Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo‘lishidan organizmning tabiiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/171
tarix20.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#187286
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   171
portal.guldu.uz-individual rivojlanish biologiyasi

Tuxumlar evolyusiyasi 
Har qanday organism rivojlanishning turli bosqichlarida u yoki bu darajada 
tashqi muhit bilan bog‘liq bo‘ladi. Organism ma‘lum vaqt tashqaridan oziqa qabul 
qilmasdan yashashi mumkin, bu davrda organism tashqi muhit bilan dissimlyatsiya 
jarayoni orqali bog‘lanadi. 
Hozirgi yashab turgan organizmlarning hammasi tashqi muhitning mahsuli 
hisoblanadi. Organizmlar evolyasiyasi ularning o‘zaro va anorganik muhit bilan 
alodasining yig‘indisidir. Organizmlarning o‘zgaruvchanligi va tabiiy tanlanish 
organizmlarning 
tashqi 
muhitga 
bog‘liqligining 
natijasi 
hisoblanadi. 
V.I.Verdaqdiskiy (1926) fikricha, hayot yashqi muhit omillari mahsulidir. 
Atmoseradagi gazlar tarkibi biogen yo‘l bilan kelib chiqqan. Okeanlar, gidrosfera, 
litosfera, tyuzlar konsentrasiyasi, rN va boshqalar ham hayot bilan bog‘liq. 
Organism, uning embrioni va tashqi muxit metabolizim asosida bir- biri bilan 
bog‘langan. Bir hil elementlardan tabiatda har xil organizmlar tashkil topadi. 
Evolyusiya jarayonida organizmlarning tashqi muhitdan emansipasiyasi sodir 
bo‘lgan. Protoplazmaning har xil reaksiyalari paydo bo‘lib, tarixiy taraqqiyot 
davomida tabiiy tanlanishning moslanish, jumladan, embrional moslanish shakli 
paydo bo‘lib, embrionning tashqi muhit bilan bevosita aloqasi uzilgan. 
Hayvonlarningtuxum po‘sti shunday yo‘l bilan paydo bo‘lgan.
Emansipasiyaga ko‘plab parazit chuvalchanglarning embrional rivojlanishi 
yaqqol misol bo‘ladi. Ot, cho‘chqa va odam askaridasi tashqi muxitning ko‘plab 
omillarga chidamli bo‘ladi. M.M.Zavadovskiy (1914) aniqlashicha, ot askaridasi 3 
kun davomida formalinda, 14-20 kun glisirinda, 14-80 kun ksilolda, 9 kun 
benzolda, 1 kun HClda, 5 kun HNO3 da yashay oladi. Konsentrlangan H2SO4 
tuxumni tezda eritib yuboradi. HgCl2, CuSO4, HCl va KOH askarida tuxumining 
rivojlanishini tezlashtiradi. Chunki bu moddalar tuxum uchun zarur bo‘lgan 
kislorod bilan nafas oladigan mikroorganizmlarni qabul qiladi. Tuxum po‘stidan 
ichkariga yoki ichkaridan tashqariga N2O, SO2 va O2 erkin kirib, chiqib turadi. 


213 
Askarida tuxumidan lichinka chiqishigacha tashqaridan faqat suv va kislorod 
kirishi zarur. Bu parazit hayvonlar uchun xosdir. Askaridalar tuxumining 
urug‘lanishi xo‘jayinning ichak sistemasida amalga oshadi. Ichaklarda kislorod 
bo‘lmaydi, shuning u7chun rivojlanish ham davom etmaydi. Tuxum tashqi 
muhitga ko‘plab keraksiz moddalar bilan birgalikda chiqadi. Evolyusiya jarayonida 
tuxumdan zararlovchi moddalardan himoya qiluvchi modda ham paydo bo‘lgan. 
Bu modda tuxumning qobig‘idir. Shuning uchun odam askaridasining tuxumi 
noqulay sharoitlarda 16 yilgacha tiriklik xususyatini yo‘qotmaydi. 
Hozirgi ma‘lumotlarga qaraganda, urug‘lanishdan keyin askarida tuxumida 
ko‘p qavatli qobiq hosil bo‘ladi. Dastlab vitellenli qavat, keyin xitinli va nihoyat 
ichki lipidli qavat hosil bo‘ladi. Ularning hammasi fibrilli tuzilishga ega. Tuxum 
qobigining hammasi suvga nisbatan o‘ziga xos tuzilgan. Qobiq tuxumni mexanik 
shikastlanishdan himoya qiladi. Ular suv karbonat angidrid va kislorodni ikki 
tomonlama o‘tkazadi, zararli va keraksiz moddalarni o‘tkazmaydi (100-rasm). 
100- rasm. Askarida tuxum po‘stining tuzilish sxemasi (A.Byod, 1971 bo‘yicha). 
1-uch qavatli membrana; 2-vitellinli qavat; 3- xitinli qavat; 4-lipidli qvat; 5-hujayra 
membranasi; 6,7- g‘adir budir EPR va kortikal qavatning zich granulalari. 
Dengiz umurtqasiz hayvonlarining tuxumi ota onasidan embrion rivojlanishi 
uchun zarur moddalarni oladi (oqsil yog‘ ,uglerod va boshqalar). Suv , kislorod va 
tuzlarni tashqi muhitdan oladi. Shuning uchun umurtqsiz hayvonlar chuchuk 
suvlarga nisbatan sho‘r suvlarda ko‘proq uchraydi. Jumladan ,ninatanlilar, 
boshoyoqli mollyuskalar, asdsidiyalar kovakichlilar va ba‘zi chuvalchanglar 
chuchuk suvlarda yashaydi, ammo tuxumi bunday suvlarda yashay olmagani 
uchun ko‘paymaydi. 
Baliqlarning tuxum hujayrasi organic va anorganik moddalar bilan normal 
ta‘minlangan, ammo suv va kislorodni tashqi muhitdan qabul qiladi. Amfibiyalar 
tuxumida ham shunday holatni kuzatish mumkin. Yuksak umurtqasizlar va deyarli 
hamma Anamniyalar embrioni organic moddalar va tuzlar bilan ta‘minlangan 
.tuxumlarning tashqi muhitda emansipasiyasining yangi bosqichi evolyusiya 
jarayonida reptiliyalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ularning tuxumi embrion 
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan organic moddalar va tuzlar bilan ta‘minlangan. 
Ba‘zi amfibiyalarda metamorgfoz tuxumning ichida sodir bo‘ladi va 
tuxumdan chiqqan bola ota ona formalaridan farq qilmaydi. Qushlar tuxumida 
keraklicha organic moddalar ,tuzlar va suv bo‘ladi. Suvda yashaydigan qushlar 
tuxumida rivojlanish uchun zarur miqdorda suv bo‘ladi.
Shunday qilib, evolyusiya jarayonida tuxum va tashqi muhit o‘rtasida paydo 
bo‘lgan munosabat emansipasiya deb ataladi.
Tuxum yo‘lida harakatlanayotgantuxumda embrional rivojlanish to‘xtab 
qolishi mumkin. Rivojlanish davom etishi uchun nima qilish kerak? Ma‘lum 
harorat , kislorod va namlik zarur. Bunday sharoit deyarli hamma hayvonlar 
tuxumining rivojlanishi uchun zarur.
Sut emizuvchilar tuxum hujayralarida embrional rivojlanish uchun zarur 
bo‘lgan organic moddalar, tuzlar, suv, kislorod bo‘lmaydi. Tuxumning rivojlanishi 


214 
ona organizmi bilan o‘zaro munosabatiga bog‘liq. Ona organizmidan tuxumga 
zarur moddalarning kelishi embrional rivojlanishning birinchi davridan 
boshlanadi. 
Blastosistaning 
bachadon 
devoriga 
implantasiyalanishigacha 
maydalanayotgan tuxum uchun tashqi muhit jinsiy yo‘llar hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin