsaga
ishonish mumkinki, maydon tushunchasi tasodifan qabul qilinmagan .embrion
haqidagi har qanday tushuncha uning hamma bosqichlarida ma‘lum darajada
integrallashgan va bir butunligiga asoslanadi.
Demak, organizmning bir butunligi, haqidagi hozirgi zamon konsepsiyalari
rivojlanishning ma‘lum tomonlarini ifodalaydi, xolos. Shuning uchun kelajakda bu
sohadagi to‘liq va har tomonlama ilmiy jihatdan asoslangan yagona nazariya
yaratilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: